|
Gruntni zichlash haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 9/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalari2.1. Gruntni zichlash haqida umumiy ma’lumotlar
G‘ovaklik deganda grunt umumiy hajmining g‘ovak qismi tushuni- ladi, ya’ni:
𝑛 = 𝑉𝑛 = 1 − 𝜌
(1.4)
𝑉𝑛−𝑉𝑜
𝜌𝑠(1+𝑊)
bu yerda 𝑉𝑜- olingan namunadagi grunt zarralarining hajmi; 𝑉𝑛-namu- nadagi g‘ovaklar hajmi: W-grunt namligi, o‘lchov birligi hisobida.
G‘ovaklik koeffitsienti deb, grunt tarkibidagi g‘ovak zarralar hajmlari nisbatini ifodalaydi. Uni quyidagi formula orqali aniqlanadi:
𝑒 = 𝑉𝑛 = 𝑛 = 𝜌𝑠 (1 + 𝑊) − 1 (1.5)
𝑉𝑜 1−𝑛 𝜌
2.2 Gruntni suv yordamida shibbalab zichlash texnologiyasi
G‘ovaklik koeffitsienti gruntdagi o‘zgaruvchan qiymatning (𝑉𝑛) o‘z- garmas qiymatga (𝑉𝑜) nisbatini ifodalagani uchun g‘ovaklik ko‘rsatkichiga nisbatan foydalanish qulay. Chunki g‘ovaklik ikki o‘zgaruvchan qiymatni (𝑉𝑛 вa 𝑉𝑛 + 𝑉ў) o‘z ichiga oladi. Shuningdek, g‘ovaklik koeffitsienti grunt- ning tabiiy g‘ovakligini ifodalab, u haqda amiyatli xulosa chiqarishga im- kon beradi.
Agar e < 0,6 bo‘lsa, tabiiy gruntlar ancha mustahkam zamin vazifasini o‘taydi. Qum uchun e > 0,8 yoki loy uchun e > 1 bo‘lgan gruntlarni zamin sifatida yaroqsiz deb hisoblanadi.
G‘ovaklik koeffitsientining qiymatlariga asoslanib, qumli gruntlar zich, o‘rtacha zich va g‘ovak gruntlarga ajratiladi (1.2-jadval).
Qumli gruntlarning g‘ovaklik koeffitsienti.
1.2-jadval
Qumli gruntlarning turlari
|
Zichlik ko‘rsatkichlari
|
Zich
|
O‘rtacha zich
|
G‘ovak
|
O‘ta yirik, yrik va
o‘rtacha yrik
|
e < 0,55
|
0,50 < 𝑒 < 0,65
|
e > 0,65
|
Mayda
|
e < 0,60
|
0,60 < 𝑒 < 0,70
|
e > 0,70
|
Changsimon
|
e < 0,60
|
0,60 < 𝑒 < 0,80
|
e > 0,80
|
|
| |