• 5.9-rasm. Quduqning qiyshayishi
  • rasm. Quduqning joylashgan joyining mutlaq balandligi bilan kesmaning mutlaq balandligi orasidagi farqiga tuzatish kiritish sxemasi




    Download 11,69 Mb.
    bet62/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    5.8 rasm. Quduqning joylashgan joyining mutlaq balandligi bilan kesmaning mutlaq balandligi orasidagi farqiga tuzatish kiritish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981)

    OPR uchburchagidan RP=OP sos bo’lgani uchun tuzatishning oxirgi qiymati х  OP cosα tgβ nuqtaga tushirishda quduq
    og’zining mutlaq balandligidagidan ayrib tashlash kerak, chunki quduq hisoblab chiqilgan tuzatishga ko’ra qatlamning enkayishi bo’yicha pastga joylashtiriladi.
    Shuni nazarda tutish zarurki, kesma chizig’iga tushirilmagan quduqlardan foydalanib tuzilgan kesma ushbu yo’nalish bo’yicha kesimning o’zgarish qonuniyatlarini aniqlab beraolmaydi.

    5.3.2. Geologik kesma tuzishda quduqning qiyshayishini hisobga olish


    Quduqning qiyshayishi deganda vertikal yoki qiya yo’nalgan quduqlarning loyihada ko’rsatilgan holatidan og’ishi tushuniladi. Ma’lum bir nuqtada qazilayotgan quduqning vertikaldan og’ishi deb, uning yo’nalishini yer yuzasi tomonlari (sharq, g’arb, shimol, janub)ga nisbatan qiyshayib ketishi tushuniladi. U og’ish burchagi (zenit burchagi ) va og’ish azimuti (quduq azimuti ) bilan tavsiflanadi. Og’ish burchagi 900   bilan aniqlanadi va quduqning qiyshayish burchagi deb yuritiladi va
     bilan belgilanadi. Og’ish burchagi  quduq tanasi o’qining gorizontal tekislikka nisbatan og’ganini bildiradi. Og’ish azimuti loyihada ko’rsatilgan yo’nalish va quduq tanasining o’lchangan nuqtasidagi o’qining gorizontal tekislikka proektsiyasi orasidagi burchak orqali belgilanadi. Og’ish azimuti haqiqiy, magnitli yoki shartli bo’lishi mumkin.
    Quduqlar quyidagi sabablarga ko’ra qiyshayishi mumkin:
    1) vertikal yo’nalishda burg’ilanayotgan quduqlarning og’ishi quduq tubi maydonining turli yo’nalishlarda notekis etishi natijasida yuz beradi. Qiya yo’nalgan quduqlarning qiyshayishiga esa quduq tubi maydoni aylanasi va devorlari bo’ylab notekis joylanishi sabab bo’ladi; 2) quduq tubidagi jinslarning ma’lum bir geologik va texnologik sharoitlarda notekis maydalanishi; 3) qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilashda burg’ilash uskunasining og’irligi ta’sirida quduq devorlarining notekis buzilishi; 4) burg’ilash uskunasining tag qismi o’qining quduq o’qiga mos kelmasligi; 5) vertikal yo’nalgan quduqlarning qiyshayishiga ta’sir etadigan geologik sharoitlar; 6) texnik sharoitlar va h.k. ham quduqlarning qiyshayishiga sabab bo’ladi.

    Quduqlarning qiyshayish sabablarini aniqlash konda ishlayotgan geologning vazifasi hisoblanadi. Chunki geologik kesma qiyshayib ketgan quduqlardan foydalanib chizilsa, noto’g’ri tayyorlanadi. Agar qatlamlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyshayishi
    sodir bo’lsa, quduq qatlamning ustki 5.9-rasm. Quduqning qiyshayishi qismini D nuqtada (5.9-rasm,a) uchratadi. inobatga olinmagan holda qatlam D nuqtadagi quduqning qiyshayib ustining mutlaq balandliklaridagi ketganligi hisobga olinmasligi oqibatida xatoliklar sxemasi (M.A.Jdanov) quduqning kam chuqurligini ifodalaydigan D nuqta D1 nuqtaga tegishli bo’lib qoladi, bu esa o’z navbatida kesmaning noto’g’ri tuzilishiga sabab bo’ladi. Quduq qatlamning pastga qarab og’ishi bo’yicha qiyshaygan bo’lsa (5.9-rasm,b), u qatlamning ustki qismini ancha pastda - E nuqtada uchratadi. Bu K nuqtaga tegishli bo’lib, aslida mavjud bo’lmagan strukturaviy muldani kesmada ifodalanishiga olib keladi, chunki qatlam ustki qismining asl holati (vertikal quduqda) F nuqtaga to’g’ri keladi.
    Geologik kesma tuzishda quduqning qiyshayganligini o’rganadigan metodni ko’rib chiqamiz. Aytaylik, quduqning qiyshayish paytida uning chetga burilish burchagi va enkayish burchagining azimut qiymati o’zgaruvchan bo’lsin. Bunday paytda quduqning qiyshayishini hisobga olishda, eng avval uning qiyshaygan holatini bir tekislikka tushirish lozim bo’ladi. 5.10-rasm,a da inklinogramma berilgan, ya’ni quduq o’qining proektsiyasi gorizontal tekislikka tushirilgan. Quduqning og’zi A nuqtada, tubining oxirgi holati esa V nuqtada tasvirlangan. Quduqning qiyshayishini bir  AV tekislikda (soxta) ifodalash uchun ularning ayrim qiyshayish tekisliklarini bir tekislikka joylashtiramiz (5.10-rasm,b). 5.10-rasm,b dan ma’lum bo’lishicha, quduqning qiyshaygan tanasini vertikal tashkil etuvchisi V1V1 hisoblanadi va u х ga teng.
    х qiymatini analitik usulda hisoblaymiz:
    х  х1  х2  х3  АКсtg α1 KLctg α2 LB1ctg α3. (5.4)
    xning qiymatini bilgan holda quduqning qiyshayish burchagi n ni bir tekislikka keltiramiz va quyidagi bog’lanish orqali hisoblaymiz:
    AB (5.5)
    tg αн  x
    AV tekislikda (soxta qiyshayish tekisligi) qiyshayish burchagini aniqlab, shu tekislikda quduqning uzunligi AV1 (5.10-rasm,v)ni hisoblab chiqamiz.


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Quduqning joylashgan joyining mutlaq balandligi bilan kesmaning mutlaq balandligi orasidagi farqiga tuzatish kiritish sxemasi

    Download 11,69 Mb.