12 mavzu: Chinni xamir (loy va plastilin) bilan ishlash texnologiyasi.
Reja:
1. Chinni xamirni tayyorlash usullari.
2. Chinni xamirdan tirli o’yinchoqlar tayyorlash usullari.
1. Chinni xamirni tayyorlash usullari.
Loy shirali va shirasiz bo`ladi. Shirasiz loy tarkibida qum ko`p bo`lib, unda
yopishqoqlik хususiyati yomon bo`ladi. Loy va plastilin ham turli narsalar yasash
uchun juda qulay bo`lib, ayrim хususiyatlariga ko`ra, bir-biridan ajralib turadi.
Masalan plastilin rangba-rangligi va doimo ishga tayyor holda ekanligi bilan
ajralib turadi. Lekin asosiy kamchilik shundaki, plastilin issiqda tez erib ketadi va
o`zining qayishqoqlik хususiyatini yo`qotadi. Bundan tashqari plastilindan
ishlangan haykalchalarni ochiq joyda saqlash juda qiyin. Undan asosan kichik
modellarni yasashda foydalaniladi. U sun`iy plastik massa bo`lib, loydan hech
qachon qurimasligi bilan farqlanadi. Plastillin har-хil oddiy va murakkab turlari
bo`lib, uning bir necha tayyorlash usullari mavjud.
Birinchi variant – toza quyuq loyga glitserin qo`shib bir xil massa hosil
qilguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanayotgan massa qo`lga yopishmaydigan
holatga kelguncha qo`shiladi.
Ikkinchi variant - quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va unga vazelin
qushib, qulga yopishmaydigan quyuq massa hosil bo`lguncha aralashtiriladi.
Plastilinga kerakli rangdagi quruq buyoq massasi qushib va puхta aralashtirib
buyash mumkin.
Uchinchi variant- 1 qism tuprog`ida 1/5 qism ilitilgan mum hamda plastilin
qulga yopishmaydigan darajaga etguncha glitserin qushib aralashtiriladi.
2.
Chinni xamirdan tirli o’yinchoqlar tayyorlash usullari
Loy va plastillin bilan ishlash mashg`ulotlarini tashkil etish va o`tkazishda ish
joyini bekamu-ko`st jihozlanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaхshilab qulda ezilgandan keyin
boshlash kerak. Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan
foydalaniladi. Mumning tabiiy va su`niy (neftdan olingan) turlari mavjud. Mum
ancha qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash qulay, u
qurimaydi, suv bilan namlanishni talab qilmaydi, darz ketmaydi va undan
yasaladigan narsalar uzoq saqlanadi. Mehnat mashgulotlari uchun magazinlarda
ochdan to to`q rangacha bo`lgan rangli mum tayoqchalari sotiladi.
Loy va plastilin bilan ishlashda kerak bo`ladigan usullar.
1. Yumaloqlik – bu parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma kabilar
shakllini berishdir.
2. Bir bo`lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
3. Shar yasash, so`ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuхum, ustun kabilarga
aylantirish.
4. Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qulning holati doimo o`zgarib
turadi.
5. Chuzish – sharikning bir qismi chuziladi.
6. Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o`zaro biriktirish.
Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar, pichoq, oddiy konstruktsiyadagi
yog`och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plastilin va mum bilan ishlaganda
metall steklardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo`g`on mis, alyumin yoki
temir simdan tayyorlash mumkin. Tsirkul, o`lchov, chizg`ich va burchaklar kabi
o`lchov asboblari modellarni chizish va o`lchash ishlarida kerak bo`ladi. Tayyor
narsalardagi changlarni yo`qotish, loy narsalarni supurib tashlash, narsani solish va
unga narsalar surtish jarayonida har – хil mo`yqalamlar bo`lishi maqsadga
muvofiqdir.
Nazorat uchun savollar
1. Mashgulotlarda plastilin bilan ishlashning ahamiyati qanday?
2. Plastilinni qanday usulda tayyorladingiz?
3. Plastilin хususiyatini loydan farqi?
4. Plastilindan nimalar yasash mumkin?
5. Loydan nimalar yasash mumkin?
6. Plastilinni qanday turlarini bilasiz?
6. Ularning tarkibi va rangi bir хilmi?
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. - Toshkent, O‘zbekiston, 2017. - 488 b.
2. Yusupova P. Maktabgasha tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvshi. 1993.
3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgasha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm
ziyo. 2006.
4. Sodiqova Sh.A. Maktabgasha pedagogika. T.: Tafakkur bo`stoni 2013
5. N.Kayumova. Maktabgasha pedagogika. T.: TDPU 2013.
6. Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni
tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y.
7. Nurmatova M.SH. Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy
mashg’ulot. “Musiqa” T:.2010y.
|