• Xomashyoni tozalash va ta’mirlash. 6. Shisha ishlab chiqarishda asоsiy хоmashyo tavsifi. 7. Portlandsement ishlab chiqarish. 8. Sementning qotishi
  • Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi Texnologik operasiyalar haqida umumiy tushuncha. Texnologiya
  • № Yuqori haroratda boradigan kimyoviy-texnologik jarayonlar Mavzu rejasi: Silikat texnologiyasi




    Download 353.13 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana29.02.2024
    Hajmi353.13 Kb.
    #164825
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    127021 (2)
    @topic based vocabulary (2), [@Fascinatingieltsbank] Listening for Mock test, @BOOKS KITOB SHAYTONVACHCHANING NAYRANGLARI 1-QISM, IPI KUNDALIK -.doc, Кутлиева Мафтуна реферат1


    № 4. Yuqori haroratda boradigan kimyoviy-texnologik jarayonlar 
    Mavzu rejasi: 
     
    1. Silikat texnologiyasi. 
    2. Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi. 
    3. Xomashyoni qazib olish va tashish. 
    4. Xomashyoni maydalash. 
    5. Xomashyoni tozalash va ta’mirlash.  
    6. Shisha ishlab chiqarishda asоsiy хоmashyo tavsifi. 
    7. Portlandsement ishlab chiqarish. 
    8. Sementning qotishi 
    Quyida bakalavr yo’nalishi asosiy fanining «Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar 
    kimyoviy texnologiyasi» qismiga oid nazariy va amaliy bilimlar qisqacha tarzda beriladi. 
    Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar kimyoviy texnologiyasi uchta katta 
    sohadan iborat: 
    1. 
    Keramika va o'tga chidamli materiallar kimyoviy texnologiyasi; 
    2. 
    Shisha va sitallar (shishadan olinadigan mayda kristall strukturali zich va mustahkam 
    materiallar) kimyoviy texnologiyasi; 
    3. 
    Bog’lovchi moddalar kimyoviy texnologiyasi. 
    Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi 
    Texnologik operasiyalar haqida umumiy tushuncha. Texnologiya so’zi materiallarni 
    ishlash vositalari va usullari haqidagi bilimlarni anglatadi. Shu sababli quyida silikat va 
    undan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga oid ba’zi bir umumiy ma’lumotlarni 
    keltiramiz. 
    Keramika va o’tga chidamli materiallar hamda shisha va sitall buyumlari ishlab 
    chiqarish texnologiyasining asosida tabiiy yoki sun’iy xomashyo va materiallar (kukuni) ni 
    ma’lum darajada kompleks xossalari bilan xarakterlanuvchi texnikaviy monolit toshga 
    aylantirish yotadi. 
    Keramika va shishalar texnologiyasining ayrim qismlarini sxematik ravishda 
    quyidagicha tasvirlash mumkin: 
    1. 
    Keramika va o’tga chidamli materiallar texnologiyasi: homashyo → kukun, 
    plastik massa yoki shlinker tayyorlash → qoliplash → quritish → kuydirish → 
    termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish → sortlash → qadoqlash → 
    tayyor buyumlar ombori
    2. 
    Shisha va sitallar texnologiyasi: homashyo → shixtakukuni yoki briket 
    tayyorlash → eritish → qoliplash → termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov 
    berish → saralash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori. 
    Avvalo texnologik jarayonda homashyo sifatida ishlatiladigan materiallar ustida 
    to’xtalib o’tamiz. Keramika va o’tga chidamli materiallar 


    olishda gil, lyoss, dala shpati, qum va shamot, shisha va sitall mahsulotlari ishlab 
    chiqarishda esa qum, ohaktosh, soda yoki potash kabi homashyolar ishlatiladi. Ko’rinib 
    turibdiki turli-tuman silikat mahsulotlarini olishda ishlatiluvchi homashyo turlarida 
    anchagina o’xshashlik bor. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xossa-
    hususiyatlariga qarab ularning o’zaro nisbati va turi o’zgarishi mumkin. Masalan: qurilish 
    gishti, govak va kavakli g’ishtlar olishda gilning oson suyuqlanuvchan va 1620 K dan past 
    temperaturaga bardosh beruvchi turi ishlatiladi. Turli qo’shimchalar - kvars yoki kvars 
    qumi, temir oksidlari, ohaktosh zarrachalari va organik birikmalar ularni pastroq 
    temperaturada suyuqlanishiga olib keladi. O’tga chidamli materiallar olishda esa o’tga 
    bardoshli gillar ishlatiladi. Ular oson suyuqlanuvchan gillarga nisbatan toza bo’lib, kvars, 
    dala shpati, slyuda, temir birikmalari va boshqalar nisbatan kamroq aralashgani sababli, 
    1850 K dan yuqori temperaturaga bardosh beradi. Gillarning uchinchi turi qiyin 
    suyuqlanuvchan gillar 1620-1850 K da suyuqlanadi. Ularda mexanik qo’shimchalar o’tga 
    bardoshli gillardagiga nisbatan ko’proq bo’lgani sababli o’tga chidamli g’isht olib 
    bo’lmaydi. Ulardan, asosan kanalizasiya quvurlari, pol va ichki pardozlash plitkalari va 
    fasadbop keramika ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
    Silikat maxsulotlari olinishidagi bajariladigan asosiy texnologik operasiyalardan biri 
    homashyo materiallarini tayyorlash bo’lib, u ho’l yoki quruq usulda amalga oshiriladi. 
    Xomashyo materiallari suvda tayyorlab, ishlab chiqarish usuli «ho’l» usul deb ataladi. 
    Qaysi usulni tanlash xomashyo turi va uning xossalari, texnologik va texnik iqtisodiy 
    tabiatidagi bir qator omillarga bog’liq. 
    Materiallarni tayyorlashga oid asosiy vazifa — talab qilingan namlik hamda 
    kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil 
    qilishdir. Ana shunday aralashmani tayyorlash uchun tarkibga kiradigan materiallar 
    (ohaktosh, gil, dala shpati, to’grilovchi qo’shimcha va boshqalar) mayda tuyiladi va ma’lum 
    miqdordagi suv yoki par ishtirokida yaxshilab aralashtiriladi. Tarkibga kiruvchi materiallar 
    mayda tuyilsa va aralashtirilsa, xomashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotgan 
    yoki eritilayotganda bir-birlariga uzaro tularoq ta’sir etishadi. 
    Xomashyo materiallari keramika va shishalar texnologiyasining ikkala qismi uchun 
    ham aynan bir xil tayyorlanadi. Xomashyoni yer ostidan kavlab olish, tashish, donalash, 
    saralash, dozalash, yuqoriga ko’tarish, uzatish. aralashtirish, unlash va tayyor bir jinsli 
    homashyoni saqlash ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik operasiyalardan hisoblanadi. 

    Download 353.13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 353.13 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    № Yuqori haroratda boradigan kimyoviy-texnologik jarayonlar Mavzu rejasi: Silikat texnologiyasi

    Download 353.13 Kb.
    Pdf ko'rish