• 1.13-rasm. Zarb kuchi yordamida gruntni zichlovchi ekskavator.
  • 1.14-rasm. Traktor bazasidagi gruntni zarb kuchi yordamida zichlovchi mashina
  • Gruntni dinamik (zarb kuchi yordamida) zichlovchi mashinalar




    Download 58,62 Kb.
    bet17/18
    Sana28.05.2024
    Hajmi58,62 Kb.
    #255789
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Gruntlar zichligi texnologiyalari

    Gruntni dinamik (zarb kuchi yordamida) zichlovchi mashinalar.
    Ma’lum massali yukni yuqoriga ko‘tarib, uning og‘irlik kuchi hiso- biga tushishidan hosil bo‘lgan zarb kuchidan foydalanib, gruntlarni zich- lash, dinamik zichlash deb ataladi.

    Zarb kuchi yordamida gruntni zichlovchi ish jihozlari traktor yoki bir cho‘michli ekskavatorlarga o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu mashinalarga o‘rnatil- gan zarb beruvchi ish jihozlarining massasi 1...3 t oraliqda bo‘lib, ularning 1,0...2,5 m balandlikka ko‘tarib, tashlash natijasida 10...50 kJ zarb ener- giyasi hosil qilinadi. Bunday mashinalardan bir cho‘michli ekskavator- draglayn bo‘lib, uning cho‘michi o‘rniga yuk osilib, uning zarbi hisobiga grunt zichlanadi. Bu mashinaning umumiy ko‘rinishi 1.13-rasmda ko‘rsa- tilgan bo‘lib, u quyidagi asosiy qismlar: aylanish platformasi 1, yukni ko‘tarib tushuruvchi po‘lat arqon 3, yukni tortuvchi po‘lat arqon 6, xartum 4, yuk 5 dan tashkil topgan.


    1.13-rasm. Zarb kuchi yordamida gruntni zichlovchi ekskavator.
    Zarb beruvchi ish jihozi 5, metalni eritib, konus shaklida yasalgan quy- ma maxsulot bo‘lib, konus uchidagi xalqaga ekskavatorning yuk ko‘taruvchi 3, asosidagi xalqaga esa yukni tortuvchi 6 po‘lat arqonlar ulangan bo‘ladi. Traktor bazasidagi gruntni zarb kuchi yordamida zichlovchi mashina- ning umumiy ko‘rinishi 1.14-rasmda ko‘rsatilgan.


    1.14-rasm. Traktor bazasidagi gruntni zarb kuchi yordamida zichlovchi mashina: 1-krivoship mexanizm; 2-po‘lat arqon; 3-blok; 4-quvur; 5,7-tirkovichlar; 6-traktor; 8-tutkich; 9-ilgak; 10-yuk; 11-yo‘naltirgich; 12-reduktor.
    Traktor 6 ning orqa qismiga osma ravishda gruntni zichlovchi ish jihozi o‘rnatilgan.

    Zarb beruvchi yuk 10, po‘lat arqon 2 yordamida ko‘tarilib, tushirilishi natijasida, yo‘naltirgich 11 bo‘ylab vertikal harakatlanadi. Yo‘naltirgich- ning yuqori qismi tutkich 8 orqali tirkovich 7 ga bog‘langan. Mashinaning oldingi qismiga o‘rnatilgan va mashina dvigatelidan, reduktor 12 orqali harakat oluvchi ikki tirsakli krivoship mexanizmi 1 ga ulangan va bloklar 3 hamda quvurlar 4 ichidan o‘tgan po‘lat arqon yordamida ikkita yuk 10 navbatma-navbat ko‘tariladi.


    Mashinani konstruksiyasini mustahkamlash maqsadida, unga kerakli ustun va tirkovichlar qo‘yilgan.




        1. Download 58,62 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 58,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gruntni dinamik (zarb kuchi yordamida) zichlovchi mashinalar

    Download 58,62 Kb.