|
-rasm. Gruntli to‘g‘onning ko‘ndalang kesimi
|
bet | 12/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalari1.5-rasm. Gruntli to‘g‘onning ko‘ndalang kesimi.
Grunt to‘g‘onli suv omborlar. Yemirilgan (buzilgan) suv omborlari- ning gruntli devorlarini mustahkam zichlangan grunt qatlami bilan ko‘ta- rish (1.6-rasm.) orqali uning sig‘imini oshirish mumkin.
2
1
a) 1 3
2
b)
1.6-rasm. Suv omborlarining (a) oldingi va (b) zichlanib, ta’mirlangandan keyingi holati; 1-ombordagi suv sathi;
2-gruntli devorning oldingi holati; 3-qayta tiklanib, zichlangan gruntli devor.
2.1 Gruntni zichlash haqida umumiy ma’lumotlar
Suv omborlarining gruntli devor 2 yemirilib pasaygan bo‘lsa, uni yemirilgan hamda sho‘rlangan qatlamini maxsus mashinalar yordamida qirqib, ma’lum 3 qalinlikda tashib keltirilgan sof toza gruntlarni yoyib, zichlanadi.
Gruntli ko‘tarma kanallar. Magistral kanallarning ayrim qismlari- ning gruntli devorlari yer sirtidan tashib keltirilgan gruntlarni qatlam- qatlam qilib, yoyib zichlash orqali ko‘tariladi (1.7-rasm).
1.7-rasm. Gruntli ko‘tarma kanalning ko‘ndalang kesimi.
2.2 Gruntni suv yordamida shibbalab zichlash texnologiyasi
Grunt ustida va gruntdan qurilgan gidrotexnik inshootlarni mustah- kamligi va uzoq muddatda ishlashini ta’minlash uchun, ularning poydevori bo‘lgan gruntni sifatli va ishonchli zichlash zarur.
Ma’lumki, hajm birligi ichidagi gruntning tarkibida uni asosiy qismi- ni tashkil qiluvchi gruntning modda minerallari, suv va havo mavjud. Tar- kibi (strukturasi) buzilgan va buzilmagan gruntlarni zichlash uchun uning tarkibidagi havo va suvni hajmini qisqartirish zarur. Buning uchun, grunt zarralarining o‘zaro qarshiligini, uning namligidan foydalanib, unga qo‘yil- gan bosim kuchi orqali kamaytirish kerak.
Odatda qazib chiqarilgan va yumshatilgan gruntlarning zichligi 1,1... 1,3 t/m3 oraliqda bo‘ladi. Bunday gruntlarda yoki ularni tashib keltirib, ulardan qurilgan gidrotexnik inshootlar va ularning poydevori bo‘lgan gruntni zichligi 1,45...1,85 t/m3 oraliqda bo‘lishi kerak. Gruntni bu daraja- da zichlash uchun unga kerakli bosim kuchi qo‘yilishi kerak. Bunday kuch- larni hosil qilishda mashina va mexanizmlardan foydalaniladi. Gruntni zichlash uchun maxsus ish jihozlari yaratilgan bo‘lib, ular mashinalarga osma, tirkama va o‘zi yurar qilib o‘rnatiladi va bu mashinalarni grunt zich- lovchi mashinalar deb yuritiladi.
Grunt zichlovchi mashinalarning, gruntni zichlash texnologiyasiga qarab, statik, dinamik, tebratma (titratma) va aralash turlari mavjud.
|
| |