|
Buxoro Davlat Universiteti Fizika matematika fakulteti
|
bet | 2/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #125329 |
Bog'liq Xamidova Feruza 20-mavzuMaktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi ularning hayotlarining maqsadlaridir. Yaponiyada oilaviy byudjetning katta qismi bolaning ta’limiga sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi ushun barcha shartsharoitlar yaratib beriladi. Imtixon paytlarida esa bolalar uy yumushlaridan ozod etiladilar. Ota-onalar farzandlariga barcha sohada o’rnak namunadirlar. Ular o’z bolalari o’qishiga yordam berish ushun juda ko’p o’qiydilar. Onalar o’zlarini farzandlarining oqil, dono, muloyim, odil va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida mas`ul deb hisoblaydilar. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi Masalan, 1 yoshda o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 4 yoshda yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 yoshdaliderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish
Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayyorlaydilar. Yaponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar xanlarga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada o‘z ish o‘rni ajratiladi, ular o‘z xanlariga nom tanlaydilar.
SHu tariqa eng kichik yoshdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Bunday xanlar keyingi ta’lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi
Yaponiya bog‘chalariga 3- 5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. SHuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi
|
| |