• Mundarija
  • Ta’limda o‘quvchining ongli va faol munosabatlarini shakllantirish




    Download 0.51 Mb.
    bet1/8
    Sana13.03.2024
    Hajmi0.51 Mb.
    #170448
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    kurs ishi Mehribon (2)
    130-132, 1. Kerio Control dasturining vazifasi nima A global tarmoqda bo, 1-amaliy, Ekologik tarbiyaning mazmun va mohiyati. usmonova sodina, 1 yil mashgulot konspwkt, Matem mashgulot

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI
    IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR VA PEDAGOGIKA FAKULTETI
    BOSHLANG‘ICH TA’LIM
    YO‘NALISHI 22/08-GURUHI TALABASI TAJIBOYEVA MEHRIBONNING
    Ta’limda o‘quvchining ongli va faol munosabatlarini shakllantirish mavzusida yozgan
    KURS ISHI

    Topshirdi : Tajiboyeva Mehribon


    Qabul qildi: Ismoilova Shahzoda
    URGANCH-2024

    Mundarija:



    KIRISH……………………………………………………………………….3-6
    I BOB O'QUVCHILARNING BILISH FAOLIYATINI KENGAYISHIDA TA’LIM JARAYONLARINING O'RNI
    1.1 Ta’lim jarayonida o‘quvchining faol munosabatlarini shakllantirish ………………………………………………………………………………..7-13
    1.2 O‘quvchilarning faol munosabatlari haqida tushuncha ………………14-16
    1.3 O‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirish – ijtimoiy zaruriyat sifatida………………………………………………………………………17-18
    XULOSA…………………………………………………………...………19-20
    II BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY ONGNI SHAKLLAN TIRISH USULLARI
    2.1 O‘quvchilarning ongli munosabatlari haqida tushuncha …………..21-27
    2.2 Ta’limda o‘quvchining ongli munosabatlarini shakllantirish …….28-32
    XULOSA…………………...……………………………………….........33-34
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLLAR RO‘YHATI…….………....35-37
    ILOVA… ……………………………………………………………………38















    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Mamlakatimizda joriy etilgan uzluksiz ta‘lim tizimida olib borilayotgan ijobiy ishlar yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonunda, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ da etarlicha qayd etilgan. Belgilangan yo‘nalishlar uzluksiz ta‘limning barcha bo‘g‘inlari oldiga yuksak vazifalar qo‘ymoqda. – Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida. – Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.[10.17bet]
    – Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
    Kelajagimiz vorislari bo‘lgan yoshlarni komil inson sifatida shakllanishlari uchun umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlardan unumli foydalanish, ularni yangi texnika va texnologiya bilan qurollantirish lozim ekanligi qayd etilmoqda. Ta‘lim muassasalari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar zimmasiga yuklatilgan murakkab vazifalar davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, ularni amaliyotga joriy etish orqali ta‘lim va tarbiya texnologiyasini takomillashtirishni, ta‘lim olish uzluksizligini puxta va ixcham tizim sifatida ishlashini ta‘minlash mumkin. Bunda ayniqsa, ta‘lim tizimi tarbiyalanuvchilarining jismoniy, axloqiy va aqliy etukligini ta‘minlash vositalariga alohida e‘tibor berish zarur. Shuning uchun bilim olish, kasbiy tayyorgarlik ta‘limning ham obekti, ham subekti hisoblanmish o‘quvchidan mustaqil tafakkurni va aqliy faollikni talab qiladi. Har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayon ota-onalar, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar munosabatini ifodalovchi murakkab pedagogik tizim hisoblanadi. O‘zbekistonni mustaqillikni qo‘lga kiritgach mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan shaxs shakllantirish ta`lim va maoruf tizimini yuksaltirishdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishga alohida e`tabor berildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek “Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylarini yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini taminlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishini davrning o‘zi taqazo etmoqda.Biz yoshlarga oid davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qatiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.”[17.12bet]. Ushbu mulohazalarda ko‘rinib turibdiki Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida shaklanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish ularning zamon talablari darajasida bilim olishi shaxs sifatida kamol topishi boshlang‘ich ta`lim sirlarini o‘rganish va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy muammolar tariqasida ta`lim jarayonida ko‘ndalang bo‘lib turibdi.Bola bilish jarayonini rivojlantirishda psixologik yondashuvlar o‘rni beqiyosdir bunda albatta o‘qituvchi ta`lim berish orqali o‘quvchilar bilish jarayonlari salohiyatini oshirish erkin firklashga o‘rgatishga alohida ahamiyat berishlari zarurdir.Jahonning barcha davlatlarida bo‘lganidek kabi dunyo xaritasida munosib o‘rin olgan Respublikamizning ta`lim sohasida islohatlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson ongli har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib inson va uning mukammalligi o‘z ustida ishlashi o‘z mukammalligi hususida qayg ‘urish muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa boshlang‘ich ta`lim tizimida o‘quvchilarning aqliy rivojlanishining muammosining psixologik xususiyatlarini tarkib topishi pedagogik texnologitalarirish ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratiladi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol topishi pedagogik texnologiyalantirish yosh avlod ongining ta’lim olish davridagi rivojlanish tendinsiyalaridan tortib toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tominidan o‘zlashtirishi va undagi bilish jarayonlarga nechog‘lik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish psixologik yondashish o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga to‘liq tadbiq etishni taqozo etadi. Boshlang ‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilish jarayonlari va aqliy rivojlanishni tarkib toptirishda psixologik yondashuvlarning tadbiq etish ishning bosh maqsadi sifatida gavdalanadi.

    Download 0.51 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’limda o‘quvchining ongli va faol munosabatlarini shakllantirish

    Download 0.51 Mb.