|
Shahar ko’cha-yo’l tarmog’ida xarakat jadalligini hisoblash va bashoratlash usuli
|
Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 47,08 Kb. | | #150791 |
Bog'liq Presentation Shahar ko’cha-yo’l tarmog’ida xarakat jadalligini hisoblash va bashoratlash usuli Bajardi Jumatov Dilshodbek Tekshirdi Ongarbaev Ajiniyaz Harakat jadalligi shahar ko‘cha va yo‘llarini loyhalashda muxim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. - Harakat jadalligi shahar ko‘cha va yo‘llarini loyhalashda muxim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
- Harakat jadalligini hisoblashda kelgusida tashish kutilayotgan yuklar va yo‘lovchilar miqdorlari asosiy omil bo‘lib xizmat kiladi. Tashishlar miqdori shaharni rivojlantirish rejasi va shahar harakatini o‘zgarishi bilan aniqlanadi.
- Shahar bosh planining transportga tegishli qismi odatda ikki gurux ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: birinchisi – asosiy transport yo‘nalishlardagi yuk va passajirlar tashish tirbandligini aniqlash nazorat davridagi shahar ko‘cha va yo‘l tarmog‘ining holati; ikkinchisi – shahardagi ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarning rivojlanishi va avtomobillar sonining oshishini inobatga olib kelajakda shahardagi harakatning va ko‘cha – yo‘l tarmog‘ining rivojlanishi.
- O‘rganish – aniqlash materiallari tarkibiga shaharning asosiy mos keladigan joylari orasidagi yo‘lovchilar va yuk oqimlarining kartogrammalari kiritiladi. Aholining harakatini o‘rganishda ishchi – xizmatchilarining ish joylari va o‘quvchilarning o‘quv maskanlari ularning yashash joylariga nisbatan qaerda joylashganligi hamda ularning bu maskanlar orasidagi harakati va shaharning boshqaruv va madaniy – maishiy ob’ektlariga tashrif buyurishining kundalik sikllari aniqlanadi. Bunday o‘rganish – aniqlash ishlari odatda aholini ruyxatga olish vaqtida amalga oshiriladi, ba’zi hududlarda esa, pochta orqali jo‘natiluvchi anketalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday so‘rovlar natijasida tegishli joylar orasida yillik tashish xajmlari ko‘rsatilgan kartogramma tuziladi .
- O‘rganish–aniqlash jarayonida shahar transportining to‘xtash joylaridagi yo‘lovchilar aylanishi miqdorlari va yo‘lovchi transportining asosiy marshrutlaridagi yo‘lovchilar oqimi miqdorlari aniqlanadi. Bunday kuzatuvlar yengil va yuk avtomobillarini ham kamrab oladi. Shaxsiy yengil avtomobillar uchun ularni turli mavsumlarda maqsadli ishlashi, yuk avtomobillari uchun esa asosiy manzillar bo‘yicha yuklarni tashish yo‘nalishlari, tashish masofalari va yuk miqdorlari aniqlanadi . Shahardagi harakatni o‘rganish mobaynida shahar ko‘cha–yo‘llari tarmog‘idagi harakat jadalligi, uning mavsumiy, hafta mobaynida va kun davomida o‘zgarishlari aniqlanadi. Shuningdek harakat tezliklari tavsiflari va piyodalar harakati jadalligi aniqlanadi. Magistral ko‘chalardagi chorrahalarda harakat oqimlari miqdorini yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlanadi.
- Shaharning kompleks transport tarmoqlarini, ayrim rayonlarning transport tarmoqlarini loyhalashda va harakatni tashkil qilishdagi muammolarni hal qilish uchun shahardagi harakatni muntazam kuzatib borish zarurati mavjud. Bunday kuzatuvlar ko‘p vaqt talab qiladi va ko‘plab kishilar qatnashuvi talab etiladi, shuning uchun kuzatuv maqsadini inobatga olib (mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni to‘ldirish yoki ilgari mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plash) ular «tanlangan» yoki «to‘liq» bo‘lishi mumkin. Tanlangan kuzatuv uslubi extimolliklar nazariyasi va matematik statistika qonuniyatlariga asoslanadi. Masalan, avtomobillarning va piyodalarning bir soatlik harakat jadalliklari 3–5 va 10 minutlik kuzatuvlar yordamida hisoblab chiqarilishi mumkin. Bunday hisobdagi xatolik harakat oqimining vaqt mobaynida bir xilligidan kelib chikib aniqlanadi.
|
| |