|
Gruntlar zichligi texnologiyalari reja: Gruntlarning fizik-mexanik xossalari
|
bet | 11/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalariOqish chegarasi (𝖦𝑜) namlikni bir oz oshirish bilan gruntning oquv- chanlik holatiga o‘tishini belgilaydi. Gruntning oqish chegarasi muvozanat konusi deb nomlanuvchi maxsus moslama yordamida aniqlanadi.
Qotish chegarasi (𝖦𝑞), bunda namlikning bir oz kamayishi gruntning qattiq holatga olib kelishini ifodalaydi.
Gruntning oqish va qotish chegaralari undagi loy zarralarining miqdori va minerallar tarkibiga bog‘liq. Shuningdek, bu chegaralarning miqdor jihatidan farqi gruntning yumshoqlik ko‘rsatkichi deb ataladi va uni quyi- dagi formula orqali aniqlash mumkin: 𝖦𝑦𝑢𝑚 = 𝖦𝑞 − 𝖦𝑜 (1.10)
Yumshoqlik ko‘rsatkichlari qiymati yordamida mayda zarrali gruntlar
loy (𝖦𝑦𝑢𝑚 > 17); qumli loy (7 < 𝖦𝑦𝑢𝑚 ≤ 17); loyli qum ( 1 <𝖦𝑦𝑢𝑚 ≤ 7); qum (𝖦𝑦𝑢𝑚 ≤ 1) kabi turlarga bo‘linadi.
Loyli gruntga xos bo‘lgan yana bir ko‘rsatkich uning holat ko‘rsat-
kichidir, ya’ni: 𝐽𝐿
= 𝖦𝑞−𝖦𝑜
𝖦𝑦𝑢𝑚
(1.11)
Bu ko‘rsatkich yordamida loyli gruntlar quyidagi holatda bo‘lishi mumkinligi aniqlandi: qattiq (𝐽𝐿 < 0 ); bir oz qattiq (0 < 𝐽𝐿 ≤ 0 ,5 ); yumshoq (0,5 < 𝐽𝐿 ≤0,75); bir oz yumshoq (0,75 < 𝐽𝐿 ≤ 1,0); oquvchan (𝐽𝐿 > 1).
3.1 Gruntni statik (g‘altakli ish jihozli) zichlovchi mashinalar
Gruntli to‘g‘onlar. Chuqur soylardan suvni saqlab, undan suv zahirasi sifatida foydalanish uchun qurilgan gidrotexnik inshoot bo‘lib, soyning ma’lum bir qismida tashib keltirilgan grunt qatlamlari yordamida hosil qilingan to‘siqdir. Bunda joy 1 ning ma’lum bir tanlangan qismida joy tanlanib, uning ma’lum uzunlikdagi sirti ma’lum qalinlikda tozalanadi va shu joyga tashib keltirilgan gruntlar qatlam-qatlam 2 qilib yoyilib zichlanib ko‘tariladi (1.5-rasm).
Soyda hosil qilinadigan to‘g‘on tubi maxsus mashinalar yordamida ma’lum qalinlikda tozalanadi.
To‘g‘onda ishlatiladigan gruntlar uchun maxsus ob’ektlar tanlanadi, bunda grunt sof toza (sho‘rlanmagan) zichlanadigan bo‘lish kerak. Bu gruntlar maxsus mashinalarda tashib keltiriladi va ma’lum qalinlikda yoyi- lib, gruntni zichlovchi mashinalar yordamida (agar gruntning namligi 17...18% bo‘lsa) zichlanadi. Agar gruntning namligi 8...15% bo‘lsa, unga optimal namlikka erishguncha suv berilib, zichlanadi.
|
| |