Buxoro Davlat Universiteti Fizika matematika fakulteti




Download 1,26 Mb.
bet3/5
Sana20.12.2023
Hajmi1,26 Mb.
#125329
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xamidova Feruza 20-mavzu

Bolalar bog‘chasi Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi bolani maktabga tayyorlashdir. Bu yerda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o’tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi.


Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko’plab metodik qo’llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko’plab pedagogik maslahatlar berib boriladi.
Maktabgasha tarbiya yoshdagi bolalar uchun ota- onalar oyiga o’rtacha 2- 3 kitob sotib olishadi.
SHu yoshdagi bolalar uchun oyiga 40 jarida nashr etiladi, ota-onalarning mutlaq ko’pchiligi bu jaridalarga obuna bo’lishadi. Bola maktabga borgunga qadar o’qishni, yozishni, oddiy hisoblash ko’nikmalarini egallashi zarur.

Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim bolalar bog‘chasi (Kindergarten)da amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga 3- 6 yoshdan maktab yoshigacha borishadi. Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bog‘chasida (nem. Schulkindergarten) taxsil oladilar. Bu bog‘chalar alohida FE qoidasiga ko‘ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang‘ich ta’lim sektoriga bo‘ysinadi.

Maktabgacha ta’lim majburiy emas, lekin ko‘pgina FEda rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi emas, balki yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi

Bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota- onalardan ularning daromadiga qarab ma’lum miqdorda to‘lov olinadi. Maktabgacha bolalar bog‘chasi tayyorlov sinflari va kirish guruhlari maktab ta’limining birinchi bosqichiga kiradi.


Download 1,26 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro Davlat Universiteti Fizika matematika fakulteti

Download 1,26 Mb.