• Powerpoint dasturini ishga tushirish.
  • Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish




    Download 1.92 Mb.
    bet5/6
    Sana31.10.2023
    Hajmi1.92 Mb.
    #91827
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-ma\'ruza AT
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
    Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish.
    Microsoft Power Point - grafik tasvirlar tayyorlash va prezentasiyalar hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan prezentasiyalarda oddiy animasiyalar tashkil qilish mumkin.
    Power Point dasturiy mahsuloti asosan prezentasiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Prezentasiya - ma’ruza, biznes reja va hokazolar bo‘lishi mumkin. Har bir prezentasiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
    Microsoft Power Point yaratgan hujjatlarini Office ning boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida, rasm ko‘rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni berilgan.
    Prezentasiyalar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri Microsoft PowerPointda tayyorlanadigan Prezentasiya slaydlarida rasm, formula, grafiklar, ovoz, yozilgan fayllar, video-klipplar va hokazolarni joylashtirish imkoni berilgan.
    Powerpoint dasturini ishga tushirish.
    Odatda Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmo‘» bandidan Microsoft Power Point nomli qismi ishga tushiriladi.
    Microsoft Power Point ishga tushganda quyidagi oynani ko‘ramiz.
    «Strelka» orqali ko‘rsatilgan oynachada Power Point prezentasiya yaratishning to‘rt xil variantidan birini tanlashni taklif etayapti:
    Power Point Masteri orqali prezentasiya hosil qilish; (Bu variant tanlanganda so‘rovlar orqali qanday prezentasiya hosil qilinishi kerakligi master orqali aniqlanib, shu talablarga javob beradigan prezentasiya hosil qilinadi.)
    Biror shablon ko‘rinishidagi prezentasiya hosil qilish; (Bu variantda esa, tayyor prezentasiyalar shablonidan birortasi tanlanishi talab qilinadi. Tanlangan shablon ko‘rinishida perezentasiya hosil qilib, foydalanuvchiga havola etiladi. Shablonlarning ham bir nechta turi bor, ular: «Obhie», «Web-Stranis», «Prezentasii», «Dizayno», «Prezentasiy». Masalan Web-sahifa hosil qilmoqchi bo‘lsak, «Web-Stranis » bandidagi biror shablonni tanlaymiz va hokazo).
    Bo‘sh prezentasiya hosil qilish; (1 ta slayddan iborat prezentasiya hosil qilib beradi).
    Oldin hosil qilingan prezentasiyani ochish. (Oldin yaratilgan prezentasiyalar ro‘yxatidan keraklisini ochish imkonini beradi.)
    2. Bo‘sh prezentasiya hosil qilish.
    Yuqoridagi tartibda bo‘sh prezentasiya hosil qilish uchun «Pustuyu prezentasiyu» bandi tanlanib, OК tugmasi bosilsa, Power Point bo‘sh prezentasiya hosil qilib, uning birinchi slaydining ko‘rinishini taklif etadi.
    «Vo‘berite avtorazmetku» bandidan kerakli ko‘rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:
    - qatorli matndan iborat bo‘lgan slayd tanlanadi.
    - sarlavha, chap tomondan diagramma va o‘ng tomondan matndan iborat bo‘lgan slayd tanlanadi.
    Agar biz bo‘sh slayd hosil qilmoqchi bo‘lsak,bandi tanlanib, OК tugmasi bosiladi. quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    Siz ham PowerPoint da bo‘sh slayd xosil qilib, ma’ruza matningizning sarlavxasini kiriting va uni Pokaz slaydov punkti orqali ekranda ko‘ring?
    Bu slaydda kerakli ko‘rinishni hosil qilish mumkin.
    Yangi slayd qo‘shish lozim bo‘lsa «Standartno‘y» panelidan «Sozdat slayd» tugmasi bosiladi, yuqorida aytib o‘tilgan tartibda kerakli turdagi slayd tanlanib, yangi slayd hosil qilinadi.
