• I. TAVSIYALAR VA USLUBIY KO’RSATMALAR : I. AutoCAD tizimini ishga tushirish.
  • II. Foydalanish interfeysi stoli AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi
  • Вставка
  • Рисовать
  • Amaliy mashg’ulot№




    Download 343 Kb.
    bet1/4
    Sana22.01.2024
    Hajmi343 Kb.
    #143059
      1   2   3   4
    Bog'liq
    AMALIY MASHG\'ULOT


    AMALIY MASHG’ULOT№
    Mavzu: AutoCAD 2004 tizimi bilan tanishish


    Ishning maqsadi:
    1. AutoCAD tizimi ishi bilan tanishish;
    2. Menyu tarkibini o’rganish va interfeys bilan ishlash tartibi bilan tanishish;
    3. AutoCAD tizimini boshqarishning asosiy prinsiplari bilan tanishish;
    4. Sodda chizmalar yaratish ko’nikmasini hosil qilish.


    I. TAVSIYALAR VA USLUBIY KO’RSATMALAR:


    I. AutoCAD tizimini ishga tushirish.
    AutoCAD 2004 tizimini ishga tushirishning standart usulida quyidagi amallar ketma – ket bajariladi:

    1. Start (Пуск) tugmasi bosiladi (1.1-rasm).

    2. All Programs (Programmi) bo’limiga kiriladi.
    3. Autodesk bo’limiga kiriladi.
    4. AutoCAD 2004 dasturi tanlanadi.


    AutoCAD 2004 tizimini yorliq yordamida ham ishga tushirish mumkin. Buning uchun Rabochiy stol menyusidagi AutoCAD 2004 tizimi yorlig’i ustida “Sichqon”cha chap tugmasi ikki marotaba tez-tez bosib yuklanadi. Natijada AutoCAD 2004 dasturning grafik interfeysi (1.2-rasm) namoyon bo’ladi.



    1.2-rasm. Dasturning bosh oynasi ya’ni loyihalash muhiti.


    Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:


    1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha;


    2. Asosiy menyu;
    3. Asboblarning standart paneli;
    4. “Ob’yektning xususiyati” paneli;
    5. “Chizish” paneli;
    6. “O’zgartirish” paneli;
    7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri);
    8. Holatlar satri;
    9. Asosiy ishchi maydon;
    10.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati.

    AutoCAD 2004 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 1.2-rasmdagidan farq qilishi mumkin.




    II. Foydalanish interfeysi stoli
    AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi:
    AutoCAD 2004 tizimi interfeysining birinchi satrida [ ] sarlavha chiqariladi, bu yerda ‘Drawing1’ muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi, ‘.dwg’ esa fayl kengaytmasidir.
    AutoCAD 2004 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri joylashgan (1.3-rasm) u quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:

    1.3-rasm.


    1.“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi;


    2.“Редактировать” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi;
    3.“Вид” – Ekran ko’rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o’rnatadi;
    4.“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo’yishni ta’minlash;
    5.“Формат” – rang va chiziq turlari, matn holatini va o’lchamini boshaqarish, o’lchamlar birligini o’rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar menyusi;
    6.“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko’rsatgichini o’rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
    7.“Рисовать” – turli shakllar chizish va hajmini o’zgartirish kabi buyruqlarni bajaradi;
    8.“Размер” – o’lcham ko’rsatgichlarini boshqarish va ularni qo’yish buyruqlari ochiladi;
    9.“Изменить” – chizma elementlarini o’zgartirish – chizmani va undagi yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi;
    10.“Express” – servis xizmati ko’satish;
    11.“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo’lgan axborotlarni fayldan faylga o’tib ularni ochadi;
    12.“Справка” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to’liq ma’lumot berilgan.

    Download 343 Kb.
      1   2   3   4




    Download 343 Kb.