Arxitektura-qurilish




Download 24.22 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi24.22 Kb.
#45027
  1   2
Bog'liq
Arxitektura-qurilish
4-MARUZA sirtqi, o99iAaUqrZo5qsh4lnxN, Oybek

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

“ARXITEKTURA-QURILISH” fakulteti

“QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI TEXNOLOGIYASI” kafedrasi
“Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Pardozbop g`isht va toshlarni ishlab chiqarish.

Bajardi:518-18 QMBKICH talabasi


Kamoliddinov R
Ilmiy rahbar: N.I.Hikmatov

Kirish
Tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash mamlakatning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan pardozlash ishlari xajmi ortib bormoqda. Turar-joy binolari, jamoat va sanoat binolarini qurishda pardozlovchi materiallar sifatida tabiiy pardozbop toshlardan qayta ishlangan plitalar, me’moriy mahsulotlar keng qo‘llanib kelinmoqda. Tabiiy tosh mashhur va izlanadigan qurilish materiallari toifasiga kiradi. Uning ekologik tozaligi, uzoq xizmat qilish muddati, tabiiy tuzilish, turli xil shakllar va ranglar uni keng ko‘lamda qurilish, obodonlashtirish, yo‘lak va yo‘l chetlari, yo‘l va platformalarni yotqizishda ishlatish imkonini beradi. Shuningdek bugungi kunda tabiiy pardozbop tosh mahsulotlaridan binolarni bezatish uchun turli xil fasad tizimlarida faol foydalanilmoqda. Hozirgi kunda 101 ta tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit, gabbro va h.k.) konlari davlat zahirasiga kiritilgan (umumiy zahirasi – 118,7 mln.m3) bo‘lib, shundan 51 ta kondan yoki 43%dan (50,9 mln.m3) foydalanilib kelinmoqda. 2018 yilda tabiiy pardozbop tosh konlaridan jami 209,0 mln.m3 marmar, granit, gabbro va boshqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln.m3) nisbatan 37 % ga ortganligini ko‘rsatadi. E’tiborlisi, 2019 yilda 1,0 mln. dollarlik 2,5 ming tonna tabbiy va pardozbop toshlar eksport qilingan. 2018 yilda tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 155 ta korxona tomonidan 4,5 mln.m.kv dan ortiq marmar, granit, gabbro va boshqalardan plitalar, me’moriy mahsulotlar (yo‘l va yo‘lak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalarning ishga tushirilishi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.


Yana bir ma’lumot, ushbu yo‘nalishda ishlab chiqarishni hajmi va sifatini yanada oshirish maqsadida shu kungacha tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish hamda geologiya qidiruv ishlari olib borish uchun tadbirkorlarga 118 ta litsenziyalar berilgan. 2019-2021 yillarda tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Natijada yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 3,0 mln. metr kvadratni tashkil etadi.
Yirik loyihalar Toshkent ("Best Stone Service" MChJ - 60 ming kvadrat metr), Jizzax ("Granit Hill" MChJ - 50 ming kvadrat metr), Surxondaryo ("Comfort inert service" MChJ - 300 ming kvadrat metr), Navoiy ("Marmarobod" MCHJ - 1,2 mln.kvadrat metr, "Faridbek Zafarbek" MChJ - 100 ming kvadrat metr, "TRADE PRODUCTION INTERNATIONAL" MChJ QK - 250 ming kvadrat metr, STANDART GROUP" MChJ - 40 ming kvadrat metr) viloyatlarida amalga oshiriladi.
KERAMIK MATERIALLAR VA ULARNING TURLARI

Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va kuydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi. Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pechgava tutun trubalarini terish, kanalizatsiya va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak debataladi. Konstruktsiyasi jixatidan mo’ljallangan bo’yicha keramik materiallar va buyumlar quyidagi guruxlarga bo’linadi:



  • devorbop (g’isht, keramik toshlar, g’ishtdan qilingan bloklar vapanellar);

  • tomlar uchun (ichi ko`k toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar,cherepitsa);

  • binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasadplitkalari);

  • binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar);

  • kanalizatsiya va drenajtrubalari;

  • sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish bakchalari va boshqalar);

  • kislota bardoshli buyumlar (gisht, plitkalar,trubalar);

  • yul materiallari (gishtlar, toshlar);

  • issiqlik o’tkazmaydigan (g’ovakli ichi bo’sh g’ishtlar vatoshlar);

  • yengil betonlar uchun to’ldirgichlar (keramzit,agloporit);

  • olovga bardoshli buyumlar (g’isht va fasonbuyumlar).

Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyolar. Gil tog’ jinslarining mayda dispersiyali fraktsiyasi bo’lib, suv bilan plastik qorishma xosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan keyin tosh qattiqligiga ega bo’lish xususiyatiga ega.



Download 24.22 Kb.
  1   2




Download 24.22 Kb.