• Annotatsiya
  • Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  • Texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik




    Download 331.65 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana04.05.2023
    Hajmi331.65 Kb.
    #56570
    Bog'liq
    Karimova Feruza 52-54 CUSR
    Akbaraliyev OYvaTD, Issiq iqlim mustaqil ta'lim mavzulari (3), paskal, Mustaqil ish2, 1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi., 2023, ответи итоговая контрол организация компютер, Til o, Mavzu Ommaviy qirg\'in qurollari, Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O.O, 99, 49bMutnRsw5K8gFTw2mDDFvt89Nfm0MamYBEzrTu (1), Iqtisodiyot nazaryasi, 2.11


    52
    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALAR QO’LLASHNING AHAMIYATI 
    Karimova Feruza 
    Namangan viloyat Kosonsoy tuman 7-maktab texnalogiya fani o'qituvchisi 
    Annotatsiya: ushbu maqolada texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalar qo'llash orqali ta'lim sifati oshirish ko'rib chiqilgan.
    Kalit so’zlar: ta’lim, texnologiya darslari, metodlar, didaktik o’yinlar.
    Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan yangilanish, modernizatsiya 
    jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari jumladan, oliy ta’limda ham 
    zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi 
    bilim va ko’nikmalarini shakllantirishni, o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya 
    yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. Bo’lajak 
    boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda 
    “Texnologiya va uni o’qitish metodikasi “ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda 
    salmoqli o’rinni egallaydi. Mazkur fan orqali bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar 
    fanining asosiy ilmiy – nazariy va amaliy natijalariga asoslangan holda o’quvchilarga 
    mehnatsevarlik, intizom, masuliyat, burch hissi, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish 
    malakasiga ega bo’ladilar. 
    Talim-tarbiya jarayonida asosan o'quvchilarda talim olish motivlarini, ularni turli 
    yonalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini 
    korsatadigan, didaktik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Didaktik oyinlar 
    nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va boshqa yonalishdagi turlarga ajratiladi. 
    Ular o'quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, olchash, 
    yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, 
    guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq ostirish, til orgatish, yangi bilimlar olish 
    faoliyatlarini rivojlantiradi.
    Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra, mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashda 
    ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o'yinlarga ajratiladi. 
    Didaktik oyin turlarini tanlashda, quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar 
    beradi:
    — ishtirokchilarning tarkibi boyicha, yani ogil bolalar, qiz bolalar yoki aralash 
    guruhlar uchun oyinlar;
    — ishtirokchilarning soni boyicha: yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, 
    sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o'yinlar;
    — oyin jarayoni boyicha fikrlash, oylash, topagonlik,
    Harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yonaltirilgan;


    53
    — vaqt meyori boyicha dars, mashgulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan qismi, 
    o'yin maqsadiga erishguncha, g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan o'yinlar. Shu 
    vaqtgacha ananaviy talimda oquvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga orgatib 
    kelingan edi. 
    Innovatsiya (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni ifodalaydi, 
    texnologiya yunoncha “texnos”- san’at,mahorat va “logos”- fan so’zlaridan olingan 
    bo’lib, innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga 
    yangicha yondashish degan ma’noni o’z ichiga qamrab oladi. Innovatsion 
    texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, 
    o'zgarishlar kiritish. Ta’lim tizimidagi har qanday islohotlar, innovatsiyalar, 
    investitsiyalar, shubhasiz, ta’lim samaradorligini oshirishga va uni zamonaviy ta’lim 
    talablariga to’la qonli javob berishiga qaratilgan. 
    Muammoli o‘qitish– maqsadi – faol shaxsni tarbiyalash. Vazifasi – faol bilish 
    jarayoniga undash, ijodiy fikrni rivojlantirish, tanqid va tahlil qilish, muammoni echish 
    usulini izlashga o‘rgatish, tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish. 
    Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi:
    -O'quvchilar muammoning yechimini o‘zlari topishga urinadilar;
    -O'quvchilar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar;
    -Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi. Muammoli 
    o‘qitishning shakllari:
    -Nazariy bilimlarni berishda o‘quv materialini muammoli bayon etish;
    -Amaliy mashg`ulot ishlari yoki tajriba qilishda qisman izlanuvchi faoliyat.
    «Kungaboqar” texnologiyasi– o'quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga 
    bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni 
    tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar 
    yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo 
    yozilib, doskaga yopishtiriladi. Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini 
    bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu 
    uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda 
    o`quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
    “Bumerang” texnologiyasi– Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv 
    materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganiysh, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga 
    yo‘naltirilgan. Asosiy tushunchalar quyidagilar:
    - Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon 
    beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.


    54
    -Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi to‘g‘ri, ochiq 
    javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
    - Ko‘ndalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, 
    bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlarni pozitsiyasini aniqlash 
    va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
    1.K.K. Sultonova “Badiy mehnat” Toshkent”O’qituvchi” 1993 y 
    .2. L.P Maltsevo “Tikuvchilik material shunosligi” Toshkent “O’qituvchi” 1986-
    yil.
    3.Mа’rifаt-Mаdаdkor Bоshlаng’ich tа’lim bo’yichа stаndаrt Tеkshiruv ishlаri 
    to’plаmi. T., 2002
    4.Mа’nаviyat yulduzlаri. А.Qоdiriy nоmli хаlq mе’rоsi Nаshriyoti. T., 2001 

    Download 331.65 Kb.




    Download 331.65 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik

    Download 331.65 Kb.
    Pdf ko'rish