\ Mikroprotsessorlarni prinsipial sxemasini ishlab chiqish
Mikroprotsessorlarni katta darajada integratsiyalashda integral mikrosxema
ko’rinishida bajarilgan mikroelektron bajaruvidagi murakkab dasturli boshqaruvchi raqamli qurilma hisoblanadi. Shuning uchun u ham elektron priborlarda mavjud bo’luvchi (tezlik, gabarit va massa, qiymat, tempratura diapazoni, korpus tipi, sarflanadigan quvvat, manba darajalari miqdori va hokazo), ham hisoblash vositalari (razryadlilik, komandalar bajarish tsikli, ichki registrlar soni, stekli xotira tipi, dasturiy ta’minot tarkibi va hokazo) kabi parametrlar to’plami bilan ifodalanadi. Mikroprotsessorlar yuqorida qayd etilgan xarakteristikalaridan nisbatan kuchlilari bilan qo’llashning samarali muhitini tanlash maqsadida sinflanadi.
Bir kristalli mikroprotsessor mikroprotsessorlarning barcha apparatli vositalarini
bitta katta integral sxemalari yoki katta integral sxemalari tizimlari ko’rinishida
ishlatishdan olinadi. Ular bilan bajariladigan barcha operatsiyalar mikroprotsessorlar komandalari to’plami bilan aniqlanadi. Bir kristalli mikroprotsessorlar tarkibiga:
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ),
doimiy xotira qurilmasi,
operativ xotira qurilmasi,
mumiy belgilanishdagi registrlar bloki,
maxsus registrlar,
boshqaruv sxemalari, ma’lumotlar magistrali,
adreslar magistrali va boshqaruv magistrali,
kirish-chiqish portlari,
taymer-hisoblagichlar va boshqa funktsional tugunlar kiradi.
Elektron va elektrotexnik sistemalarda kullanishda Atmel firmasining AVR oilasiga mansub mikroprotsessorlari keng imkoniyatlarga ega. Ular RISK komandalar sistemasiga ega bo’lgan bir kristalli mikro-EHMlardan iborat. Komandalarning asosiy qismi mikroprotsessorda bir taktda bajariladi. Xotiradan navbatdagi komandani tanlash undan oldingi komandani bajarish vaqtida amalga oshiriladi. Mikroprotsessorlar KMOP texnologiyasi asosida yaratilgan bo’lib, programmalar va malumotlarni saqlovchi energiyaga bog’lik bo’lmagan xotira qurilmalari Flesh ROM va EEPROM texnologiyalari asosida yaratilgan.
AVR oilasiga uch seriyadagi mikroprotsessorlar kiradi: AT90, ATtiny va
ATmega, ular ichida ATtiny eng kam va ATmega eng ko'p hisoblash
imkoniyatiga ega (20-rasm).
А). AT tiny mikroprotsessori В). AT mega mikroprotsessori
Atmel firmasining AVR mikroprotsessorlari AVR mikroprotsessorlari yagona asos strukturasiga ega bo’lib, o’z ichiga quyidagi tarkibiy qismlarni oladi:
-takt impulslari generatori;
-protsessor;
-programmalarni va konstantalarni saqlovchi, FleshROM texnologiyasida yaratilgan doimiy xotira;
-ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan statik turdagi operativ xotira (SRAM);
-ma’lumotlar massivini saqlash uchun EEPROM texnologiyasida yaratilgan doimiy xotira;
-ma’lumotlarni va boshqarish signallarini kiritishG’chiqarish uchun qurilmalar to’plami.
Mikroprotsessorning umumlashtirilgan struktura sxemasi 2-rasmda keltirilgan.
21-rasm. Mikroprotsessorning umumlashtirilgan struktura sxemasi
Mikroprotsessorning tarkibiy qismlari. Protsessor (CPU) Protsessor (CPU) - navbatdagi komanda adresini xosil qiladi, xotiradan shu adres bo’yicha komanda kodini oladi va uni bajarilishini tashkil qiladi. Komanda formati 16 bitdan yoki 32 bitdan iborat. AVR oilasiga mansub turli mikroprotsessorlar komandalar sistemasi 89 tadan 130 tagacha komandalarni o’z ichiga oladi. AVR Assembleri - asos komandalar sistemasi deb nomlangan 118 ta komandadan iborat.
