|
-rasm. Zarrachalar va suvning o‘zaro ta’siri sxemasi
|
bet | 7/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalari1.4-rasm. Zarrachalar va suvning o‘zaro ta’siri sxemasi: 1-zarrachalar; 2- kation; 3-anion; 4-suv molekulalari; I-qattiq zarralar; II-mustahkam bog‘langan suv; III-bo‘sh bog‘langan suv; IV-erkin suv.
Zarra sirti bilan bog‘langan qobiq qatlamidagi suv, grunt g‘ovagining bir qismini egallaydi. Shuningdek, uning miqdori zarra sirtidagi kationlar valentligiga bog‘liq. Masalan, bir valentli natriy ioni (Na) o‘zida ko‘proq suvni tortib turish xususiyatiga ega. Kalsiy (Sa) va magniy (Mg) larning qo‘sh valentli kationlari esa loy zarrachalari sirtiga mustahkam bog‘langan bo‘lib, kam mikdordagi suvni tortish xususiyatiga ega. Aluminiy (Al) va temirning (Fe) uch valentli ionlari esa ulardan kam suv qobig‘ini tortib turadi. Bunda suv molekulalari zarra sirtiga nihoyatda katta kuch bilan tortilgan bo‘ladi.
Agar zarralar sirti qalin qobiqli bo‘lsa, gruntning qo‘shimcha namla- nishi ko‘pchishga olib keladi. Bu holat zarra qobiqlari qalinligining ortishi hisobiga yuz beradi. Bunda grunt zarralari bir-biridan uzoqlashib, ular orasidagi molekulalarning tortish kuchi susayadi va natijada, zarralararo bog‘lanish kuchi kamayadi.
Agar loyli grunt to‘la namlansa, unda zarralararo bog‘lanish kuchi yo‘qoladi, shuning uchun uning siljishga qarshiligi nihoyatda past bo‘ladi. Grunt g‘ovaklaridagi erkin holdagi suv o‘z navbatida kapillyar va gid- ravlik suvlarga bo‘linadi. Gidravlik erkin suv tabiatda kam uchraydi. Kapil- lyar suv esa zarralar sirtidagi qobiqlarning molekular tortish kuchi sababli
paydo bo‘ladi.
Gruntlardagi kapillyar tortish kuchining qiymati 1,5 MPa atrofida o‘z- garadi. Grunt g‘ovaklariaro erkin suv asosan, og‘irlik kuchi ta’sirida hara- katlanadi.
Gruntning gazli qismi. Gruntda ikki xil erkin va qamralgan gazlar mavjud. Birinchi xil gaz (havo) bosimi atmosfera bosimiga monand bo‘l- gani gruntning xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, qamralgan gaz bosimi esa uning atrofini o‘rab turuvchi suv bosimiga teng bo‘ladi. Bunday gaz gruntlarning zichlashish jarayonida qo‘shimcha elastiklik xususiyatini vujudga keltiradi, shuningdek, ulardagi suv sizish xususiyatini susaytiradi. Shuning uchun qamralgan gazlarni grunt xossalarini o‘rganishda hisobga olish talab etiladi.
Grunt turlari va ishlash sharoitlari
Gruntlarning fizik ko‘rsatkichlari.
Gruntlar holatini baholash uchun ko‘pgina fizik ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, ular o‘z navbatida tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan asosiy va hisob- lab topiladigan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Gruntning asosiy fizik ko‘rsatkichlari zichlik zarralar zichligi hamda namlik ko‘rsatkichlarimi o‘z ichiga oladi.
|
| |