-rasm. Quduqlar bo’yisha tuzilgan geologik kesma




Download 11,69 Mb.
bet60/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

5.6-rasm. Quduqlar bo’yisha tuzilgan geologik kesma: 1 – qum; 2 – dolomit; 3 – gil; 4 – mergel; 5 – neftli kum; 6 – gips; 7 – bitumli slanets; 8 – ohaktosh; 9 – gilli qum; 10 – suvli qum; 11 – zishlashgan gili qumtosh; 12 – gilli slanets; 13 – quduq og’zi; 14 – buzilish yuzasining kesma tekisligi bilan kesishgan shizig’i.
5.6-rasmda ifodalangan quduqlar kesimlarini taqqoslashda va jinslarning yotishidagi ketma-ketlikka nazar tashlasak, 2 va 3-quduqda jinslarni mo’’tadil ketmaket yotishining buzilganligi ko’zga yaqqol tashlanadi. 2-quduq kesimidan suvli qum, dolomit va gil qatlamlari tushib qolgan. Faqat shu quduqning kesimida bevosita ohaktosh qatlami ostida bitumli slanets qatlami uchraydi. Xulosa qilib aytish lozimki, 2-quduqdagi nome’yorlik nuqtasi 50 m chuqurlikdagi ohaktosh va bitumli slanetsning tutashgan joyiga to’g’ri keladi.
3-quduqda qalinligi qisqargan bitumli slanets qatlamining bevosita mergel qatlamning ustida joylashgani nome’yorlik borligini bildiradi. Mazkur quduqning kesimidan gilli slanets va neftli qum qatlamlari tushib qolganini aniq ko’rish mumkin. Binobarin 3-quduqning 600 m chuqurligida bitumli slanets va mergel qatlamlari oralig’ida nome’yorlik mavjud. Bunday sharoitda nome’yorlik nuqtalarini birlashtiruvchi chiziq buzilish sirtining (bu holda sbros) kesma tekisligi bilan kesishgan izidan iborat bo’ladi.
Mahsuldor gorizontlarning geologik tuzilishini mukammal o’rganish borasida kesmalar tuziladi. Kesmaning vertikal masshtabi shunday tanlanishi kerakki, unda mahsuldor qatlamlarni alohida qatchalarga bo’linishini va ularning kesma chizig’i yo’nalishi bo’yicha fatsial o’rin almashinishini ko’rsatish mumkin bo’lsin.
Jinslarning fatsial o’zgaruvchanligini o’rganishda quduqlar bo’yicha mukammal geologik kesma, konning ayrim uchastkalarining tektonik tuzilishini aniqlash maqsadida sxematik kesma tuziladi. Bunda faqat svitalarning ustki qismi va belgili gorizontlari o’z aksini topadi.
Geologik kesma tuzishda unda sodir bo’lgan xatoliklarga ahamiyat berish kerak. Bunday xatoliklar kesma yo’nalishiga quduqlar o’rni nuqtalarining noto’g’ri tushirilishidan va quduq tanasining qiyshayishidan paydo bo’ladi. SHu boisdan geologik kesma tuzishda unda paydo bo’ladigan xatoliklarning oldini olish uchun quduq o’rnining ko’chirilishini (kesma chizig’iga tushmagan), shuningdek, quduq tanasining qiyshayishini inobatga olib tuzatishlar kiritish kerak.

Download 11,69 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Quduqlar bo’yisha tuzilgan geologik kesma

Download 11,69 Mb.