Asos komandalar sistemasiga quyidagilar kiradi:
-faqat umumiy foydalanish registrlari (GPR) ishtirok etadigan 33 ta registr komandalari;
-operativ xotira (SRAM) adreslar maydonini adreslovchi 26 ta komanda;
-kiritishG’chiqarish registrlariga (IOR) murojat qilish uchun 2 ta komanda;
-programmalar xotirasiga (FleshROM) murojat qilish uchun 1 ta komanda;
-umumiy foydalanish registrlari va kiritishG’chiqarish registrlari bitlari bilan bog’lik 22 ta komanda;
-programma bajarilishini boshqaruvchi 34 ta komanda.
Protsessor tarkibiga 2 – rasmda keltirilgan komandalar sanigichi (PC),
arifmktik-mantiqiy qurilma (ALU) va umumiy foydalanish registrlari bloki (GPR)dan tashqari mikroprotsessorning xolat registri - SREG, stek ko’rsatkichi
registri – SP (yoki SPL va SPH) va boshka elementlar xam kirishi mumkin.
Mikroprotsessor ishga tushirilganda yoki qayta yuklanganda RS ga «0» soni yoziladi, FleshROM dan nolinchi adresdagi komanda tanlab olinadi va bajariladi. Navbatdagi komanda adresi RS ga «1» sonini qo’shish orqali xosil qilinadi.
ALU da bita yoki ikkita operandlar (operatsiyada ishtirok etuvchi ma’lumotlar) ustida arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajariladi. Operandlar GPR registrlaridan olinadi. Agar operatsiya bir operandli bo’lsa - natija operand olingan registrga, ikki operandli bo’lsa – natija birinchi operand olingan registrga yoziladi.
GPR o’z ichiga R0, R1, …., R31 nomlari berilgan 32 ta 8 razryadli registrlarni oladi. R24 dan R31 gacha bo’lgan registrlar 16 razryadli ma’lumotlarni saqlash uchun registr juftliklarini xosil qilishi mumkin, bu xolda juft nomerli registrda ma’lumotning kichik bayti, toq nomerli registrda esa kata bayti saklanadi. R26 va R27 registrlar juftligi «X» nomi bilan, R28 va R29 registrlar juftligi «Y» nomi bilan, R30 va R31 registrlar juftligi esa «Z» nomi bilan ataladi va bu registrlar juftliklari xotiraga bilvosita murojaat qilinganda adreslarni saqlash uchun xizmat qiladi. Mikroprotsessorning xolat registri SREG 8 ta razryad(SREG7, SREG6,
… , SREG0)dan iborat bo’lib, uning xar bir razryadining vazifasi quyidagicha:
programma bajarilishi jarayonida barcha uzilishlarni taqiqlash yoki ularga ruxsat berish; bit ustida opertsiya bajarilganda uni saqlash; bajarilgan operatsiya natijasining belgilarini (ishorasi, natija nolga teng yoki teng emasligi, o’tish razryadi, natija kodidagi «1» raqamlarining soni juft yoki toqlik belgisi) va boshqalarni saqlash.
Mikroprotsessor turli qurilmalarni avtomatik boshqarishi uchun dasturlar yozilishi bizga ma’lum, shuning uchun Flowcode dasturidan foydalanib ” Hisoblagich tizimi. loyihalashtiramiz. Buning uchun Flowcode dasturini ishga tushiramiz. Odatda loyiha yaratish mikroprotsessor tomonidan amalga oshirilishi uchun harakatlar (algoritm) bir ketma-ketlikni rejalashtirish bilan boshlanadi.
Bir rivojlantirish muhitida Flowcode bu maqsadda elektron dasturini yaratish
intuitiv interfeysi taqdim etadi.
22-rasm. Dastur tuzilishiining boshlang’ich jarayoni.
23-rasm. Atmega32 mikroprotsessor chip
|