|
Maple dasturining ikki o‘lchovli grafik imkoniyatlari.
Maple
|
bet | 4/13 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #250683 |
Bog'liq Maple dasturida turli xil matematik masalalarniyechishMaple dasturining ikki o‘lchovli grafik imkoniyatlari.
Maple dasturining uch o‘lchovli grafik imkoniyatlari.
Tenglamalarni echish.Tenglamalar va tengsizliklar tizimini yechish.
Tayanch tushunchalar: evalf , Digits, plot, infinity, point, line, patch, solid, dot, dash, dashdot, Coords, implicitplot,plot3d, contourplot.
Maple dasturida matematik amallar - belgisidan so‘ng chiqadi va natijani ekranga chiqarish kerak bo‘lmasa (;) yoki aksincha (:) bilan tugatiladi. Keyingi satrga yozish uchun Shift+Enter tugmachalari majmuidan foydalaniladi.
Enter tugmasi bosilganda ish bajariladi. Maple dasturining imkoniyatlaridan yana biri shuki, agar satrda xato bo‘lsa, uni avtomatik tarzda keyingi satrga chiqaradi. Misollar ko‘raylik:
>1+2; 3
>12*4/3; 16
>1+3/2; 5/2
>1.125/2; 0.5625000000
>1/0; Error, numeric exception: division by zero.
Maple dasturida butun sonlar muhim ahamiyatga ega, 1+ 3/ 2 = 5/2 emas 2.5. Shuning uchun, javobni kasr sonda olishi ham mumkin. Bu holni evalf funktsiyasi orqali ham amalga oshirish mumkin.
>evalf(1+3/2); 2.500000000
>evalf(113/112); 1.008928571
>evalf(113/112,5); 1.0089
>evalf(113/112,20); 1.0089285714285714286
Shu holatda Maple dasturi javobni nuqtadan to 10-belgigacha aniqlaydi, ammo evalf funktsiyasi ixtiyoriy parametrgacha aniq qiymat olish imkoniyati mavjud. Agar butun aniqlikni ibora uchun o‘zgartirish kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchan Digits ga aniq belgini berish lozim.
>Digits:=25:
evalf(13/7); 1.857142857142857142857143
Matematik amallar uchun oddiy belgilardan tashqari ** yoki ^ –darajaga ko‘tarish; ! – faktorial, := - o‘zlashtirish belgisi <, >, >=, <=, = – mantiqiy amallar; % - oldingi bajarilgan amalning natijasi kabi amal belgilari ishlatiladi.
Agar son bir satrga sig‘masa, sonning uzluksizligini ko‘rsatish uchun, Maple dasturida “-”- belgisidan foydalaniladi. Masalan:
>100!;
9332621544394415268169923885626670049071596826438162146859296-
3895217599993229915608941463976156518286253697920827223758251-
185210916864000000000000000000000000
Maple dasturida asosiy matematik funktsiyalarning nomlanishi:
|
| |