|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 89/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 6.1.3. O’tkazuvchanlik
O’tkazuvchanlik tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini tavsiflaydigan muhim parametrlardan biri hisoblanadi. O’tkazuvchanlik deganda qatlamdagi bosimlar farqiga ko’ra jinslarning suyuqlik yoki gaz o’tkazish qobiliyati tushuniladi. Odatda o’tkazuvchanlik (yoki o’tkazuvchanlik koeffisienti) ma’lum bir qovushqoqlikka ega bo’lgan va tog’ jinslari bilan o’zaro ta’sirda bo’lmagan suyuqlikning tog’ jinslarining berilgan ko’ndalang kesim yuzasidan oqib o’tgan hajm sarfi bilan o’lchanadi.
SI sistemasida o’tkazuvchanlik m2 da, neft konlari amaliyotida ― darsida (D) ifodalanadi. 1 D =1,02-10-12 m2 1 mkm2.
Tog’ jinsining 1D o’tkazuvchanligi deganda uning 1 sm2 ko’ndalang kesim yuzasidan 1 atm/sm gradient bosimda 1 sP qovushqoqli suyuqlikning har sekundda 1 sm3 hajmda oqib o’tishi tushuniladi.
O’tkazuvchanlikning zarralararo va yoriqli turlari mavjud. CHo’kindi jinslar o’tkazuvchanligiga ko’ra uch xil bo’ladi: yaxshi o’tkazuvchan (>0,01 -10-3 mkm2), o’rtacha o’tkazuvchan [(10-0,01) -10-3 mkm2)] va kuchsiz o’tkazuvchan (<0,01 -10-3 mkm2).
Sanoat miqyosida neft va gazi bor konlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi 0,001 mkm2 dan 1 mkm2 gacha o’zgaradi. Samarali kollektorlarning minimal o’tkazuvchanligi odatda (0,5-1) -10-3 mkm2 ga teng deb qabul qilingan.
Ayrim jinslar (masalan, gil)ning g’ovakliligi yuqori bo’lsada, o’tkazuvchanligi kam, boshqa jinslarniki (masalan, ohaktoshlarda) buning aksi bo’lib, g’ovakliligi kam bo’lsada, yuqori o’tkazuvchanlikka ega. O’tkazuvchanlik darajasiga ko’ra jinslar o’tkazuvchan (shag’al, graviy, qum), kam o’tkazuvchan (mayda zarrali qum, lyoss) va o’tkazmaydigan (gil, zich cho’kindi va kristall jinslar)ga bo’linadi.
Jinslarning o’tkazuvchanligi g’ovaklar o’lchami, darzlilik, kovaklar bor-yo’qligi va sh.k. bilan aniqlanadi. Hamma cho’kindi jinslar, masalan, qumlar, qumtoshlar, konglomeratlar, ohaktoshlar, dolomitlar u yoki bu darajada o’tkazuvchandir. Lekin, gil, zich ohaktosh va dolomitlarning g’ovakliligi yuqori bo’lsada, suyuqlikni yomon o’tkazadi, faqat bosim gradienti juda yuqori bo’lgandagina o’zidan gazni o’tkazishi mumkin. Jarayonning bunday kechishiga jinslardagi g’ovaklar o’lchamining juda kichikligi, ularda suyuqliklarni va hatto gazni harakatlana olmasligidadir. Tajriba o’tkazish orqali o’lchami 1 mkm2 dan katta bo’lgan kapillyar g’ovaklarda neft massasi harakatlana olishi aniqlangan, lekin bu muammo to’liq o’rganilmagan.
Absolyut (mutlaq), foydali(fazali) va nisbiy o’tkazuvchanliklar farqlanadi. Mutlaq o’tkazuvchanlik jinslarning fizik xususiyatlarini ifodalaydi. Mutlaq o’tkazuvchanlik tog’ jinslarining mineral skeleti bilan o’zaro ta’sirda bo’lmagan va ularning ochiq bo’shliqlarini to’la to’yintiruvchi, ma’lum bir qovushqoqlikka ega bo’lgan suyuqlikning 1 sm2 kesim yuzasidan (ma’lum bir bosim gradienti ta’sirida) siljiyotgan hajm sarfi bilan o’lchanadi. Mutlaq o’tkazuvchanlikning o’lchov birligi o’tkazuvchanlikniki bilan bir xil. Mutlaq o’tkazuvchanlik asosan laboratoriya usullari yordamida aniqlanadi. Uning qiymati quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:
K = Q , S P
bunda Q - suyuqlik sarfi; -suyuqlikning qovushqoqligi; S - siljish yuzasi; - tsilindrsimon namuna balandligi; P - namunaning yuqori va pastki qismlaridagi bosim farqi.
