|
Gruntlar zichligi texnologiyalari reja: Gruntlarning fizik-mexanik xossalari
|
bet | 4/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalari1.2-rasm. Grunt tarkibi: V – gruntning to‘liq hajmi; Vs – to‘lia hajmdagi qattiq minerallrning hajmi; Vn – to‘lia hajmdagi bo‘shliq (gaz) ning hajmi; Vw – to‘lia hajmdagi suvning hajmi; М – to‘lia hajmdagi gruntning massasi; Мs – to‘lia hajmdagi gruntning qattiq minerallarining massasi; Мw – to‘lia hajmdagi grunt dagi suvnng massasi.
Tabiatda gruntlar tarkibiga turli elementlar kiradi, ularni quyidagi uch qismga bo‘lish mumkin: qattik-mineral zarrachalar; suyuq-g‘ovaklardagi suvlar gaz-havo qismi (1.3-rasm).
1.3-rasm. Grunt tarkibining asosiy holatlari:
1-qattiq qismi; 2-gaz qismi; 3-suyuq qismi.
Gruntning tuzilishi uning tashkil topish sharoitlari va keyingi davr o‘z- garishlari jarayoniga bog‘liq, shuningdek, tarkibidagi mineral zarrachalar- ning o‘lchamlari va shakli ham katta ahamiyat kasb etadi.
Cho‘kindi turkumidagi gruntlar, asosan uch xil tuzilishda: donador, po‘kaksimon va zanjirsimon shaklda bo‘ladi.
Gruntning donador shakli (1.3a-rasm) uning sochiluvchan turiga (qum, shag‘al) hos bo‘lib, zarralarining o‘zaro joylashishi ularning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liqdir. Shuning uchun ular o‘ta g‘ovak, hatto, zich holatda ham bo‘lishi mumkin. Gruntning po‘kaksimon (1.3b-rasm) shakli loysimon gruntga xos. Loyli zarrachalar sirtida elektr muvozanatini saqla- gani uchun birlamchi holatda qanday bog‘lanishda bo‘lsa, suvda cho‘kish sharoitida ham shu holatni saqlaydi. Bu esa o‘z navbatida gruntning po‘- kaksimon ko‘rinishiga olib keladi.
Gruntning zanjirsimon shakli (1.3c-rasm) yengil va kichik zarrachalar- ning suvda cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Bu zarrachalar uzoq vaqt suvda muallaq holda turib qolib, o‘zaro birlashishi natijasida to‘p-to‘p bo‘lib cho‘kadi.
Gruntlarning yuqorida qayd etilgan qismlarining xossalari, shakli, haj- mi, miqdori hamda ular orasidagi o‘zaro munosabat ularning umumiy fizik xususiyatlarini belgilaydi.
|
| |