|
Mundarija. Kirish Mavzuning bugungi kundagi holati va masalaning yechimi
|
bet | 1/7 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 106,5 Kb. | | #139532 |
Bog'liq Namangan muhandislik qurilish instituti «sanoatni axborotlashti
MUNDARIJA.
Kirish
Mavzuning bugungi kundagi holati va masalaning yechimi
I.1 Mikroprosessorning tuzilishi.
I.2 Mikroprotsessorlarning turlari va rivojlanish bosqichlari
Mikroprotsessorlarni umumlashtirilgan sxemasini ishlab chiqish
Mikroprotsessorning ixtirosi. Mikroprotsessor tarixi. Intel keyingi avlod protsessorlari
II.2 Zamonaviy mikroprotsessorlarning turlari, tarkibi foydalanishdagi buyruqlar tizimi, sinxronizatsiyalash sxemasi
II.3 Mikroprotsessorning sinxronizatsiyalash sxemasi.
II.4
II.4 Mikroprotsessorlar uchun Flowcode (Windows) dasturi
II.5 Mikroprotsessorli sistemaning umumlashtirilgan strukturasi.
Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
MAVZUNING BUGUNGI KUNDAGI HOLATI VA MASALANING YECHIMI.
Hozirgi axborotlashgan jamiyatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni
mikroprosessor texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har bir soxada elektronikaga murojat etiladi. Sababi bajarilayotgan operatsiyaning samaradorligi, vaqtdan unumli foydalanish, sarflanayotgan elektr energiyaning kam isrofi, ishchi kuchini kamaytirib avtomatlashtirish jarayoniga o’tish bu kundagi talablardan biri. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish uchun dunyoning yetakchi firmalari tomonidan mikroprosessor texnologiyalariga asoslangan yuzlab dasturlanuvchi mantiqiy mikroprotsessorlar ishlab chiqilgan. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarishda bir turli mikroprotsessor va kompyuterlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday hollarda avtomatlashtirilgan tizimning ko‘p darajali boshqarish tizimini loyihalash va ularni yagona apparat-dasturiy platformalarda qo‘llash imikroprotsessoroniyatlari paydo bo‘ladi. Xalqaro standartlarda hisoblash texnikasi vositalari, (dasturlanuvchi mikroprotsessorlar, sanoat kompyuterlari, avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari) tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarni, funksional sxemalarda aks ettirish usullari xususida aniq ko‘rsatmalar berilmagan. Chunki, bunday vositalar ko‘p funksiyali bo‘lib, ularning vazifalari texnololgik jarayonning xususiyatlaridan hamda avtomatlashtirish darajasiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Xozirgi vaqtga kelib raqamli elektronika ananaviy analog elektronikani siqib bormoqda. Turli elektron qurilmalarni ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi firmalari to‘liq raqamli texnologiyaga o‘tishlarini e’lon qilmoqdalar. Odatiy bo‘lib
qolgan shaxsiy kompyuterlar xam to‘liq raqamli texnologiya asosida amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda raqamli sxemotexnika xamda mikroprotsessorlarning asosiga va asosiy usullariga, raqamli qurilmalarni loyixalashtirishning amaliy yo‘llariga bag‘ishlangan adabiyotlar o‘zbek tilida yozilganlari yo‘q, boshqa tillarda yozilganlari esa juda xam kam. Ko‘pchilik adabiyotlarda butun elektronikani bayon qilishni maqqul ko‘radilar. Asosiysi loyixalashtirishga yondoshish va usullari, loyixalashtiruvchi mutaxasis uchun talab etiladigan o‘zgacha fikrlash va murakkab tizimlarni qurish tamoillarini bayon etishga xarakat qilishdir.
MPni texnologik jarayonlarda turli maqsadlarda, turli xillarini ishlatilib kelinmoqda. Ana shunday turlardan biri dasturlanuvchi mikroprotsessorlarning (yoki kompyuterning) funksiyalarini jadval usuli bo‘lib hisoblanadi. Unga ko‘ra mikroprotsessorning kirish-chiqish portlari va uning funksiyasi jadvalning alohida qatorlarida belgilanadi. Men tayyorlagan kurs ishimda ham ana shunday funksiyalarning bir nechtasi misol tariqasiz keltirilgan. Zamonaviy mikroprotsessorlar bir qator tarmoq protokollarini qo‘llab quvatlaydi. Tarmoq protokoli razemlarning, kabellarning, signallarning turini, ma’lumotlar formatini, shuningdek tarmok interfeyslari uchun algoritmlarni aniqlaydi. Umuman olganda, axborotlarni xatosiz, maksimal qulay tarzda uzatish uchun ularni kommunikasion operasiyalar ma’lum qoidalar asosida olib borish bu davrdagi asosiy masalalardan biri bo’lib xisoblanmoqda.
|
| |