    Rasm chizish Power Pointda rasm chizish uchun «Risovanie» panelidan foydalaniladi:
    Belgilangan (aktiv) figurani o‘zgartirish (harakatlantirish, boshqasiga almashtirish va hokazo).
    Oldin chizilgan figuralarni belgilash.
    Belgilangan (aktiv) figurani aylantirish.
    Figura qo‘yish.
    Chiziq yoki yo‘naltirilgan nur chizish.
    To‘rtburchak yoki aylana chizish.
    Art obyektini qo‘yish.
    qo‘yilgan obyektlarni hususiyatlarini o‘zgartirish:
    1. Bo‘yash («Zalivka») uchun rang tanlash.
    2. Atrofidagi chiziqi uchun rang tanlash.
    3. Matn uchun rang tanlash.
    4. Atrof chiziqining qalinligini tanlash.
    5. Atrof chiziqining maqomini tanlash.
    6. Atrof chiziqining nima bilan boshlanib tugashini tanlash.
    7. Obyektning soyasini belgilash.
    8. Obyektning hajmini belgilash.
    Bu panel orqali hosil qilingan obyektlarni har birining xossalari mavjud bo‘lib, ular shu obyekt ustiga kelib sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda hosil bo‘lgan menyudan «Format avtofiguro‘» qismini tanlaganda chiqadi va u orqali biz shu avtofigura uchun hamma xossalarini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lamiz. Masalan:
    Power Point da Windows qo‘llab quvvatlagan har qanday obyektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point menyusining «Vstavka» bandidan «Obyekt...» qismi quyidagicha tanlanadi:
    Bizga quyidagi ko‘rinishda oyna hosil bo‘ladi:
    Bu oynadan slaydda joylashtiriladigan obyekt turi tanlanadi va OК tugmasini bossak kursor turgan joyda obyekt joylashadi va uni o‘zgartirish uchun shu obyektning muharriri ochiladi.
    Agar biz matnda oldindan tayyorlangan obyektni joylashtirmoqchi bo‘lsak, shu oynadan «Sozdanie iz fayla» bandini yuklatib, obyekt saqlangan faylni ko‘rsatishimiz kerak va OК tugmasi orqali ushbu obyekt matnimizga qo‘yiladi.
    3. Animasiya yaratish
    Animasiya - slaydga qo‘yilgan obyektlarning ma’lum tartibda hosil bo‘lishi.
    Slayd uchun animasiyani o‘rnatish uchun menyuning «Pokaz slaydov» bandidan «Nastroyka animasii...» qismi tanlanadi, unda quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:
    «Vremya» bo‘limining «obyekt bez animasii» qismidan animasiya o‘rnatilmagan obyekt tanlanib uni «Animasii» qismidan faollashtiriladi. Bu erda qachon faollashishi sichqoncha tugmasi bosilganda yoki bir necha daqiqadan keyin faollashishi ko‘rsatiladi.
    «Effekto» bo‘limini tanlasak, quyidagi oyna paydo bo‘ladi:
    Bu erdan belgilangan obyekt uchun effektni tanlaymiz, shu effekt shaklida tanlagan obyektimiz hosil bo‘ladi. Shu effekt bajarilayotgan paytda biror ovoz chiqarilishi kerak bo‘lsa uni ham tanlaymiz. Animasiya tugagandan keyin bo‘ladigan holatni ham tanlasa bo‘ladi.
    Tayyorlagan slaydingizga animasiya qo‘llab namoyish eting
    Xosil qilingan prezentasiya ko‘rinishlari
    Prezentasiyani bir necha xil ko‘rinishlari bo‘lib, ulardan keraklisi menyuning «Vid» qismidan tanlanadi.
    «Slaydo‘» - Prezentasiyani slaydlar ko‘rinishida namoyish etish.
    «Struktura» - bu band tanlanganda prezentasiya nechta slayddan iborat bo‘lsa ular nomlari ro‘yxati va ularning tavsiflari ko‘rinadi, bu esa prezentasiya tuzilmasidir.
