|
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni reja
|
bet | 1/3 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 23,64 Kb. | | #150674 |
Bog'liq Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni-fayllar.org
| xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word"
xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40">
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
UN TORTISH ZAVODLARIDA
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI
Reja:
Un tortishning turlari.
Un tortishning tasnifi.
Un tortishning umumiy sxemasi.
Tegirmonga keladigan donning sifat ko`rsatkichlari.
Bugdoy donini navli un tortishga tayyorlashni texnologik jarayoni.
Tegirmonning yanchish bo`limiga yuboriladigan donning sifat ko`rsatkichlari.
CHiqindilarning tasnifi.
CHiqindilarni nazorat qilish.
Un tortishning turlari.
Un tortish deb donni qayta ishlab un olish texnologik operatsiyalarining bir butunligiga aytiladi. Dondan qayta ishlab olinadigan un standart talablariga javob berishi va yuqori iste`molboplik xossalariga ega bo`lishi kerak. Unning navi va chiqishiga qo`yilgan talablarga qarab, texnologik operatsiyalarning soni, ularning o`zaro aloqadorligi va ketma ketligi turlicha bo`lishi mumkin. Jaydari un ishlab chiqarishda asosiy e`tibor donni anatomik qismlarga ajratmasdan ma`lum yiriklikgacha maydalash asosiy vazifa qilib qo`yiladi. Texnikaning zamonaviy rivojlangan darajasida bu muammoni hal qilish qiyin emas. SHuning uchun yanchish jarayoni donni un holigacha jadal maydalaydigan bitta bosqichdan iborat bo`ladi.
Navli un tortishda don endospermining kraxmalli qismi mayin qilib yanchiladi, qobiq, aleyron qatlam va murtak kepak ko`rinishida alohida ajratib olinadi. Donni maydalashga qaratilgan murakkab vazifa texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab etadi. Bunda donni fiziko-kimyoviy, strukturali-mexaniq xossalariga asosan va donni sifatiga qarab maydalash mahsulotlarini ajratishni ta`minlaydigan qo`shimcha operatsiyalarni kiritish zarurati hosil bo`ladi.
| |