|
Gruntlar zichligi texnologiyalari reja: Gruntlarning fizik-mexanik xossalari
|
bet | 2/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalariGrunt vazifasi va xossalari
Gruntlarning fizik-mexanik xossalari.
Grunt - yer qobig‘ining yuqori qismida joylashgan va inson muhandis- lik faoliyatining predmeti bo‘lgan har qanday tog‘ jinslari, tuproqlar va antropogen (texnogen) geologik hosilalardir. Grunt massivlari tuzilmalar poydevori sifatida, yer osti inshootlarini o‘z ichiga olgan vosita sifatida va yer osti inshootlarini qurish uchun material sifatida ishlatiladi. Gruntlar- ning tarkibi, tuzilishi, holati va xususiyatlari, yotqiziqlari yoshi va post- genetik jarayonlarning tabiati bilan belgilanadi.
Grunt turlari.
Hozirgi zamon binokorlik ishlariga oid hujjatlarda (qurilish mezonlari va qoidalari; mezonlar va texnik ko‘rsatmalar va h.k.) tabiiy holatdagi zaminlarni tashkil etuvchi gruntlar quyidagi turlarga bo‘linadi. Qoya grunt- lari, yirik zarrali gruntlar, qumli va loyli gruntlar.
Qoya gruntlari. Zarralari o‘zaro bikr bog‘langan, yopishgan yoki jips- lashgan yaxlit holatdagi magmatik, metamorfik cho‘kindi tog‘ jinslari qoya gruntlari deyiladi. Ularning suvga to‘yingan holdagi siqilishga mustah- kamligi 5 MPa dan kam bo‘lmaydi.
Magmatik tog‘ jinslari yuqori harorat ostida suyuq holda yer qa’ridan otilib chiqib, so‘ng qotgan jinslardir. Ularga misol tariqasida tabiatda keng tarqalgan granit, sienit, bazalt, diabaz, porfir va boshqalarni keltirish mum- kin.
Yerda doim sodir bo‘ladigan ichki-tashqi harakatlar natijasida chuqur qatlamlarga tushib qolgan gruntlar juda yuqori harorat, bosim va kimyoviy ta’sirlarga uchrab, butunlay o‘zgaradi hamda metamorfik tog‘ jinslarini hosil qiladi. Tabiatda ular ko‘pincha dastlabki holatini saqlab qoladi. Masalan, marmar, gneys, slanes va boshqa.
Ma’lumki, yer yuzidagi tog‘ jinslari havo, suv va issiqlik ta’sirida doim yemirilib turadi. Suvdan quruqlikka yoki, aksincha sharoitlarga tushib qol- gan bunday jinslar vaqt o‘tishi bilan ma’lum qatlamlarga to‘planib qolishi natijasida cho‘kindi jismlar hosil bo‘ladi. Inshoot zamini sifatida keng foy- dalaniladigan bunday inslarga yirik-mayda tosh, shag‘al, qum, loyli qum, qumli loy va loylar kiradi. Qoya jinslari deyarli zichlanmasligi sababli ular mustahkam zamin hisoblanadi.
Qoya gruntlari suvga chidamli bo‘lib, ularda suv, yoriqlar bo‘ylab harakat qiladi. Qoya gruntlari mustahkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha beton, g‘isht va shunga o‘xshash binokorlik ashyolaridan deyarli farq qil- maydi. Lekin shunga qaramay, ular vaqt o‘tishi bilan tashqi muhit ta’sirida yemiriladi.
Bunda suvning ta’siri kuchlidir. U qoya yoriqlari bo‘ylab siljib, zarra- lararo yopishtiruvchi moddalarni asta-sekin, eritib boradi. Ayniqsa, suv tarkibida turli ishqoriy moddalar bo‘lganda bunday holat tez yuz beradi.
Siqilishning mustahkamlik ko‘rsatkichi suvga to‘yingan holda 5 MPa dan kam bo‘lgan (mergellar, ohaktosh va suvda maydalanadigan yoki eriy- digan jinslar, ganch, ganchli ohaktosh, bo‘r, toshtuz) yarim qoya gruntlari deb ataladi. Ular, ayniqsa, tashqi muhit ta’siriga chidamsiz bo‘ladi.
Qoya gruntlariga suv ta’sirini ularning suvga to‘yingan va quruq hola- tidagi siqilishga mustahkamlik nisbatini ifodalovchi maydalanish koeffit- sienti km yordamida aniqlash mumkin. Agar km < 0,75 bo‘lsa, qoya grunt- lari maydalanuvchan hisoblanadi.
