• Blits-so’rov savollari
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • 7-Mavzu: Nutq texnikasi va madaniyati Reja




    Download 161.07 Kb.
    Sana04.04.2024
    Hajmi161.07 Kb.
    #188209
    Bog'liq
    6-s-g-t, ISLOM DINI UNING ASOSIY OQIMLARI VA YO\'NALISHLARI, Тест, Inyaz amaliyot betlik, КОМПРЕССЛАР, Asbobsozlik materiallari, ШАХЗОД

    7-Mavzu:
    Nutq texnikasi va madaniyati
    Reja:
    1. Nutq haqida tushuncha.
    2. Nutqning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni.
    3. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika. 4. O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari
    Elektron ta`lim resurslari
    http://www.edunet.uz; http://www.ziyonet.uz; http://www.istedod.uz
    Adabiyotlar:
    • Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.
    • Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
    • Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -115
    • Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshchonov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
    • Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.

    • 6. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T., “Sano-standart” nashriyoti, 2017

    Nutq nima? Nutqning qanday shakllarini bilasiz? Nutq madaniyati deganda nima tushuniladi? Mimika nima? Pantomimika deganda nima tushuniladi? Nafas olish qoidalariga rioya qilish o’qituvchiga nima uchun zarur?

    Blits-so’rov savollari


    Nutq – tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda real­likka aylangan fikr bo‘lib ikki xil ko’rinishda namoyon bo‘ladi:
    1. Ichki nutq
    O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til ele­ment­laridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulo­haza yuritishi, o‘ylashi ichki nutqdir.
    2. Tashqi nutq. (оg’zаki): mоnоlоg, diаlоg,
    yozmа: dоklаd, rеfеrаt, аnnоtаtsiya vа bоshqаlаr.
    Pеdаgоgik-psiхоlоgik аdаbiyotlаr tаhlili аsоsidа nutqning quyidаgi o’zigа хоsliklаrini аjrаtib ko’rsаtish mumkin:
    1. Funktsiyalаri: mulоqоt, shахsgа tа’sir ko’rsаtish, tа’lim vа tаrbiya vоsitаsi.
    2. Shаkllаri: tаshqi nutq (оg’zаki): mоnоlоg, diаlоg, yozmа: dоklаd, rеfеrаt, аnnоtаtsiya vа bоshqаlаr; ichki nuqt.
    3. Nutq tехnikаsi: pеdаgоg оvоzining kаsbiy sifаti: tеmbr, intоnаtsiya, diksiya, tеmpоritm (bir minudа 120 tа so’z).
    4. Nutqiy fаоliyat turlаri: o’qish, yozish, gаpirish.
    5. Nutq uslublаri: ilmiy, rаsmiy, so’zlаshuv, bаdiiy, оmmаbоp.
    6. Nutqqа qo’yilаdigаn tаlаblаr: tаlаffuzning аniqligi, ifоdаviylik, emоtsiоnаllik, diksiyaning tushunаrligi, tоvushlаrning аniq tаlаffuz qilinishi, оbrаzlilik, nutq mаdаniyati, so’zdаn fоydаlаnish qоidаlаrigа riоya qilish, tеmpоritmgа аmаl qilish.
    7. Nutqni egаllаshdа yo’l qo’yilаdigаn kаmchiliklаr: mоnоtоnlik, tеmpоritmning оshib kеtishi, nоto’g’ri diksiya, so’zlаrni nоo’rin qo’llаsh, til qоidаlаrini buzish.
    O’qituvchi ovozi o’zida quyidagi
    xususiyatlarni aks ettira olishi zarur:
    1) jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); 
    2) keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi); 
    3) havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi); 
    4) ixchamlik, harakatchanlik; 
    5) chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lish); 
    6) moslashuvchanlik (dinamika, tembr, ohandorlikning turli sharoitga moslasha olishi); 
    7) qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o’zgarib turishi); 
    8) suggetsivlik (ovozning xayajon ifodalashi va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati)
    Pedagogik faoliyatda o’qituvchi o’z nutqini tashkil
    etishda quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishi zarur:
    adabiy (sheva so’zlarining qo’llanilmasligi)
    me’yorlariga (kadi – qovoq, pamildori – pomidor,
    kelutti – kelyapti, kartishka – kartoshka va
    hokazo tarzida) amal qilish; 
    talaffuz (o, a, u ,o’, f, v, p, d, t, x, h, s, ts, j, sh)
    me’yorlariga (onor – anor, uxshash – o’xshash, palakat –
    falokat, Hamit – Hamid, xam – ham, sentner – tsentner,
    ijtimoiy – ishtimoiy kabi shakllar) rioya etish; 
    kelishik me’yorlariga (Sobirni ukasi – Sobirning
    ukasi, o’quvchini daftari – o’quvchining daftari,
    poezdga keldim – poezdda keldim va boshqalar
    ko’rinishida) amal qilish
    1
    2
    3
    Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzil­gan bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rga­nilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shun­day nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qi­tuv­chilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.
    Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg`ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat.
    O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g`ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir.
    Og`zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg`u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi.
    Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


    Download 161.07 Kb.




    Download 161.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Mavzu: Nutq texnikasi va madaniyati Reja

    Download 161.07 Kb.