• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Gazlarni tozalashda qo’llaniladigan absorbentlarning xossalari botirov Sarvar Bahodir o’g’li




    Download 22.26 Kb.
    Sana13.06.2023
    Hajmi22.26 Kb.
    #72520
    Bog'liq
    GAZLARNI TOZALASHDA QO’LLANILADIGAN ABSORBENTLARNING XOSSALARI (2)
    organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni

    GAZLARNI TOZALASHDA QO’LLANILADIGAN ABSORBENTLARNING XOSSALARI
    Botirov Sarvar Bahodir o’g’li
    student, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,
    O’zbekiston, Buxoro sh.
    Ilmiy rahbar: Asadova Dilnavoz Fayzulloyevna
    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,
    O’zbekiston, Buxoro sh.

    Bugungi kunda dunyoda kimyo, neft va gaz sanoatining faol rivojlanishi maqsadli va sifatli mahsulotlar olish, neft va gaz mahsulotlarini tozalash uchun samarali absorbentlarga bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda gazlarni tozalashda sifatli absorbentlarni tanlash va ularni xossalari o’rganishga bo’lgan talab ortmoqda.


    Murakkab jarayonlarda odatda, aralash yutuvchilar (xemosorbentlar va fizikaviy absorbentlar) ishlatiladi. Eng ko`p tarqalgan jarayonlardan biri bo`lib, “sulfinol” hisoblanadi, unda yutuvchi sifatida sulfolan va diizopropanolamindan foydalaniladi [1].
    Adsorbsiyalash jatrayonlari H2S ning qattiq yutuvchilar g`ovaklarida selektiv fizikaviy yutilishiga asoslangan, qattiq yutuvchilar bo`lib, faol ko`mir yoki sintetik seolitlar hisoblanadi.
    Katalitik oksidlash usullari va vodorod sulfidni element oltingugurtga katalizatorlar masalan, temir xloridining etilendiamintetrasirka kislota dinatriyli tuzi bilan kompleks birikmalari (Trilon B) yoki ishqoriy metallarning mishyakli tuzlari issiq eritmasi ishtirokida aylantirishga asoslangan.
    Gazni tozalashning u yoki bu usulini tanlash ko`pgina omillar (bu vodorod sulfidning boshlang`ich va yakuniy mumkin bo`lgan konsentratsiyalari, tozalangan gazni ishlatish sohasi - ro`zg`orda, kimyoda yoki dvigatellarda, hamda ma`lum yutuvchini qo`llash mumkinligi, iqtisodiy omillar)ga bog`liq bo`ladi, ammo ulardan asosiylari bo`lib dastlabki gazda vodorod sulfid va oltingugurt organik birikmalarning konsentratsiyasi hisoblanadi.
    Tozalashning har qanday usulida yutuvchilarni to`gri tanlash muhim ahamiyatga ega, yutuvchilar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
    - yutuvchi tozalanayotgan gaz bilan uning yo`qolishlari minimal (eng kam) bo`lishi uchun sorbsiyalsh haroratda to`yingan bug`ning past bosimiga ega bo`lishi kerak;
    - yutuvchi gazdan nordon moddalarni ular porsial bosimlarining keng intervalida yuqori qobiliyatli yutishga ega bo`lishi kerak.
    - yutuvchi gaz bilan fazalararo bir-biriga yaxshi tegib turishini ta`minlovchi yuqori bo`lmagan qovushqoqlikka, uglevodorodlarga nisbatan kichik erituvchilik qobiliyatiga ega bo`lishi kerak
    - yutuvchi kichik korroziyalovchi faollikka, oksidlanishga yuqori barqarorlikka ega bo`lishi kerak.
    Birlamchi va ikkilamchi aminlar (MEA va DEA) uchlamchilardan farq qilib, CO2 bilan bevosita ta`sirlashishga kirishib karbamat (karb amin kislota tuzlari)larni hosil qiladi.
    Aminlarning karbamatlari-beqaror birikmalar va kuchsiz ishqoriy muhitda ular asta-sekin gidrokarbonatni hosil qilish bilan parchalanadi.
    R2NCOOR2NH2 +H2O<=>R2NH+R2NH2HCO3
    Bu yerda R: -CH2CH2OH
    Uchlamchi alkanolaminda amin guruhida harakatchan H+ atomi yo’q, shuning uchun ularning CO2 bilan karbamat turi bo’yicha reaksiyasi sodir bo’lishi mumkin emas,ularning CO2 bilan o’zaro ta’sirlashishi karbonat kislotaning hosil bo’lishi va dissotsiyalanishining dastlabki sekin bosqichi orqali amalga oshadi:
    CO2+H2O<=>H2CO3
    H2CO3 <=>H++HCO3
    [amin]+ H++HCO3 – <=> [amin H] + HCO3-
    Gazni nordon komponentlardan tozalash uchun xemosorbentni tanlashda alkanolaminlarning qulayligi va narxi to’g’risidagi ma’lumotlarga hamda quyidagi qoidalarga asoslanadi:
    1.Birlamchi alkanolaminlar reaksion qobiliyati kuchli, eng kichik molekulyar massaga ega va shuning uchun ularning konsentratsiyasi boshqa aminlarnikiga qaraganda kamroq bo’lishi mumkin (konsentratsiyasi bir xil bo’lganda eritmada molar ko’proq bo’ladi). Aminlarning odatdagi massali konsentratsiyalari: MEA-15-20%, DEA-20-30%, MDEA-30-50%.
