Mikroprotsessorlar uchun Flowcode (Windows) dasturi
Mikroprotsessorlar turli elektron qurilmalarni boshqarishda qullaniladi, kichik
bitta mikrosxema yig’ilgan bo’ib, u dastur orqali boshqarilad. Elektron qurilmalarni loyihalashtirish uchun avtomatik boshqarish mikroprotsessorlarni
sxemasini yig’ish unga dastur yozish uchun bir qancha dasturlar mavjud bo’lib
ulardan FlowCode dasturidan foydalanib mikroprotsessorlarni sxemasini yig’ish bilan tanishib chiqamiz.
FlowCode dasturi ikki turi mavjud bo’lib u AVR va PIC mikroprotsessorlari uchun ishlab chiqarilgan. Mos ravishda bir turdan ikkinchi turga import qilish qulaylik to’g’diradi. Boshlovchilar uchun qurilmalarni yig’ish soddaligi qulay, chunki mikroprotsessorlar bilan birga ishlatiladigan ko’pgina tashqi moslama elementlari mavjud. Dastur ishga tushirilganda kompyuter monitorida quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi.
1-rasm. FlowCode dasturini ko’rinishi
Dastur ishga tushirilganda kompyuter monitorida quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi. Flowsharts yordamchi oynasida More Files….. aktiv holatda bo’ladi, OK ga sichqonchani olib kelib inter tugmasini bosish kerak.
2-rasm. Flowsharts oynasini ko’rinishi
3-rasm. Project Optiones oynasini ko’rinishi
Project Optiones oynasinidan ATMEGA32 mikroprotsessori tanlanilib, OK
tugmasi bosiladi. Natijada FlowCode dasturi ishga tushiriladi (4-rasm ).
4-rasm. FlowCode dasturi oynasini ko’rinishi.
Quyida panellar tavsifi keltiriladi. Dastur oynasini chap tomonida (Icons) asosiy dasturlash asboblar paneli mavjud bo’lib, u quyidagi buyruqlarni o’z ichiga oladi.
5-rasm. Asosiy dasturlash asboblar (Icons) panelini ko’rinishi.
Quyida dasturlash asboblar paneli (yuqoridan pastga, chapdan-o’nga 5- rasmda buyruqlar ro’yxati) keltirilgan:
Input (kirish), Output (chiqish), Delay (pauza), Decision (ulanish),
Connection Point (ikki-joy uchun aloqa), Loop (sikl), Macro (makros),
Component Macro (dasturga qo’shilgan makros komponentalariga), Calculation
(hisoblash), String Manipulation (qator operatsiyalar), Interrupt (chiqib ketish),
C Code (S tilida kodli blok), Comment (fikr).
Odatda loyiha yaratishni amalga oshirilishi uchun harakatlar (algoritm)
bir ketma-ketlikni rejalashtirish bilan boshlanadi. Bu jarayonda Flowcode dasturini ishchi oynasiga ya’ni BEGIN-END asosiy dasturlash asboblar (Icons) panelinidan buyruqlarni bir biriga bog’laymiz. Dasturlash asboblar panelidan Input (kirish) ga sichqonchani olib borib o’ng tugmani bosib ishchi oynaga olib algoritm blogiga quyiladi (6-rasm).
6-rasm. Asosiy dasturlash asbobidan Input buyrug’ini ko’rinishi.
Dasturni ishchi oynasida mikroprotsessorning portlari kursatilib Input
buyrug’ini ustiga sichqonchani ikki marta bossak asbobning yordamchi oynasi
hosil bo’ladi (7-rasm).
7-rasm. Asosiy dasturlash asbobidan Input buyrug’ini ko’rinishi.
Mikroprotsessorni Porti tanlanib PORTA, Borable belgisiga kursor olib kelinganda mikroprotsessor portini yordamchi oynasi hosil bo’ladi (8-rasm).
8-rasm. Mikroprotsessor portlarini bog’lash jarayonini ko’rinishi.
Mikroprotsessorga tashqi qurilmalarni kirish va chiqish portlariga bog’lash uchun birinchi tugma dasturni ishga tushiradi, ikkinchi tugma pauza, uchunchi tugma dasturni to’xtatadi, turtinchi tugma Step into (F8 klavishi) dasturni mikroprotsessor bilan kalit va yorug’lik diodni bog’laydi (9-rasm).
9-rasm. Dasturni ishga tushiruvchi jarayonini ko’rinishi.
|