    «Sortirovshik slaydov» - bu band tanlanganda esa prezentasiya nechta slayddan iborat bo‘lsa, ularning hammasi kichik ko‘rinishda tartiblanib, nomerlab joylashtiriladi. Bu ko‘rinish slaydlar joylarini almashtirish, ularni joylashtirishda qulay.
    «Stranis zametok» - bu band tanlanganda prezentasiyaning bir slaydi ekranning yarmiga va shu slayd uchun ma’lumot kiritish uchun joy beriladi. Prezentasiya haqidagi ma’lumotlarni eslash uchun qulay ko‘rinish.
    Pokaz slaydov» - Slaydlarni birin-ketin, ANIMASIYalari bilan ko‘rsatilish tartiblarini inobatga olib to‘liq ekranda namoyish etadi. Prezentasiya tayyor bo‘lganda uni namoyish qilish uchun qo‘llaniladi.
    Obyektlarni belgilash.
    Obyektlarni belgilash ikki yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Siqoncha orqali kerakli obyekt tanlanib, Shift tugmasini bosib turib keyingisini va hokazo keraklilarini Shift tugmasi orqali belgilash.
    «Risovanie» panelidagi tugmani bosib, keyin sichqonchani chap tugmasini bosib tortiladi. Bunda sichqonchaning tugmasi bosilishdan oldin turgan holati bilan tortib tugmasi quyib yuborilganigacha bo‘lgan joygacha joylashgan obyektlar belgilanadi. Belgilangan obyektlarni guruhlarga birlashtirish.
    Belgilangan bir nechta obyektni bir guruhga qo‘shish uchun «Risovanie» panelidan «Deystviya» bandi tanlanadi va menyudan «Gruppirovat» bandi tanlanadi.
    Obyektlar guruhlangan bo‘lsa, ularni xarakteristikalarini o‘zgartirish, guruhga kirgan hamma obyektlarni xarakteristikalarini o‘zgartirish mumkin.
    Bir guruhga biriktirilgan obyektlarni bitta obyekt sifatida ishlatish va yana boshqa obyektlar, guruhlar bilan guruhlash mumkin. Obyektlar guruhlangan bo‘lsa uni ajratish uchun «Risovanie» panelidan «Deystviya» bandi tanlanadi va menyudan «Razgruppirovat» bandi tanlanadi. Hosil qilingan prezentasiyani xotiraga yozib qo‘yish.
    Yuqorida aytilgan ko‘rinishda bir nechta slayddan iborat, animasiyalar o‘rnatilgan prezentasiya hosil qilganimizdan keyin uni kompyuter xotirasiga yozib qo‘yish kerak bo‘ladi. «Standartno‘y» panelidan «Soxranit» tugmasini bosib xotiraga yozish mumkin:
    «Standartno‘y» panelidan «Soxranit» tugmasini bosamiz.
    quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    Bu oynadan «Imya» fayla bandiga prezentasiyani qaysi nom bilan yozib qo‘ymokchi bo‘lsak shu nomni kiritamiz.
    «Papka» bandidan shu fayl qaysi katalogda (papkada) joylashishini ko‘rsatamiz.
    «Tip fayla» bandida fayl qaysi formatda bo‘lishi kerakligini tanlaymiz. Formati – Prezentasiya Power Point, Demonstrasiya , GIF, Format JPG va hokazolar bo‘lishi mumkin.
    Parametro‘» bandidan kerakli parametrlar (faylni ko‘rish, o‘zgartirish uchun parol va hokazolar) belgilanadi. Bu banddan parametrlarni belgilash shart emas, faqat zarur bo‘lganda belgilash mumkin.
    «Soxranit» tugmasi bosiladi, yuqorida kiritilgan ko‘rinishdagi fayl hosil bo‘ladi.

    Download 1.92 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1.92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Powerpoint dasturida ishlashni tushuntirish

    Download 1.92 Mb.