-rasm. Qiya yo’nalgan quduqlarni qo’llashga misollar sxemasi




Download 11,69 Mb.
bet65/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.13-rasm. Qiya yo’nalgan quduqlarni qo’llashga misollar sxemasi (A.G.Kalinin va b., 1990): 1 – dengizda burg’ilash; 2 – dengiz ostidagi neft konini qirg’oqdan burg’ilash; 3 – quduqni tashlama-uzilma (uzilishlar) zonasidan neftli ushastkaga qiya yo’naltirish; 4 – burg’ilash qurilmasini o’rnatib bo’lmaydigan maydon ustidagi mahsuldor qatlamga qiya burg’ilash; 5 – monoklinal yotgan neft qatlamlarini burg’ilash; 6 – oshiq favvora va yong’inni bartaraf qilish ushun ikkinshi darajali qiya quduq burg’ilash; 7 – quduqda falokat bo’lganda quduq devori yonboshidan burg’ilash; 8 – tuzli qubba yuvilayotgan joyidan qiya quduq burg’ilash; N – neft; S – suv, G – gaz, T – tuz
Qiyshaytirgich sifatida burg’ilash quvurlari birikmasi ustiga o’rnatilgan egilgan quvur, egilgan yo’naltirgich, ekstsentrik (umumiy markazga ega bo’lmagan) nippel va R-1 turidagi vositalardan foydalaniladi. Egilgan quvur diametri 145 yoki 168 mm li burg’ilash quvurlaridan tayyorlanadi. Egilgan burchagi 3-50, egilgan joyi quvurning tagidan 1,5 m masofada bo’ladi. Egilgan quvur quduqni qiyshaytirish uchun ishlatiladi. Egilish har 100 m chuqurlikda 30dan bo’lib, quduqning butun chuqurligi uchun 200dan oshmasligi kerak. Bunday cheklash egilgan quvurlar mustahkamligi yuqori emasligi bilan bog’liq.
Egilgan yo’naltirgich etarli darajada mustahkam va burg’ilash quvurlari birikmasidan tushayotgan og’irlikka bog’liq bo’lmaganligi bois undan burg’ilash ishlarida osongina qo’llaniladi. Yo’naltirgichning eng mos egilgani 1-20, uzunligi 0,3 dan 0,8 m.gacha. Bunday yo’naltirgichlar quduqni bir tomonga 450 gacha, har 100 m da esa 50 gacha qiyshaytirish imkonini beradi. Ekstsentrik nippel valli turbobur mustahkam bo’lib, quduqni bir tomonga 450 gacha qiyshaytirishda hamda qiyshaytirish sur’ati har 100 m da 50 dan katta bo’lgan, jami 900 gacha qiyshaytiriladigan quduqlarni burg’ilashda qo’llaniladi.
So’nggi paytda burg’ilashda R-1 turidagi qiyshaytirgichdan keng foydalanilmoqda, qiyshaytirish jarayoni og’irlashtirilgan burg’ilash quvurlari o’qiga nisbatan burchak ostida burama kertik (rezba) kesib amalga oshiriladi. Qiyshayish burchagi doimiy bo’lib, burg’ilash rejimi parametrlariga bog’liq bo’lmagan holda 900 gacha qiyshaytiriladigan quduqlarda qo’llaniladi. SHuningdek, yuqorida zikr etilganlardan tashqari, quduq tubi dvigatellari  sektsiyali turboburlar va elektroburlardan keng foydalanilmoqda. Sektsiyali turboburlarda qiyshayish sektsiyalar o’qining bir-biriga tomon bukilishi hisobiga yuz beradi. Sektsiyalar korpusi bir-biri bilan 1,5-20li burchak ostida egilgan yo’naltirgichlar yordamida, sektsiyalar o’qi esa mufta bilan biriktiriladi.
Quduqlarning sun’iy og’ishida qiyshaytirgich uskunalarini moslash muhim rol o’ynaydi. Buning uchun bir necha usul va asboblardan foydalaniladi. Ayniqsa, magnitli yo’naltirgich va inklinometr yaxshi natija beradi. Bunda quduqning qiyshayadigan yuzasiga doimiy magnit o’rnatiladi, u inklinometrning magnit milini og’ish burchagi tomonga yo’naltirib turadi. Yo’naltirish quyidagi tartibda bo’ladi: 1) burg’ilash quvurlari inklinometr bilan bir tekisda quduqqa tushiriladi, magnitni yo’naltirgich cheklagichiga taqib qo’yiladi; 2) qiyshayish tekisligining holati va gorizont tomonlariga nisbatan qiyshayish yo’nalishi aniqlanadi. O’lchov uch marotaba qaytariladi. Har o’lchamdan avval inklinometr 10-20 m yuqoriga qaytariladi va yana o’z joyiga tushiriladi; 3) rotor bilan burg’ilash quvurlari birikmasi zarur bo’lgan burchak tomon buriladi, inklinometr bilan yo’naltiruvchi qurilmaning to’g’ri o’rnatilganligi tekshiriladi.
Botqoqlik joylarda qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilashda ko’p tanali (stvolli) burg’ilash metodini qo’llash yuqori samara beradi. Bir joydan turib turli tomonlarga qaratib bir-biriga yaqin masofada burg’ilangan quduqlar guruhi kust deb ataladi. SHuningdek bir quduq tanasidan shoxlatib ham quduqlar qaziladi va ular ko’p tanali quduqlar deyiladi. Ko’p tanali qiya burg’ilash zaruriyatga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: texnikimorat va inshootlar ostida yotgan konlarni burg’ilashda; texnologik – tabiiy qiyalangan quduqlar ta’sirida konni ishlatish turini buzilishdan asrash uchun burg’ilashda; geologik – ko’p qatlamli uyumlarni burg’ilashda; orografik – suv va inshootlar, kuchli tabaqalangan relefli joylar ostida joylashgan neft va gaz konlarini burg’ilashda, dengizga o’rnatilgan estakadalardan turib quduqlarni mahsuldor gorizontlarga yo’naltirish uchun burg’ilashda va h.k.
Ko’p tanali qiya burg’ilashning quyidagi turlari mavjud: ikki tanali ketma-ket burg’ilangan; uch va to’rt tanali burg’ilangan quduqlar. Quduq kustlarining shakli konus ko’rinishiga yaqin bo’ladi, ularning o’lchami konlarni ishlatish turiga mos keladi. Ko’p tanali qiya yo’nalgan quduqlar G’arbiy Sibirdagi botqoqlik joylarda burg’ilashda qo’l kelmoqda.
Yo’nalma-qiyshaygan quduqlarni burg’ilashda vertikal quduqlardagiga o’xshash geologik kuzatuvlar olib boriladi. Bunda faqat geologik kuzatuvlardan tashqari qo’shimcha quduqlarning og’ishi inklinometr yordamida nazorat qilib turiladi. CHunki inklinometr orqali bir vaqtning o’zida faqat og’ish burchagini emas, balki qiyshayish azimuti ham nazorat qilinadi. Bu esa o’z navbatida bajariladigan ishlarni ancha engillashtirib, vaqtni tejash imkonini beradi. Quduqdan foydalanishni nazarda tutgan holda hamda quduq tanasining eng qulayini, ya’ni kesma shakliga mosini tanlash muhim omillardan hisoblanadi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Qiya yo’nalgan quduqlarni qo’llashga misollar sxemasi

Download 11,69 Mb.