|
14- ma`ruza mavzu: Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Reja: Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
|
bet | 1/4 | Sana | 23.01.2021 | Hajmi | 20,32 Kb. | | #13059 |
14- MA`RUZA
Mavzu: Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Reja:
1. Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Mashina ishlari boshqaruvini takomillashtirish avtomoatlashtirish.
Sanoat robotlari va manipulyatorlar.
Kompleks mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Tayach so`zlar: “Mexanizatsiyalash”, “avtomatlashtirish”, “sanoat robotlari”, “manipulyatorlar”.
Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Sanoatda ishlab chiqarish jarayonini to`la mexanizatsiyalash va avtomatlashtrish YKTTMM mashinalari ishtirokisiz amalga oshirish qiyin. Xolbuki, xom ashyo va butlovchi maxsulotlarni korhonaga olib kelib uni omborga tushirish va ombordan olib butun texnolog jarayonlar orqali o`tkazib tayyor maxsulotni omborga joylashtrish ishlarida ko`tarish - tashish - tushirish operatsiyalari mavjud. Ishlab chiqarish konveyer usulida bo`ladi. U texnologik jarayon zanjirining bir bo`lagi bo`lib xizmat qiladi, ya`ni u texnologik asbob uskuna sifatida ishlaydi. Demak ishlab chiqarish jarayonini to`la mexanizatsiyalshtrish va avtomatlashtrish uchun YKTTMM lari konstruksiyasini takomillashtirish va uni boshqaruv ishlarini avtomatlashtrish katta axamiyatga ega. Bunday ishlar ishlab chiqarish jarayonidagi qo`l mehnatini ozaytiradi yoki butunlay yo`qotadi. Maxsulot sifatini yaxshilaydi, pirovord natijada ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Maxsulot tan narhini kamaytiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
14- ma`ruza mavzu: Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Reja: Koʻtarish-tashish va tashish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish
|