|
Ko‘rinishi bilan tanishish
|
bet | 1/13 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #250683 |
Bog'liq Maple dasturida turli xil matematik masalalarniyechish
1.5. MAPLE AMALIY DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI
Reja:
Maple amaliy dasturi va uning imkoniyatlari.
Maple dasturining umumiy ko‘rinishi bilan tanishish.
Maple dasturida uskunalari bilan ishlash.
Tayanch tushunchalar: Maple, WYSIWYG interfeysi, Quick Sheets, OLE (Object Linking and Embedding - ob’ektlar aloqasi), Interfeysning ikki o‘lchovli grafik tizimi, Interfeysning uch o‘lchovli grafik tizimi.
Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili Kanadaning Waterloo universiteti mutaxassislari Keyt Ged va Gaton Gone tomonidan katta EHMlar uchun yaratilgan. 2000 yil dekabr oyining oxirida esa Maple 6 tizimi yana shu Kanadaning Waterloo universitetida yaratildi. 2004 yil 7 aprelda esa Maple 9.5 tizimi yana shu Kanadaning Waterloo universitetida yaratildi. Bu tizim iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muxandislik va h.k. yo`nalishdagi masalalarni yechishda matematikaning analitik hamda sonli usullarini qo`llashni amalga oshiradi. Shuning uchun hozirgi kunda ham Maple 6, Maple 7, Maple 8, Maple 9.5 tizimlaridan keng foydalanib kelinmoqda.
Maple - dasturiy vosita, kompyuterda xilma-xil matematik va texnik hisob- kitoblarni bajarish muhiti bo‘lib, foydalanuvchiga formulalar, sonlar, grafiklar va matnlar bilan ishlash imkoniyatlarini taqdim etadi va u o‘zlashtirilishi oson grafik interfeys bilan ta’minlangan.
Maple muhitida turli murakkablikdagi texnik muammolarni (son va simvolli) hal qilishga mo‘ljallangan 100 dan ortiq operator va mantiqiy funktsiyalari mavjud.
Maple quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
matematik funktsiyalar kutubxonasi; turli tipdagi grafiklar ko‘rish uskunalari;
matnli izohlar va hisobotlarni rasmiylashtirish vositalari;
paketning standart uskunalari yordamida yechish mumkin bo‘lmagan yoki juda murakkab bo‘lgan vazifalarni hal etish uchun dasturlar yozish imkoniyatini beradigan dasturlash tillari, dastur tuzulishiga o‘xshash konstruktsiyalar;
ma’lumot olish va tezkor taqdim etish uchun qulay interfaol tizimi;
boshqa Windows ilovalarbilan OLE (Object Linking and Embedding – ob’ektlarni joriy etish va bog‘lash) mexanizmlari orqali ma’lumotlar almashish vositalari;
tayyor ishchi hujjatlarni elektron pochta yoki Internet orqali ekranda taqdim etilgan holatida yuborish.
Bu turdagi dasturiy vositalarni universal matematik paketlar, tizimlar yoki vositalar deb yuritiladi.
Mapleni loyihalash chog‘ida muxandislik hisob-kitoblarini olib borish uchun kuchli, nozik va sodda qo‘llanilishga ega bo‘lgan vosita yaratish maqsadi qo‘yilgan. Bu maqsadlarga erishish uchun unda quyidagi kelishuvlar qabul qilingan: matematik adabiyotlar uchun an’anaviy bo‘lgan funktsiya va ifodalarni yozish usulidan foydalaniladi;
foydalanuvchiga WYSIWYG interfeysi taqdim etiladi (yashirin axborot mavjud emas - barchasi ekranda ko‘rsatiladi, chop etilgan hujjat qog‘ozda xuddi ekrandagidek ko‘rinishda bo‘ladi);
ishni osonlashtirish uchun uskunalar paneli mavjud;
grafiklar ko‘rish, integrallarni hisoblash, qator yig‘indisini hisoblash va boshqa murakkab ishlar ishchi hujjatda belgilangan holatlarni to‘ldirish bilan bajariladi;
muhit taqdim etgan imkoniyatlar, foydalanuvchining ehtiyojlariga mosholda imkoniyatlar ochib beriladi, masalan, foydalanuvchimatritsalar hisobidan foydalanmasa, ularni paketda yuq deb hisoblashimumkin;
hisoblar uchun eng ishonchli standart algoritmlar olingan;
Maplening tobora ko‘p ishlatiladigan protseduralari qulay matn-shpargalkalar to‘plami tarzida rasmiylashtirilgan (QuickSheets), ularning mazmunini ishchi xujjatga «olib o‘tish» oson;
ish mobaynida foydalanuvchiga keng, qulay va mantiqan tashkil etilgan ma’lumotlar tizimi taqdim etiladi va o‘zining sodda interfeysi, gipermatn ko‘rsatmalar va boshqalar bilan ta’minlangan;
«stol» ma’lumotnomasi mavjud, unga ko‘plab formulalar, matematik va fizik o‘zgarmaslar kirgan;
elektron jadval va matn protsessorining tezkor imkoniyatlari taqdim etiladi.
Odatdagi shaklda matematik ifodani yozib, u bilan xilma-xil simvol va sonli matematik ishlarni bajarish, qiymatlarni hisoblash, algebraik o‘zgartirish, tenglamani yechish, funktsiyalarni differentsiallash, jadval tuzish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Maple dasturida quyidagi matematik amallarni yozish va bajarish imkoniyatlari mavjud:
haqiqiy va kompleks sonlar, o‘lchamga ega kattaliklar bilan amallar bajarish;
sonlar, vektorlar va matritsalar bilan ishlovchi operatorlar va mantiqiy funktsiyalar;
mantiqiy ifodalarni yozish uchun mantiqiy operatorlar;
differentsiallash, integrallash, yig‘indini hisoblash operatorlari;
elementar va maxsus funktsiyalar grafiklarini ko‘rish operatorlari;
istalgan simvolli ifodani qayta ishlash;
tenglamalar va simvolli tenglamalar sistemasini yechish;
algebraik o‘zgartirishlar, qavslarni ochish, ko‘paytuvchilarga ajratish va kasrlarni bo‘lish;
teskari matritsani topish va transponirlash;
kiritilgan massiv bloklari bilan 20 ta amal, masivlar o‘lchami va chegarasi uchun 6 ta funktsiya kiritilgan;
matritsalarni bo‘lish;
oddiy differentsial tenglamalar yechish uchun operatorlar mavjud.
Dasturni ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:
|
| |