|
1. Issiqlik izoliyatsiya ashyollarining qo‘llanilishi ?
|
bet | 20/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word46. Issiq saqlovchi samarali beton bloklar. ―Beton + issiqlik saqlovchi + beton‖ sxemasi bo‗yicha sanoat miqiyosida tayyorlangan uch qatlamli devorbop bloklar shunday buyumlar jumlasiga kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda Rossiyaning turli firmalari tomonidan birnecha turdagi devorbop bloklar tayyorlanmoqda. Bular jumlasiga, ―VPTIagrostroy‖ instituti tomonidan ishlab chiqilgan, ichiga penopolistirolь to'ldirilgan va ikkita egiluvchan ulamalar bilan mahkamlangan, o'lchami 200x300x500 mm bo'lgan keramzitobeton qobiqli blokni kiritish mumkin.Konstruksiyaning o‗ziga xos tuzilishi, tanlangan ashyolar va ularning maqbul geometrik joylashishi bir qator 300 mm qalinlikda blokdan qurilgan devorga yuqori darajadagi issiqlik saqlash xususiyatini beradi (Rs.t.= 3,16 m2· 0 S/Vt, Rsiq= 7,5 MPa gacha). Uch qatlamli blokdan tayyorlangan bunday konstruksiyada namni tomchiga aylanishi va haroratni o‗zgarishi blokda emas, balki, xona ichida sodir bo'ladi.
47. Tombop materiallar.Gidroizoliyatsiya materiallari.Gidroizolyatsiya materiallari — inshootlar yoki ularning kismlariga atrof muxitdagi nam sizib kirishidan ximoya qilish uchun xizmat qiladi. Gidroizolyatsiya materiallari sifatida gidroizol, izol, brizol, folgoizol, metalloizol, shisha izollardan foydalaniladi. Ularning barchasi o‘rama ko‘rinishda ishlab chiqiladi.Gidroizol asbest karton qogoziga neft bitumi shimdirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Eni 980 mm, yuzasi 20 m2. Markalari GCH-K, GCH-G.Izol bitum rezinali bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, plastifikatorlar va antiseptiklarni aralashtirish va zichlab tayyorlanadi. Eni 800, 1000 mm, kalinligi 2 mm va uzunligi 10-12 m.Brizol rezina uvoqlariga neft bitumi, to‘ldiruvchilar, asbest tolasi va plastifikatorlar qo‘shib aralashtirish va zichlash orqali tayyorlanadi. Kalinligi 2 mm, yuzasi 10,15 m2 .Folgoizol pastki tomoni bitum surkalgan taram-taram yoki silliq yupka folgadan qilingan ikki qatlamli o‘rama mateiral bo‘lib, eni 960 mm, yuzasi 10 m2 qilib ishlab chiqariladi.Metalizol - ikkala yuzasi neft bitumi surkab tayyorlangan alyuminiy qog‘ozi bo‘lib, yuzasi 5 m2 o‘rama xolida ishlab chiqiladi.
|
| |