• MS POWERPOINT dasturida taqdimot yaratish. taqdimotlar bilan ishlash
  • 2-ma’ruza. Power point dasturida ishlash. Power point dasturi yordamida darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlash reja




    Download 1.92 Mb.
    bet1/6
    Sana31.10.2023
    Hajmi1.92 Mb.
    #91827
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-ma\'ruza AT
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04

    2-MA’RUZA. POWER POINT DASTURIDA ISHLASH. POWER POINT DASTURI YORDAMIDA DARSLARGA KO‘RGAZMALI QUROLLAR TAYYORLASH
    Reja:
    1. Power point dasturi yordamida darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlash.


    Adabiyotlar
    1. Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi. (OOʻY uchun darslik.) –Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2016. -426 b.
    2. Jumayev M.E. Tadjieva Z.F. Boshlangich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (OOʻY uchun darslik.) –Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2005.
    3. Jumayev M.E. Boshlangich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan praktikum (OOʻY uchun o‘quv qo‘llanma). –Toshkent: “O‘qituvchi”, 2004.
    4. Tadjieva Z.F., Abdullayeva B.S., Jumayev M.E., Sidelnikova R.I., Sadikova A.V. Metodika prepodavaniya matematiki. -T.: “Turon-Iqbol” 2011. -336 s.


    MS POWERPOINT dasturida taqdimot yaratish. taqdimotlar bilan ishlash
    PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o‘zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat slaydlar hosil qilish imkonini beradi.
    Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWER POINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko‘rib turibsiz:
    Jihozlar javoni Menyu satri

    Ekranda qaysi elementlar ko‘rsatilishini belgilash uchun bosh menyuning SERVIS (Xizmat) bo‘limini oching va undagi Parametrы (Xususiyatlar) buyrug‘ini tanlang.
    Slayd tuzilishini o‘zgartirish
    Slaydning asosiy formatini o‘zgartirishning eng oson usuli
    avtorazmetkadan foydalanishdir. Unda 24 ta standart ko‘rinish bor, buni siz ma’lum bir slaydga yoki slaydlar guruhiga qo‘llashingiz mumkin. Bundan keyin slaydning alohida qismlarini tahrir qilsa bo‘ladi.
    Slaydlar holati yoki slaydlarni saralash holatiga o‘ting. Slaydlarni
    saralash holatida o‘zgartirish kerak bo‘lgan slaydlarni belgilang. Bosh menyuning Format bo‘limini oching va undagi Razmetka slayda (Slaydlarni hoshiyalash) buyrug‘ini tanlang. Keyin quyidagilarni bajaring:

    Maslahat: slaydlarni saralash holatida birdaniga bir nechta slaydni belgilash uchun Shift tugmasini bosib turib, kerakli slaydlarni belgilash etarli.
    Yangi format qo‘llanilguncha slayddagi mavjud barcha elementlar o‘z joyida
    qoladi, chunki ularni ko‘chirish yoki o‘lchovini o‘zgartirishga ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin.
    Maslahat. POWERPOINTda matnli obyektlarni ko‘chirishda yoki ularning o‘lchovlarini o‘zgartirishda sichqondan foydalanish mumkin.
    Slaydlarga matn kiritish.
    Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo‘lsangiz)
    POWERPOINT har bir slaydni namunaviy matn bilan to‘ldiradi. Bu matnlarni siz o‘zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim.

    Quyidagi rasmda siz o‘zgartirishingiz kerak bo‘lgan namunaviy matn ko‘rsatilgan:
    O‘z matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida sichqon tugmasini bosing. POWERPOINT matnning kiritilishini ta’minlaydi. Keyin esa quyidagini bajaring:

    Oxirida esa matnning kiritilganligiga amin bo‘lish uchun maydonning tashqaridagi istalgan joyida sichqon tugmasini bosing.
    Siz matnga har xil formatlash elementlarini qo‘llashingiz mumkin. Sizda quyidagi imkoniyatlar mavjud:
    1) shrift yoki uning o‘lchamini o‘zgartirish;
    2) shriftning ustiga chizish yoki maxsus effekt qo‘llash;



    3) rangini o‘zgartirish;
    4) matnni tekislash;
    5) satrlar orasining intervalini o‘zgartirish.
    Kerakli matn ustiga kelib sichqon yordamida formatlash kerak bo‘lgan qismini ajrating. Bosh menyuning Format bo‘limini ochib, Shrift buyrug‘ini bering.
    Maslahat: rang tanlaganda, agar sizga bu ranglar yoqmasa, Drugoy tsvet
    (Boshqa rang)ni bosing. Yangi paydo bo‘lgan muloqot oynasida oyna markazidagi olti burchakdagi kerakli rangni tanlang. Keyin OK tugmasini bosing.



    Download 1.92 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma’ruza. Power point dasturida ishlash. Power point dasturi yordamida darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlash reja

    Download 1.92 Mb.