|
Gruntlar zichligi texnologiyalari reja: Gruntlarning fizik-mexanik xossalari
|
bet | 6/18 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 58,62 Kb. | | #255789 |
Bog'liq Gruntlar zichligi texnologiyalariGruntning suyuq qismi. Professor A. F. Lebedev grunt tarkibidagi suvni o‘rganib, grunt zarralari sirtidagi suvning molekula kuchlari yorda- mida tortilib turish nazariyasini yaratdi.
Suv quyidagi holatda bo‘ladi: bug‘, gigroskopik suv, suv qobiq va er- kin holatda.
Ko‘pincha suv qobiq bilan erkin suv orasiga zichligi kam (yoki bo‘sh bog‘langan) suv kiritiladi.
B u g‘ A. F. Lebedevning ta’kidlashicha, grunt g‘ovaklarida suv hosil bo‘lish sabablaridan biridir. U yuqori bosimli holatidan past bosimli holat- ga o‘tib, grunt g‘ovaklarida tugilib, suv hosil qiladi.
G i g r o s k o p i k s u v grunt zarrachalarining sirtiga o‘rnashib qoladi. Bu hodisani oddiy tajriba yordamida kuzatish mumkin. Masalan, quritilgan grunt bo‘lagini nam xonaga qo‘yilsa, ma’lum vaqtdan so‘ng uning og‘irligi orta boshlaydi. Bu o‘zgarish gigroskopik chegara hosil bo‘lguncha davom etishi mumkin.
Tajribalar yordamida quyidagi gigroskopik chegara miqdori aniqlan- gan: qum uchun 1%, changsimon zarralar uchun 7% va loysimon zarralar uchun 17 % (foizlar zarraning quruq holatidagi massasiga nisbatan olinadi). Suv bug‘i va gigroskopik suv to‘yinmagan gruntlar uchun xosdir (to‘- yinish koeffitsienti 1 dan kichik bo‘lishi kerak). Gruntdagi g‘ovaklar bun- day holatda qattiq zarralar, suv va havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Agar g‘ovak- lar faqat suv yoki havo bilan to‘lgan bo‘lsa, grunt ikki tarkibli holatda bo‘- ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, gigroskopik suvlar grunt bo‘shliqlari bo‘ylab faqat bug‘ holatida harakatlanishi mumkin.
1.3. Gruntlarniig fizik ko‘rsatkichlari
Gruntlardagi elektr tortish kuchi ta’sirida bog‘langan suv qobiq suvi deyiladi. Qobiq suvi mustahkam va bo‘sh bog‘langan holatda bo‘lishi mumkin. Bunday suv og‘irlik kuchi qonuniga bo‘ysunmay, o‘ziga xos qonuniyatga ega bo‘ladi, Qobiq qatlamidagi suv molekulalari tortish kuchi yoki elektr kuchi hisobiga harakatlanib, qalin qobiqli zarradan yupqa zarra- cha tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Grunt zarralari sirtida qobiq suv holatini e l y e k t r o - k i n e t i k nazariya yorqin tushuntirib beradi. Bu nazariya asoslari quyidagilardan iborat (1.4-rasm).
Grunt zarrasining manfiy zaryadlangan sirtida yuqori elektr kuchi ta’sirida qatlam hosil bo‘ladi. Bu qatlam suvning molekulalari zarraga nihoyatda katta kuch, ya’ni o‘n minglab atmosfera bosimi ostida tortilgan- ligi sababli molekulalar deyarli qo‘zgalmaydi.
Molekulalarning tortish kuchi zarra sirtidan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Shuning uchun ham molekulalarning elektr tortish kuchi million- ning bo‘lagiga teng masofada nihoyatda kamayadi.
Zarra qo‘sh qatlamining sirtida yangi bo‘sh bog‘langan suv qatlami hosil bo‘lib, uning ustki qismida erkin suv miqdori ortib boradi. arra sirtidan uzoqlashgan sari, elektrokinetik tortish kuchi nolga teng- lashib boradi va undagi suv oddiy xususiyatga ega bo‘ladi.
Bog‘langan suv oddiy suvdan farqli ravishda maxsus xossaga ega bo‘ladi. Uning zichligi A. Katukovning ko‘rsatmalariga binoan 1,81 t/m3 ga yetishi mumkin. Bunday holatdagi suv cho‘zilishga va siljishga qarshi- lik ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lib, 60...80 0S da muzlaydi, Bog‘langan suvning yopishqoqlik xususiyati erkin suvnikiga nisbatan hamma vaqt yuqori bo‘ladi.
|
| |