Agar jinslar bir vaqtning o’zida turli suyuqliklar va gazlar bilan to’yingan bo’lsa, ularning o’tkazuvchanligi suyuqliklar xususiyatiga va ularning jinsdagi miqdoriga bog’liq bo’ladi. Suyuqliklar har xil qovushqoqlikka ega bo’lsa, qovushqoqligi eng kami harakatchan bo’ladi, agar ularning qovushqoqligi bir xil bo’lsada, miqdori har xil bo’lsa, miqdori ko’pi harakatchan bo’ladi.
Geologik razvedka ishlarining izlov bosqichida tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini o’rganishda mutlaq o’tkazuvchanlikdan foydalaniladi.
Foydali yoki fazali o’tkazuvchanlik deganda g’ovakli muhit o’tkazuvchanligi tushuniladi, bunda tog’ jinsi g’ovaklarida siljiyotgan suyuqlikdan tashqari bir-biri bilan aralashmaydigan boshqa suyuqliklar ham qatnashadi. Foydali o’tkazuvchanlik miqdori ma’lum qovushqoqlikka ega bo’lgan, berilgan bosim gradienti ta’sirida tog’ jinslarining ma’lum ko’ndalang kesimi yuzasidan siljiyotgan suyuqlikning hajmiy sarfiga teng.
Bu miqdor tog’ jinslarining fizik xususiyatlari bilan bir qatorda ularning g’ovak bo’shliqlarini to’ldirib turgan suyuqlik va gazlarning xususiyatlari va foiz nisbatiga ham bog’liq. Jinslarning foydali o’tkazuvchanligi miqdori mutlaq o’tkazuvchanlik qiymatidan kam bo’lib, jinslarning neft, gaz va suvga to’yinish miqdoriga bog’liq. Foydali o’tkazuvchanlik qiymati yordamida nisbiy o’tkazuvchanlik hisoblanadi, u o’z navbatida neft beraolish jarayonini gidrodinamik yo’l bilan aniqlashda zarur. Foydali o’tkazuvchanlik laboratoriya usullari bilan aniqlanadi.
Nisbiy o’tkazuvchanlik qiymati tog’ jinslari foydali (fazali) o’tkazuvchanligining mutlaq o’tkazuvchanligiga nisbati orqali hisoblanadi. Eksperiment tadqiqotlari orqali kerosin (Kk) va suvga (Ks) to’yingan g’ovakli muhitning nisbiy o’tkazuvchanlik egri chizig’ining shakli 6.3-rasmda berilgan. Unda jinslarning kerosinga to’yinganligidagi nisbiy o’tkazuvchanlik qiymatining qatlamning suvga to’yinganligi oshganda keskin kamayishi ifodalangan. Suvga to’yinganlik miqdori 50% gacha ortganda kerosin uchun nisbiy o’tkazuvchanlik (g’ovakli muhit faqat kerosin bilan to’yinganda) 20% ga, ya’ni 5 marotaba kamayadi. Suvga to’yinganlik 80% gacha ortganda kerosin uchun nolgacha pasayadi, bunday g’ovakli muhitda faqat toza suv filtratsiyasi kuzatiladi.
Suvning nisbiy o’tkazuvchanligining o’zgarishi teskari yo’nalishda sodir bo’ladi. Agar jins suvga kam to’yingan bo’lsa, g’ovakli muhit orqali faqat kerosin harakatlanadi. Suvga to’yinganlik 50% ga etganda jinsning suv o’tkazuvchanligi 12% ga etadi, suvga to’yinganlik 80% ga etganda esa nisbiy o’tkazuvchanlik 50% gacha ortadi.
D emak, jinslarda murakkab tarkibli suyuqliklar harakatlanganda foydali va nisbiy o’tkazuvchanlik miqdori doimo mutlaq(umumiy) o’tkazuvchanliknikidan kam bo’ladi. Foydali va u bilan birga nisbiy o’tkazuvchanliklar miqdori uyumni ishlatish jarayonida uzluksiz o’zgarib turadi. Uyumni ishlatish boshlanganda, ya’ni g’ovaklarda faqat toza neft harakatlanganda jinsning foydali o’tkazuvchanligi yuqori, qiymati mutlaq o’tkazuvchanlikka yaqin bo’ladi. Keyinchalik qatlam bosimi kritik bosimga nisbatan kamayib, gazning pufakchalar ko’rinishida ajralib chiqishi boshlanganda jinslarning foydali o’tkazuvchanligi neft uchun kamayadi. Suv namoyonlanishi bilan foydali o’tkazuvchanlik neft uchun yanada pasayadi. Kollektorning o’tkazuvchanligi qanchalik past bo’lsa, qatlamda shuncha ko’p neft qoladi, ya’ni neft zaxiralaridan foydalanishning yakuniy koeffisienti ham juda kichik bo’ladi.
|
| |