• Tayanch soz va iboralar: Tayanch iboralar
  • 5-ma'ruza. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Reja




    Download 340.73 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana10.11.2023
    Hajmi340.73 Kb.
    #96647
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-maruza.-Talimda-AKT
    Бош.бух лотинча 01,09,2017, Lecture 14, Tayyorlov tsexining mashina va uskunalari



    5-ma'ruza. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
    Reja: 
    1. Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi. 
    2. Pedagogik dasturiy vositalar tushunchasi 
    3. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishga qo'yiladigan talablar 
    Tayanch so'z va iboralar: 
    Tayanch iboralar: interner tarmog'i, internet xizmatlari, provaydr, elektron 
    pochta, chat, videomuloqat, domen nomlari, skype, forum, portal, veb-sayt, 
    ziyonet, google apps. 
    1. Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi 
     
    Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o'qitish 
    uchun birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bo'lib qoldi. Avvallari televizor
    videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va boshqalar bajargan funktsiyalarni 
    kompyuter muvaffaqiyat bilan o'z zimmasiga oldi. 
    Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada 
    ortdi. 
    Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim 
    belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qaerda, qaysi uchastkada 
    ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan 
    foydalanishga o'rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter
    skaner, videoko'z, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks 
    modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet 
    tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, 
    sun'iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin. 
    Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga 
    oshirishda o'zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
    - kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish 
    qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proektori, chizish plansheti, 
    musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti; 
    - uskunaviy dasturiy ta'minot; 
    - virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, 
    geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.; 
    - axborotlar majmui — ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual 
    muzeylar va x.k.; 
    - texnik ko'nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga 
    qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o'zlashtirish va h.k.). 
    Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. 
    Hozirgi kunda kompyuterlar ta'lim tizimida asosan to'rt yo'nalishda: 
    - o'rganish ob'ekti sifatida; 



    - o'qitishning texnik vositalari sifatida; 
    - ta'limni boshqarishda; 
    - ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda. 

    Download 340.73 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 340.73 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma'ruza. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Reja

    Download 340.73 Kb.
    Pdf ko'rish