Gruntni tebranma harakat orqali titratib zichlovchi mashinalar.
Gruntni tebranma harakat orqali titratib, zichlovchi mashinalarni tit- ratmali mashinalar deb ataladi.
Titratmali mashinalar asosan bog‘lanmagan qumli va shag‘alli grunt- larni zichlashda ishlatiladi. Konstruksiyasi bo‘yicha ularning tirkama titrat- ma g‘altakli va titratma plitali turlari mavjud. Titratma plitali zichlagichlar asosan zichlovchi mashinalar kirolmaydigan, kichik o‘lchamli va noqulay joylardagi gruntlarni zichlashda qo‘llaniladi (1.15-rasm). Plita 1 ning usti- ga o‘rnatilgan titratma harakat hosil qiluvchi debalanslar 4, harakatni tas- mali uzatma 5 orqali dvigatel 7 dan oladi.
а)
b)
1.15-rasm. Titratma plitali grunt zichlagich: a-xomaki chizmasi; b- rasmda ko‘rinishi; 1-plita; 2-prujina; 3- rama; 4-debalanslar; 5-tasma; 6-tasmani taranglagich; 7-dvigatel.
Bog‘lanmagan va kam bog‘langan gruntlarni zichlashda tirkama tit- ratmali g‘altaklar ishlatiladi. Bu mashinalarning, gruntni zichlash qalinligi va darajasi ko‘rsatkichlari, gruntni statik zichlaydigan mashinalarga nisba- tan 8...10 marta yuqoridir. Shuni inobatga olib, gruntni statik zichlaydigan yuqori massali mashinalar o‘rniga, gruntni titratma usulda zichlovchi mashinalar ishlab chiqarilgan. Tirkama ish jihozli, gruntni titratma usulda zichlovchi g‘altakning umumiy ko‘rinishi 1.16-rasmda ko‘rsatilgan.
Asosiy ish jihozi g‘altak 4, ichi bo‘sh, silindir shaklida metaldan yasal- gan bo‘lib, uning ikki chetidagi qopqog‘i markaziga podshipnikli korpus o‘rnatilgan. Korpusning tashqi qismi rama 3 mahkamlangan bo‘ladi. Bu korpus markazidan o‘tuvchi valning g‘altak ichidagi qismiga, titratma harakatni hosil qiluvchi debalans 8 va uning chiqish qismiga tasmali uzat- ma 5 ning g‘ildiragi (shkivi) o‘rnatilgan. Titratma harakat, debalans yorda- mida amalga oshiriladi. Debalans ma’lum massali yuk o‘qini, aylanuvchi oval o‘qiga nisbatan surilishi hisobiga ishlaydigan moslama. Debalans vali- ga harakat IYOD 6 yordamida tasmali uzatkich 5 orqali beriladi. G‘altak, tortuvchi rama orqali traktorga tirkalib, dumalanish bilan harakatlanadi.
5
4 6
2 3
1
а
5
4
XULOSA
Mavzuga tegishli adabiyot manbalari va yopiq gorizontal drenajlarni qurish texnologiyalarini o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:
transheyaga qayta ko‘milgan gruntning sifatli zichlash (shibbalash) drenajni ishonchli va samarali ishlashiga kafolat beradi;
transheyaga qayta ko‘milgan gruntni yaxshi zichlanmaganligi hamda zichlangan grunt bilan transheya devorlarining bog‘lanmaganligi, sug‘o- rish va sho‘rini yuvishda ishlatiladigan suvlarning ta’siridan drenajlarni deformatsiyalanishiga, yuvilib ketishiga va buzilishiga olib kelib, sizdir- gich materiallari (ko‘zlarini berkitib), drenaj quvurlarini loyqaga to‘lishiga sabab bo‘ladi;
transheyaga gruntni qayta ko‘mishda zichlashning mavjut texnolo- giyasi va mexanizatsiya vositalarini taxlil qilib o‘rganish natijasida uning yangi mexanizatsiyalashgan usulini yaratishni taqoza etdi. Bu usulda grunt- ni zichlash uni qayta ko‘mish meyorini suvga to‘yintirish orqali amalga oshirish bilan birga kerakli zichlikka ega bo‘lgan grunt qatlami va zichlan- gan grunt bilan transheya devorlarini o‘zaro bog‘lashga imkoniyat yaratadi;
-tatqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, transheyaga grunt bilan qayta ko‘muvchi shnekli ish jihozi gruntni ho‘l qurig‘ini aralashtirib, uning bo‘- laklarini maydalash hisobiga dastlabki zichligi 10% gacha ortadi. Zichlash- ni suv yordamida shibbalash natijasida uning zichlash koeffitsienti tabiiy gruntga nisbatan yuqori qismida 0,08, pastki qismida 1,1 ni tashkil qildi;
-suv purkovchi ish jihozini maqbul ish tartibi maxsus ishlab chiqilgan nomogramma orqali aniqlandi. Suv miqdorining maqbul (optimal) tartib (rejimi) ko‘rsatkichlari qilib quyudagilar aniqlandi: teshiklar diametri 2 ≤ d ≤ 3, teshiklar soni 40 ≤ n ≤ 60, suv bosimi (beriladigan suv sathining balandligi) 1,0 ≤ h ≤ 3,0 m.s.u;
-tatqiqot natijalari asosida suv purkovchi ish jihozining maqbul konus- truksiyasi etib, kalta teshikli o‘rnatuvchi quvurlardan tashkil topgan shakli tanlandi va u gruntni kerakli namlikka ega bo‘lishi uchun suv miqdori bilan ta’minlaydi;
