|
-rasm. O‘ziyurar g‘altakli grunt zichlovchi mashina
|
bet | 15/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalari1.10-rasm. O‘ziyurar g‘altakli grunt zichlovchi mashina: a-uch g‘altakli; b-ikki g‘altakli; ; 1-oldinga buraladigan g‘altak; 2-vilka; 3-traktor; 4-orqa g‘altak.
Silliq gardishli titratma g‘altakli gruntni zichlovchi mashinalarning texnik tasnifi 1.3-jadvalda berlgan.
3.2 Gruntni dinamik (zarb kuchi yordamida) zichlovchi mashinalar
Bunday mashinalarning massasi 4 t gacha, gruntni zichlashning mak- simal qalinligi 0,2 m bo‘lib, bu ko‘rsatkich, mashinani bir joydan bir necha marta o‘tishi (8…10 marta) natijasida hosil qilinadi. Shuning uchun ham undan ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi.
Bog‘langan gruntlarni zichlashda ko‘p quloqchali g‘altaklar yaxshi samara beradi. Bunga sabab, g‘altak gardishiga o‘rnatilgan uzunligi 25...30 sm bo‘lgan bir nechta quloqchalarning borligidir. Bunday ish jihoziga ega bo‘lgan g‘altakning umumiy ko‘rinishi 1.11-rasmda ko‘rsatilgan.
G‘altak 5 ning gardishiga shaxmat shaklida rezbali teshiklar o‘yilgan bo‘lib, unga quloqcha 7 lar uchidagi rezbali bolt buralib, mahkamlangan bo‘ladi. Har 1 m2 g‘altak gardishi yuzasiga 20...25 dona quloqcha o‘rnatil- gan bo‘lishi kerak. Rama 4 ga g‘altak 5 o‘z o‘qi atrofrida aylana oladigan qilib o‘rnatiladi.
G‘altak ramasiga tortuvchi rama 3 bir uchi birlashtirilgan bo‘lib, ikkinchi uchidagi xalqa 2 traktor ramasiga ulanadi. G‘altakni massasini oshirish maqsadida, uning ichidagi bo‘shliq shag‘al yoki qum bilan to‘l- diriladi. Buni uchun g‘altakning yon tomonidagi qopqoq 6 ochilib, to‘l- gandan so‘ng yopiladi. Quloqchali g‘altaklar yordamida qalinligi 0,2...0,25 m bo‘lgan gruntlarni zichlash mumkin.
Gruntni zichlovchi quloqchali g‘altakning texnik tasnifi.
Massasi, t
|
konstruktiv
|
6.3
|
ekspluatatsion
|
6.5
|
G‘alak gardishining diametri, mm
|
1600
|
G‘altakning eni, mm
|
2000
|
Gardishning bo‘ylama bosii, kg/sm
|
34,6
|
Titratgichning chastotasi, Gs
|
24
|
Bosim kuchi, kN
|
155
|
Ishchi tezligi, km/soat
|
0..6
|
Transport tezligi, km/soat
|
18
|
Gorizontga nisbatan og‘ish burchagi, grad
|
15
|
Transmissiyasining turi
|
gidrostatik
|
Elektr generatorining kuchlanishi, V
|
12
|
Traktorning tortish klassi,
|
3 va undan yuqori
|
Traktor QOVning aylanishlar soni, ayl/daqiqa
|
1024
|
Chek o‘lchamlari, mm
|
|
uzunligi (zanjirsiz)
|
4140
|
uzunligi (zanjir bilan)
|
4725
|
eni
|
2300
|
balandligi
|
1600
|
Bog‘langan va bog‘lanmagan gruntlarni zichlashda havoli rezina g‘il- dirakli (shinali) g‘altaklardan foydalaniladi (1.12-rasm). Bir nechta havoli rezina g‘ildiraklari 5 yonma-yon qilib, bir yoki har biri alohida o‘qqa joy- lashtirilgan bo‘ladi. Bu o‘q, g‘altak ramasi 4 ning o‘rtasida joylashgan bo‘- lib, u bilan birlashgan bo‘ladi. G‘altak ramasining yuqori qismiga metall- dan yasalgan quti 3 joylashtirilgan. Bu quti, har bir g‘ildirak ustiga mos keluvchi to‘siqlar bilan ajratilgan bo‘ladi. G‘altakni massasini oshirish maqsadida, to‘siqlar orasiga maxsus beton yoki temir beton bloklari 2 joylashtiriladi.
|
| |