|
Gruntlar zichligi texnologiyalari reja: Gruntlarning fizik-mexanik xossalari
|
bet | 3/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalariLoyli gruntlar. Loyli gruntlar deganda yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‘lgan, zarralari o‘zaro bog‘langan gruntlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, bunday jismlar kuch ta’sir etganda o‘z shaklini o‘zgartirib, kuch olingan- dan keyin ham o‘zgargan shaklini saqlab qoladi.
Loyli gruntlar suv qo‘shilganda qattiq holatdan yumshoq holatga, namlik yanada oshirilganda esa oquvchanlik holatiga oson o‘tadi.
Loyli gruntlar asosan kimyoviy ta’sir natijasida tog‘ jinsining yemi- rilishi tufayli hosil bo‘ladi. Ularning tarkibini kam miqdorda uchraydigan mayda kumli va changsimon zarralar bilan bir katorda ignasimon va yoy- simon shakldagi o‘lchami 0,005 mm dan kichik loysimon zarrachalar tash- kil etadi. Tadqiqotchi olimlarning guvohlik berishicha, loysimon zarracha- lar birlamchi minerallarning kimyoviy yemirilishidan hosil bo‘lgan ikki- lamchi minerallardan tashkil topgan. Shuning uchun ham ular namlangan- da ko‘pchib, quritilganda qotish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Loysimon minerallar kaolinit, illit (gidroslyuda) va montmorillonit deb nomlanuvchi turkumga bo‘linadi. Montmorillonit zarralari nihoyatda mayda bo‘ladi.
Kaolinit turkumiga kiruvchi loysimon minerallar, asosan, yer yuzasi- dagi chuchuk suvlar oqimidan hosil bo‘lib, mustahkam bog‘langan kristall panjarali boladi. Suv ta’sirida ular deyarli ko‘pchimaydi.
Sovuk va iliq iklim sharoitida dengiz va quruqlikda hosil bo‘ladigan illit turkumiga kiruvchi loysimon zarrachalar ko‘proq to‘rtlamchi muzlik davri qatlamlarida uchraydi. Bunday loyli gruntlarga xos bo‘lgan xususiyat ularning kam ko‘pchishidir.
Montmorillonit turkumiga kiruvchi minerallar dengiz va quruqlik sharoitidagi sho‘r suvlarda hosil bo‘ladi. Kristall panjarali bunday mine- rallar serg‘ovak bo‘lib, g‘ovaklariga suv molekulalari kirganida panjaralar orasi kengayadi. Natijada mineral ko‘pchishi yuzaga keladi.
Turli davrlarda hosil bo‘lgan loyli gruntlar turli zichlikka ega bo‘lib, zarralararo bog‘lanish kuchining mustahkamligi bilan farq qiladi. Loyli gruntlar hosil bo‘lish davriga, sharoitiga qarab turlicha mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Loyli gruntlarning hosil bo‘lish sharoiti, tarkibi va xususiyatlariga qarab bir qancha turlari mavjud. Masalan, muzlik davri loyi (morena), tasmasimon loy, lyoss, balchiq, sho‘rlangan loy, o‘simlik qoldiklariga boy loy shular jumlasidandir. Ularning ichida lyoss va lyossimon loyli gruntlar O‘zbekiston sharoitida ko‘p uchraydi.
Lyosslar loyli gruntlar turkumiga kirib, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular tarkibi jihatdan deyarli bir xil jinsli hisoblanib, 50...80% ni changsimon zarrachalar (0,005...0,05 mm) tashkil egadi.
Lyoss sariq qo‘ng‘ir rangdagi kvars, dala shpati, slyuda, loysimon zar- ralar aralashmasi, temir gidroksid va boshqa minerallardan tashkil topgan.
Shamol ta’sirida hosil bo‘lgan lyoss ohak, ganch va boshqa suvda oson eriydigan tuzlardan tashkil topgan. Ular grunt tarkibining 10…25% ni tash- kil etadi.
Lyoss gruntlarida ohak nafaqat zarralararo bog‘lanish pardasi, balki alohida zarra sifatida ham uchraydi.
Lyoss gruntlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularda tik yo‘nal- gan chuqurchalar yoki ko‘p teshiklar shaklidagi oddiy ko‘z ilg‘aydigan yirik g‘ovaklarning bo‘lishidir. Yirik g‘ovaklar soni ko‘pincha grunt hajmi- ning 1/3 qismini tashkil etadi. G‘ovaklar orqali suv osongina grunt qatlam- lariga kirib boradi. Lyoss zarralariaro kuchsiz bog‘langanligi sababli suv ta’sirida grunt tez namlanib bo‘kadi va natijada bog‘lovchi kuchlar yo‘qo- lib, o‘ta cho‘kish holati ro‘y beradi. Zaminning bunday notekis o‘ta cho‘ki- shi natijasida har qanday inshoot zarar ko‘rishi muqarrardir.
Gruntlarniig tarkibi.
Ma’lum hajimdagi grunt tarkibida qattiq minirallar, suv va havo (gaz) lardan tashkil topgan bo‘adi (1.2-rasm).
Gаз
|
|
Suv
𝑉𝑤 𝑀𝑤
|
|
Qattiq minerallar
𝑉𝑠 𝑀𝑠
|
V
M
|
| |