• II. BOB Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi.
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning amaliy ahamiyati




    Download 125.5 Kb.
    bet1/6
    Sana07.04.2023
    Hajmi125.5 Kb.
    #49526
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
    pestle, Lobarotoriya-1, IELTS-Simon-Reading-Sentence-endings-worksheet-part9

    PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
    REJA:
    Kirish
    I.BOB. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, ilk pedagogik texnologiya markazlari.
    1.1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi.
    1.2.. Pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’qituvchi innovatsion faoliyatining ahamiyati.
    II. BOB Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi.

    2.1. Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish


    2.2. Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va tadrijiy rivojlanish tarixi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Innovatsion pedagogik faoliyat ob’ektini ta’lim-tarbiya oluvchilar: o‘quvchi-talabalar tashkil etgani uchun bu jarayon ular shaxsiga yo‘naltiriladi. SHu sababli o‘quvchi shaxsini shakllantirish va yuksaltirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik jarayon insonparvarlik mohiyatiga ega. O‘qituvchi-pedagog o‘z faoliyatini ijodiy tashkil etar ekan har safar yangi izlanishlar, yangicha yondashuvlar tufayli dars mashg‘uloti shakli va mazmunini yangilashga intiladi, o‘z qarashlarini tajriba-sinov tarzida amaliyotga tadbiq etadi. Natijalarga ko‘ra yana izlanishga, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangiliklar kiritishga harakat qiladi, kamchiliklarini topadi, to‘ldiradi, mukammallashtiradi. Ko‘p hollarda mavjud metodik qarashlar, ko‘nikilgan nazariy qoidalar o‘qituvchilarni qoniqtirmasligi mumkin. Zotan, innovatsion pedagogik jarayon o‘qituvchi faoliyatining doimiy o‘sib-ulg‘ayib, takomillashib, yangiliklar bilan boyib borishini taqozo etadi. YAngi bilimlarni muntazam o‘zlashtirib borish; pedagog shaxsiga, kasbiy mahoratiga nisbatan zamonaviy talablarga javob beradigan, yaratuvchilik qobiliyatiga ega bo‘lish nafaqat ta’lim-tarbiya balki jamiyat talabi hamda ehtiyojiga aylandi.


    Bugungi kunda kelib o‘qituvchi-pedagogning innovatsion faoliyati kasbiy madaniyati bilan kompitentlikning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash esa davlat ahamiyatiga molik jiddiy masalalardan biridir. Bu jarayon ta’lim bosqichlariaro uzviy hamda uzluksiz tarzda tashkil etilishi; kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallashga intilgan yoshlarni “Ustoz-shogird” tizimida tarbiyalashga e’tibor qaratish; oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan pedagog kadrlarni kasbga yo‘naltirilgan ilmiy-nazariy seminarlarga, kafedralardagi ilmiy-tadqiqot ishlariga, xilma-xil ilmiy loyihalar tevaragidagi izlanishlarga, ilmiy-amaliy konferensiyalarga jalb etish maqsadga muvofiqdir.
    Bugungi tezkor zamonda ta’lim samaradorligini oshirishnin eng maqbul yo‘li – mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish, deb qaralmoqda. Xo‘sh, interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyida ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz. YUqoridagi savollarga javob topishda dastlabki eng to‘g‘ri qadam tayanch tushuncha – «interfaol» atamasining lug‘aviy ma’nosi bilan tanishishdir. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o‘zaro munosabatlar shakllarida tashkil etiladi:
    «Interfaol» tushunchasi ingliz tilidagi «interact» (rus tilida «interaktiv») so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, ikki taraflama, «act» – harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi Interfaol ta’lim – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim Interfaollik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari An’anaviy ta’limdagi suhbat ishtirokchilari an’anaviy ta’limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o‘qituvchining tajribasi bo‘lib, bu jarayonda u etakchilik, dominantlik qiladi, ya’ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og‘zaki tarzida o‘quvchi tinglovchilarga etkazib berishga intiladi. Faollik ko‘rsatish o‘qituvchigagina xos bo‘lib, o‘quvchi tinglovchilar bu vaziyatda sust tinglovchi bo‘lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o‘qituvchini tinglash, zarur o‘rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda (ruxsat etilganidagina) so‘zlashdan iboratdir. An’anaviy ta’limdagi bir tomonlamalik oliy ta’lim tizimidagi faqat ma’ruza mashg‘ulotlarida emas, seminar darslarida ham ustuvorlik qiladi.

    Download 125.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 125.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning amaliy ahamiyati

    Download 125.5 Kb.