-suv purkovchi ish jihoziga o‘rnatilgan teshikli quvurlarning shaxmat shaklida joylashuvi hamda quvur teshiklar sonining pastdan yuqoriga qarab oshib borishi, transheyadagi ko‘milayotgan grunt tezligini pasaytirishga hamda uni bir tekisda sifatli namlab suvga to‘yintirish imkoniyatini beradi. Shibbalovchi ish jihozining transheya devorlariga perpendikulyar joylash- gan teshiklardan chiqayotgan suv bosimi devorlari yuvib, unda o‘yiqlar hosil qilish orqali shibbalangan grunt bilan transheya devorlarini yaxshi bog‘lashga xizmat qiladi;
-shibbalangan qatlam gruntiga uning yuqorisidagi grunt qatlamining ta’sirini tatqiqotlari maxsus laborotoriya qurilmasida o‘rganildi. Tatqiqot- lar shuni ko‘rsatdiki, grunt namligi W > 30% da uning zichligi deyarli o‘zgarmaydi. Transheyani grunt bilan to‘liq to‘ldirilganda (H ≤ 1,5 ), uning gruntga beradigan bosimi P = 7 kPa va namligi W = 18…22% bo‘lganda gruntning zichligi ρ = 1,45…1,55 t/m3 tashkil qildi. Grunt namligi W = 22…30 % bo‘lganda uning zichligi deyarli o‘zgarmaydi;
ishlab chiqilgan texnologiyaning samarasini tekshirish sobiq ″Qarshi qurilish″ boshqarmasining drenaj qurish maydonlarida yangi loyihalangan MЗУ – 2 mashinasining tajriba nusxasida amalga oshirildi. Qayta ko‘mil- gan grunt zichligining sifatini aniqlash uchun qurilgan drenaj uzunligining har 20 m dan xandaklar qazib, transheya chuqurligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari payti ko‘milgan gruntning zichligi tabiiy grunt zichligiga teng va ayrim hollarda undan yuqori ekanligini ko‘rsatadi:
tavsiya etilgan texnologiyaning dala sharoitidagi tekshiruvlari uning samarali va ishonchliligi yuqori ekanligini ko‘rsatib, yangi mashinani qo‘l- lashda rentabellik darajasi 17,5 % ga, sug‘oriladigan yer maydonlarining 10 % ga o‘sishi hisobiga yillik iqtisodiy samara bir mashinani qo‘llashda 36 mil. so‘mni tashkil qiladi.
mashinaga o‘rnatilgan ish jihozlarining yengil yechilishi va o‘rnatili- shi bu mashina boshqa, masalan; suv tashishda, suv sepishda, har xil quvur- lar va kabellar uchun qazilgan trasheyalarni qayta ko‘mishda, yo‘l qurilishi ishlarida jumladan; qum va shag‘allarni hamda asfaltlarni yoyib tekislash- da ularni qurishga mo‘ljallangan maydondagi o‘simliklar qatlamini qirqish ishlarida foydalanish mumkin.
Sultanov T.Z., Vafoyev S.T., Vafoyeva O.S. Gruntlarni gidromexa- nik usulda zichlash teznologiyasini takomillashtirish. «Irrigatsiya va melioratsiya» jurnali № 3(9), 2017г, 43-46 b.
Ахмедов С.Н., Мирзаев Б.С., Вафоев С.Т., Худаев И.Ж., Вафоев Р.С. Дренаж траншеясидаги грунтни зичловчи ускунанинг тадқиқот натижалари. Агро илм журнали №1 2020 й. 96-97 бетлар.
Вафоев С.Т. Ёпиқ горизонтал дренажларни қуриш ва ишончли ишлашининг илмий асослари. – Тошкент: ФАН. 2005. 124 б.
Вафоев С.Т. Исследование влияния бытового давления грунта в траншеях закрытых дрен при его уплотнение. Фарғона «Илмий- техника» журналининг. №4-сон, 2005 й , 68-71б.
Вафоев С.Т. Основные характеристики и предъявляемые требо- вания к обратной засыпке закрытого горизонтального дренажа. Объединенный научный журнал, Москва,2008. №8 (214) с. 67-69.
Вафоев С.Т., Ахмедов С.Н. Дренаж траншеясидаги грунтни зичлашнинг тадқиқод натижалари. ЎзМУ Хабарлари-Тошкент, 2009,
- №3.-Б. 192-193 б.
Вафоев С.Т., Имомов Ш.Ж., Вафоев Р.С. Исследование уплотне- ния грунта в траншеях закрытых дрен. Научные труды III между- народной научно-практической конференции. Казань 2019. 42-47 стр.
Зыков Б.И., Ширяев М.В., Афанасьев В.В. Устройство для уплотнения грунт. Патент РФ 2135683. 1999.
М.Н., Бориев В.С.-Г. Способ уплотнения просадочных
грунтов. Патент РФ 2158802. 2000.
Королев Н.Е., Зубкин В.Е., Коновалов В.М. Способ уплотнения грунта и других дорожно-строительных материалов. Патент РФ 2140481. 1999.
Мирсагатов А.Н., Вафоев С.Т. Способ засыпки дренажной траншеи (А.с. 1532659). Б.И. 1989. № 48.
Мирсагатов А.Н., Коршиков А.А., Федирко А.В., Журбин А.Е. Устройства для уплотнения грунта (А.с.727729). Б.И.1980. № 14.
Михеев Н.А., Бежкинев С.И. Грунтоуплотняющий каток. Патент РФ 14944. 2000.
Султанов Т.З., Вафоев С.Т., Вафоева О.С. Грунтларни зичлаш- нинг назарий асослари. «Irrigatsiya va melioratsiya» jurnali № 2(16), 2019 г, 38-42 b.
http://fayllar.org
|