    2.Ikkilamchi aminlarni gazda COS bo’lganda qo’llash afzalroq, chunki birlamchi aminlar COS bilan regeneratsiyalanmaydigan qo’shimcha mahsulotlarni hosil qiladi.
    3.Bir vaqtning o’zida CO2, COS va oltingugurt organik erituvchi, masalan, poliglikol efirlardan tarkib topgan murakkab yutuvchilar samaralidir;
    4.Tozalangan gazda CO2 ning miqdori reglamentlanmaganda H2S dan selektiv tozalash uchun uchlamchi aminlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
    Nordon komponentlarning miqdori ko’p bo’lgan gazni tozalashda to’yingan aminning turli bosmlarda ikki karrali kengayishini (shamollatishini)amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
    DEA- jarayonning ikkita ko’rinishi mavjud-odatdagi DEA- jarayon (DEA ning eritmadagi konsentratsiyasi 20-25 % , yutuvchanlik qobiliyati 0,6-0,8 mol/ mol) va DEA-SNPA-jarayon (DEA ning eritmadagi konsentratsiyasi 25-30%, yutuvchilik qobiliyati 1,0-1,3 mol/mol).Birinchisini nordon gazning xom uglevodorod gazida parsial bosmi 0,2 MPa atrofida bo’lganda qo’llaydilar,ikkinchisini-parsial bosmi 0,4 MPa dan yuqori bo’lganda [2].
    MEA jarayon oldida rad qilib bo’lmaydigan afzalliklarga ega bo’lishiga qaramasdan, DEA- jarayonlar bir qator kamchiliklarga ega, ularning qatoriga quyidagilar kiradi:
    -DEA ning yuqori narxi;
    -MEA ga qaraganda yutuvchilik qobiliyati kamligi (chunki DEA ning molli massasi MEA ga qaraganda 1,7 marta katta) ;
    - MEA bilan bir xil tozalash darajasi uchun erituvchi sirkulyatsiyasining yuqoriroq tezliklari talab qilinadi.
    DEA- tozalashning MEA tozalashga nisbatan eng muhim afzalliklari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
    -COS, CS2 va og’ir uglevodorodlar ishtirokida gazlarning nozik tozalanishini ta’minlash;
    -xemosorbsiyalashda hosil boladigan birikmalarning kichik mustahkamligi tufayli absorbentning osonroq regeneratsiyalanishi;
    -desorberda nordon gaz bilan bug’lanishda kam yo’qolishlari, chunki DEA to’yingan bug’larning kichikroq parsial bosimiga ega;
    -og’ir uglevodorodlar miqdori ko’p bo’lgan gazni tozalashda ko’piklanishining kamligi, chunki absorbatsiyalash MEA jarayonidagi qaraganda 10-20oC ga ortiq bo’lgan haroratlarda o’tkaziladi.
    Fransiya firmasi SNPA tomonidan takomillashtirilgan tozalashning DEA- usulida otuvchi eritmada DEA ning massa ulushi ancha oshirilgan – 40 % gacha va aminlarning nordon gazlar bilan to’yinishi darajasi1,1 mol/mol gacha. Bu takomillashtirilgan usul hozirgi vaqtda oltingugurtli gazlarni tozalashda keng va muvaffaqiyatli qo’llaniladi. 19% H2S ni saqlagan (tozalashdan keyin gazda H2S miqdori 5,7 mg/m3 tashkil qiladi) quvvati gaz bo’yicha 2,7 mlrd.m3/yiliga tashkil qilgan DEA-SNPA-jarayoni bilan gazni tozalashning yirik qurilmalaridan biri Vaytni-Kanon (AQSh) konida qurilgan [3].
    DGA- jarayoni yutuvchi sifatida 60-75% li glikolamin HOCH2OCH2CH2NH2 ning suvdagi eritmalarini qo’llaydi. Eritmada aminning bunday yuqori konsentratsiyasi sirkulyatsiyalanadigan (aylanadigan) yutuvchining miqdorini pasaytirishga va tegishli ravishda energiya sarflarini va jihozlarning o’lchamlarini kamaytirishga imkon beradi.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Д.Ф.Асадова, Р.Р.Хайитов. Изучение химического и фракционного состава пиролизного дистиллята.Universum:технические науки. Научный журнал 2021 № 11 (92) часть-4. Москва. С.14-19

    2. Gaybullayeva A. F., Sharipov M. S., Gaybullayev S. A. TABIIY GAZLARDAN GELIY OLISHNING KRIOGEN USULI //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 4. – С. 571-579.

    3. D.F. Asadova, S.B. Botirov. SCIENCE AND EDUCATION Scientific Journal. Gidrotozalash jarayonida ishlatiladigan katalizatorlarning xossalarini o’rganish. Volume 3, ISSUE 4. 2022. P.222-226.

    Download 22.26 Kb.




    Download 22.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazlarni tozalashda qo’llaniladigan absorbentlarning xossalari botirov Sarvar Bahodir o’g’li

    Download 22.26 Kb.