• Mundarija Reja: Kirish 1.Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari 2. Xalqaro kreditning asosiy shakillari
  • Referat mundarija Reja: Kirish Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari




    Download 78.32 Kb.
    bet1/4
    Sana15.06.2023
    Hajmi78.32 Kb.
    #73304
    TuriReferat
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Iqtisodiyot nazaryasi
    Akbaraliyev OYvaTD, Issiq iqlim mustaqil ta'lim mavzulari (3), paskal, Mustaqil ish2, 1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi., 2023, ответи итоговая контрол организация компютер, Til o, Mavzu Ommaviy qirg\'in qurollari, Karimova Feruza 52-54 CUSR, Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O.O, 99, 49bMutnRsw5K8gFTw2mDDFvt89Nfm0MamYBEzrTu (1), 2.11

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
    ANDIJON FAKULTETI

    “Bank ishi va audit”yo’nalishi
    BIA-71/22-guruh talabasi
    Sodiqov Bahriddinning
    Iqtisodiyot nazaryasi fanidan tayorlagan
    REFERAT
    Mundarija
    Reja:
    Kirish
    1.Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari
    2. Xalqaro kreditning asosiy shakillari
    3.Xalqaro lizing operatsiyalari
    Xulosa

    Kirish
    Xalqaro kredit bu lovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib bcrishlilik, muddatlilik, foiz to‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir. Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi. Xalqaro kreditning vujudga kelishiga sabab bo‘lib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo‘jalik aloqalari baynalminallashuv jaravonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg'arishning asosiy usullaridan biri bo'lgan. Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo‘lib korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul jam g‘armalari hisoblanadi. Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo'jalik subyektlarida rnablag‘larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga m o‘fjallangan yirik kapital qo'yilmalarini amalga oshirishga bogliq bo‘ladi.
    «Uzoq muddatli kredit» atamasi amaliyotda kredit muassasalarining ssudalariga aloqador bo‘lib, u odatda, davlat va xususiy korxonalar, banklar tomonidan o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish orqali milliy hamda jahon ssuda kapital lari bozorlaridan qarz mablag‘larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kredit va qarziar mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida turli yirik loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror jshlab chiqarishni kengaytirishga xizmat kolrsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar. Banklar tovar qiymatiga teng bo‘lgan, o‘zaro yetkazib berishga asoslangan kompensatsion bitimlar bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so‘ndirilishini ta’minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o‘ziga xos xususiyatlari ularning keng ko'lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import bitimlarini o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to‘lov ham da tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qayta eksport qilishdan tushum hisobiga o‘zaro bog‘liq boMishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda firma (tijorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsorsial yoki sindikat kreditlar keng qoMlaniladi. Bunday kreditlarni bank konsorsiumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy qonunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o'rnatilishi bo‘lsa, ikkinchidan, banklar kreditlarni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat qilishi hisoblanadi. Budjet mablag‘lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kreditlar. Budjet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan uzoq 304 muddatli (muddatlari 10-15 yil va undan ortiq) xalqaro kredit - larning quyidagi shakllari farqlanadi: 1.Hukum atlarning ikki taraflam a kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit birinchi jahon urushi davrida keng koiam da shakllandi va urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. AQSH asosiy kreditor sifatida chiqdi va davlatlararo nizolarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo boidi. O‘z kreditlarini Fransiya nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQSHdan yangi kreditlarni olish hisobiga so‘ndirdi. 1929—1933-yillarda yuzaga kelgan jahon iqtisodiy inqirozi davrida Germaniya va boshqa 25 davlat qarz bo‘yicha to ‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydilar. Ikkinchi jahon urushi davrida hukumatlararo qarzlar muhim rol o‘ynamadi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan «lend-liz» (ijara) shartlari asosida amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dastlab AQSH, soiigra boshqa dunyoning yetakchi davlatlari o‘zlarining tashqi iqtisodiy manfaatlar uchun hukumatlararo kreditlardan keng foydalanishdi; 2.Xalqaro va hududiy valuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari; 3.Yordam ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida berilgan kreditlar, texnik yordam, beminnat xayriya mablagiari, subsidiyalar.


    1. Download 78.32 Kb.
      1   2   3   4




    Download 78.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mundarija Reja: Kirish Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari

    Download 78.32 Kb.