• Qizdirilgan metallar dan elektronlarning ajralib chiqishi termo-elektron emissiya deb ataladi.
  • Masala yechish namunasi
  • 8-sinf fizika darsligi asosida 46-mavzu: Vakuumda elektr toki




    Download 0.52 Mb.
    Sana09.04.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #192613
    Bog'liq
    8-sinf Fizika fanidan Vakuumda elektr toki dars taqdimoti


    8-sinf fizika darsligi asosida 46-mavzu:
    Vakuumda elektr toki
    Nay ichidagi gazni maxsus nasosda so'rib, undagi gaz molekulalari sonini shu darajaga yctkazish mumkinki. bunda gaz molekulalari bir devordan ikkinchi devorga deyarli bir-biri bilan to'qnashmasdan yetib boradilar. Naydagi gazning bunday holati vakuum deb ataladi.
    Amerikalik fizik Tomas Edison vakuumda elektr tokining o'tish tabiatini o'rgangan.
    U ikkita elektrod o'rnatilgan shisha kolba ichida vakuum hosil qilib, elektrodlarning birini tok manbaining manfiy qutbiga, ikkinchi elektrodni galvanometr orqali tok manbaining musbat qutbiga ulagan.
    Dastlab u strelkasi o'zgarmaganligtni ko'rib, vakuumdan tok o'tmayotganligini kuzatdi.
    So'ngra tok manbaining manfiy qutbiga ulangan elektrod qizdirilganda vakuumda elektr tokining yuzaga kelganligini, ya'ni galvanometr strelkasi og'ishi vakuumdan tok o'tayotganligini tasdiqladi (118-rasm).
    Qizdirilgan metallar dan elektronlarning ajralib chiqishi termo-elektron emissiya deb ataladi.
    Demak, vakuumda hosil bo'lgan elektr toki qizdirilgan clcktroddan ajralib chiqqan clcktronlar oqimidan iborat. Qizdirilayotgan elektrodni katod deb ataymiz va u tok manbaining manfiy qutbiga ulanadi.
    Sovuq elektrodni esa anod deb ataymiz va u manbaning rausbat qutbiga ulanadi. Katod va anod kavsharlangan vakuumli kolba (nay)ga ikki elektrodli elektron lampa yoki diod deyiladi.
    Vakuumli diodning umumiy ko'rinishi va elektr sxemasi 119-rasmda keltirilgan.
    O'tgan asrda elektron lampalar elektronika sohasida yetakchi o'rinni egallagan va ulardan radio, televizor, kompyuter, sanoat elektronikasida keng foydalanilgan.
    Fan va texnikaning tez sur'atlar bilan rivqjlanishi natijasida bugungi kunda vakuumli lampalarning o'rniga zamonaviy hamda kam energiya iste'mol qiluvchi yarim o'tkazgichlardan yasalgan asboblar qo'llanilmoqda.
    Vakuumda elektr toki qanday yuzaga keladi?
    Katod qizdirilganda undan elektronlar ajralib chiqa boshlaydi. Katoddan chiqqan elektronlar anod va katod orasidagi elektr maydoni ta'sirida anodga tomon tartibli harakatga keladi va zanjirda tok hosil bo'ladi.
    Agar t vaqt davomida anodga N ta elektron yetib kelgan bo'lsa, shu vaqt davomida anod olgan zaryad miqdorini q = N e ifodaga ko'ra hisoblaymiz.
    U holda anod toki quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
    O'zbekistonda metallarda termoelektron emissiya hodisasini o'rganish borasida yurtdoshimiz akademik Ubay Oripov rahbarligida bir guruh olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
    Ularning olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalari kosmik materialshunoslik va asbobsozlik sohasida keng qo'llanilib kelinmoqda.
    Masala yechish namunasi
    • Vakuumda elektr tokini qanday zaryadli zarralar hosil qiladi?
    • Termoelektron emissiya hodisasi nima?
    • Vakuumda elektr toki qanday yuzaga keladi?

    Download 0.52 Mb.




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-sinf fizika darsligi asosida 46-mavzu: Vakuumda elektr toki

    Download 0.52 Mb.