Yarim qoya gruntlari zamin sifatida hamma vaqt qo‘l kelavermaydi. Ulardan foydalanishdan oldin, yoriqlarini sement yoki qum bilan to‘ldirib, mustahkamlash talab etiladi.
Yirik zarrali gruntlar. Bunday gruntlarga grunt massasining yarmidan ortig‘ini tashkil etuvchi, o‘lchamlari 2 mm dan ortiq bo‘lgan magmatik yoki cho‘kindi jinslar kiradi. Odatda, ularning zarralari o‘zaro bog‘lanma- gan bo‘ladi.
Shag‘al va toshlar yirik zarrali grunt hisoblanadi. Shag‘al deganda g‘adir-budur tog‘ jinslarining o‘lchamlari 10...100 mm bo‘lgan bo‘laklari tushuniladi. Agar bo‘laklarning sirti tekis bo‘lsa, yirik toshlar deyiladi. 2...10 mm o‘lchamlilari mayda toshlar deyiladi.
Yirik zarrali gruntlar shamol, yog‘ingarchilik va daryo suvlari ta’sirida yuzaga keladi. Ular zamin sifatida o‘rtacha qiymatga ega bo‘ladi. Bosim ta’sirida kam siqilishi, siljishga mustahkamligi va, ayniqsa, suvga chidam- liligi ularning muhim xususiyati hisoblanadi. Bu gruntlarning zichligi orti- shi bilan mustahkamlik ko‘rsatkichlari ortib boradi.
Qumli gruntlar. Tabiatda ularning shakli turlicha bo‘lib, ko‘pincha dumaloqroq bo‘ladi. Ularning tarkibida asosan kvars bo‘lib, ba’zan dala shpati, slyuda kabi minerallar uchraydi.
Qum zarralarining o‘lchami 0,05...2,0 mm atrofida, bo‘ladi. Ular orasi- da 0.005...0,05 mm yiriklikdagi changsimon zarrachalar ham uchrashi mumkin. Changsimon zarrachalar aslida dastlabki tog‘ jinsining yemirili- shi natijasida qum bilan birga paydo bo‘lgani uchun ularning mineral tarkibi va boshqa xususiyatlari o‘xshashdir. Shuningdek, qum tarkibida o‘lchami 0,005 mm dan kichik bo‘lgan loysimon zarrachalar ham uchrab turadi, lekin ular 3% dan kam bo‘lgani uchun qumning xususiyatlariga deyarli ta’sir etmaydi.
Qumlar hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, dengiz cho‘kindisi tarkibida hosil bo‘lgan qum mayda zarrachalarining miqdori ko‘pligi bilan ajralib turadi. Daryo oqimida hosil bo‘lgan qum esa tekis qatlam holida, muzliklar davridagi qum-dag‘al, aralash; shamol ta’sirida hosil bo‘lgan qum esa mayda zarrali holatda namoyon bo‘ladi.
Qatlami qalin tekis zichlashgan qum ancha mustahkam zamin vazifa- sini o‘taydi. Shu bilan birga yuk ko‘tarish xususiyati qum donalarining yiriklashishi bilan ortib boradi.
Agar qum to‘kma holatda uchrasa, uni bino qurishdan oldin zichlash- tirish talab etiladi.
Suv bilan to‘yingan qum qatlamlarida zovur qazish ishlari nihoyatda ehtiyotkorlik bilan olib boriladi, chunki bunda paydo bo‘luvchi suv oqim- lari gruntni bo‘shashtirib yuborishi mumkin.
Suvga to‘yingan mayda zarrali serg‘ovak qum tabiatda muvozanat holatda bo‘lib, kavlab olinganda tezda-oquvchan quyqaga aylanishi mum- kin. Suv sizish xususiyati juda kam bo‘lgan bunday gruntlar oson harakat- lanadi, chunki bunda suv qum zarralaridan ajralmay, ular bilan birga oqadi. Shuning uchun bunday qum quyqa deb yuritiladi.
Dinamik kuchlar ta’sirida quyqa qumlarning osongina oquvchan. holatga kelishi ko‘pchilikka ma’lumdir,
Umumiy xususiyatga ega bo‘lgan yirik zarrali va qumli gruntlar sochi- luvchan gruntlar turkumiga kiradi. Donalarining o‘lchami turlicha bo‘lgan bu gruntlar qoya jinslaridek o‘z shaklini saqlay olmaydi va oz miqdordagi siljituvchi kuch ta’sirida tezda shaklini yo‘qotadi.
Sochiluvchan gruntlarniig mustahkamligi va turg‘unligi ularning zich- lik ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, zichlangan holatda soz, aks holda no- soz zamin hisoblanadi,
Sochiluvchan gruntlarniig fizik va mexanik xususiyatlari ularning namlik darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
|
| |