|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 67/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Uchburchaklar usuli bilan struktura xaritasini tuzishda shartli belgilar yordamida planga tushirilgan quduqlar to’g’ri chiziqlar bilan tutashtiriladi, natijada uchburchaklar sistemasi hosil bo’ladi. So’ngra uchburchaklar balandliklararo (quduq nuqtalari) tanlangan qatlam ustki qismining (kamdan-kam tubi) yotgan chuqurligining belgisi bo’yicha interpolyatsiya qilinadi va bir xil balandlik nuqtalarini o’zaro tutashtirib, tanlangan qatlam kesimi bo’yicha struktura xaritasi tuziladi. Uchburchaklar sistemasini tuzishda jinslarning regional yo’nalishi to’g’risidagi ma’lumotlarga amal qilinadi. Uchburchaklarning cho’ziq tomoni qatlam yo’nalishiga taxminan parallel o’tkaziladi va bunda burma o’qiga ko’ndalang joylashgan quduqlar oralig’i interpolyatsiya qilinmaydi. Buning uchun qatlamning quduqlardagi chuqurlik belgisi tahlil qilinadi. Bular burma o’qiga taxminan simmetrik bo’ladi.
Faraz qilaylik, kon maydonida xarakterli gorizontning ustki qismi 15-quduqda ochilgan bo’lsin. Bunday sharoitda qatlamning dengiz sathiga tenglashtirilgan ustki qismini hisoblash uchun quyidagi jadval (5.1-jadval) tuziladi.
5.1-jadval
Quduqning
tartib raqami
|
Quduq og’zining dengiz sathidan balandligi, m
|
Quduq og’zidan chuqurligi, m
|
Keltirilgan chuqurlik, m
|
1
|
35
|
628
|
593
|
2
|
41
|
643
|
602
|
3
|
47
|
638
|
591
|
4
|
38
|
651
|
613
|
5
|
40
|
657
|
617
|
6
|
34
|
646
|
612
|
7
|
43
|
667
|
624
|
8
|
40
|
665
|
625
|
9
|
51
|
673
|
622
|
10
|
48
|
652
|
604
|
11
|
64
|
695
|
631
|
12
|
57
|
677
|
620
|
13
|
37
|
661
|
624
|
14
|
49
|
675
|
626
|
15
|
42
|
667
|
625
|
K eltirilgan chuqurliklarning hisoblab chiqilgan miqdori ularga mos kelgan quduqlarning joylashgan planiga yozib qo’yiladi (5.15-rasm). Tanlangan gorizont ustki qismining joylashgan mutlaq chuqurligi belgisini tahlil qilsak, burmaning o’qini 15, 1, 3, 10, 8-quduqlardan o’tganini ko’ramiz. Quduqlarning
5.15-rasm. Ush burshak usuli bilan
struktura xaritasini tuzish. Kasrning suratida quduqlar soni, kasrning maxrajida quduqlarning mutlaq balandligi
ifodalangan (M.A.Jdanov, 1981)
|
nuqtasini to’g’ri chiziqlar bilan tutashtirib, uchburchaklar hosil qilamiz. Uchburchakning uzun tomoni ko’rsatilgan o’qqa taxminan parallel bo’lishi kerak. Agar qo’shni quduqlar
|
bo’yicha uchburchaklar hosil qilinsa,
uning eng yuqori qismida o’tmas burchak yuzaga keladi (9, 4, 8-quduqlarni birlashtirishda), u holda uning uzun tomonini o’tkazmaslik kerak, chunki uning chekkalaridagi (9 va 8-quduq) nuqtalar oralig’ida joylashgan chuqurlikni interpolyatsiya qilinganda, u aslida shu uchburchakning qisqa tomonlari bo’yicha qilingan interpolyatsiyani takrorlaydi (9 va 4 hamda 4 va 8-quduqlar oralig’ida).
Keyinroq izogips kesimi tanlanadi (keltirilgan misolda 10 m) va shunga mos kelgan quduqlar orasidagi keltirilgan chuqurliklar interpolyatsiya qilinadi. Bunda izogips belgilari tanlangan kesimga karrali bo’lishi kerak (600, 610 va 620 m). Bir xil belgilar tekis chiziq (izogips)lar orqali tutashtiriladi. SHu yo’l bilan struktura xaritasi tuziladi (5.15-rasmda uchburchaklar usuli bilan braxiantiklinal burma xaritasini tuzish ifodalangan).
S truktura xaritasini tuzishda quduqlar oralig’ini interpolyatsiya qilish ko’p mehnat talab etadi. Buni osonlashtirish uchun bir qator parallel chiziqlardan iborat bo’lgan masshtabli to’rdan (balandlik arfasidan) foydalaniladi (5.16-rasm).
|
| |