Pusk –> Все программы –> Maple 7 -> Maple 7
1.5.1-rasm. Maple dasturini ishga tushirish.
Maple interfeysi. Barcha Windows dasturlaridagidek, Maple qo‘shimcha interfeys oynasiga ega, buyruqlar satri keyingi harakatga qarab o‘zgaradi (1.5.2-rasm).
1.5.2-rasm. Meple dasturi interfeysi
Ishchi hujjatning interfeysi. Ishchi hujjatning interfeysi ekranda ko‘rsatiladi, agar foydalanuvchi ishchi hujjat bilan ishlamoqchi bo‘lsa, kirish uchun maxsus piktogrammadan foydalanishi mumkin.
Maple dasturida menyular satri sakkizta banddan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:
File – maple tizimidagi fayllar bilan ishlash buyrug‘i;
Edit – ajratilgan bo‘lak bilan ishlash buyrug‘i;
View – ishchi hujjat va boshqaruv panelini o‘zgartirish buyrug‘i;
Insert – ochilgan xujjatga har xil ob’ektlar va matnlar kiritish;
Format - matnni formatlash buyrug‘i;
Tools – uskunalar bilan ishlash buyrug‘i;
Window – tartiblash va ro‘yxatdagi ochilgan ishchi hujjatni yopish buyrug‘i;
Help – dastur haqida ma’lumot olish.
Ishchi hujjatni boshqarishda tez-tez ishlatiladigan buyruqlar uskunalar paneliga kiritilgan. Ularga qisqacha izoh beraylik:
- yangi hujjat yaratish;
- xotiradan hujjatni chaqirish;
- URL ni ochish;
- faylni saqlash;
- chop etish;
- ajratilgan sohani qirqib, buferga olish;
- nusxa olish;
- buferdagi ma’lumotni o‘rnatish;
- buyruqni bekor qilish;
- bekor qilingan buyruqni tiklash;
- Maple buyrug‘ini hujjatning kursor joylashgan bo‘lagiga joylashtirish;
- matnli izohlarni joylashtirish va formatlash;
- bajariladigan buyruqlar guruhini joylashtirish;
- ajratilganni qismda yaratish;
- oldingi harakatga qarama - qarshi harakat;
- gipermurojaat bilan ishlashda bir qadam orqaga;
- gipermurojat bilan ishlashda bir qadam oldinga;
- hisoblashni to‘xtatish;
- masshtabni (100%, 150 % va 200 %) o‘zgartirish;
- alohida belgilarni ko‘rsatish-berkitish;
- faol oyna hajmini kattalashtirish;
- ichki xotirani tozalash;
- buyruqlar satrini matematik holatdan Maplega o‘tkazish va aksincha;
- amalni bajarish yoki aksi;
- sintaksis amalni avtomatik to‘g‘rilash;
- joriy amalni bajarish;
-ishchi hujjatni bajarish.
Interfeys ma’lumotlar tizimi. Maple dasturi kuchli muloqot muhitiga moslashtirilgan.
Ma’lumotlar tizimida ishlashda quyidagi jarayonni ko‘rishimiz mumkin:
1.5.3-rasm. Maple dasturi interfeysining ma’lumotlar tizimi.
Ma’lumotni ma’lum bir mavzu yoki buyruq orqali izlash, shuningdek, keng qamrovli mavjud buyruqlar bajarish mumkin. Aniq buyruq bo‘yicha ma’lumot olish uchun, ishchi hujjatga «?» va buyruq nomini kiritish yoki qiziqtirgan buyruqqa kursorni qo‘yib tugmani bosish lozim bo‘ladi.
Interfeysningikki o‘lchovli grafik tizimi. Tekislikda grafik chizmani bajarish uchun ekranda ikki o‘lchovli interfeys tizimi paydo bo‘ladi. Shunda buyruqlar satri quyidagi menyulardaniborat bo‘ladi:
1.5.4-rasm. Maple dasturi interfeysiningikki o‘lchovli grafik tizimi.
Bu tizimda quyidagilar mavjud:
File –ishchi hujjatning odatdagi interfeys menyusi;
Edit – ishchi hujjatning odatdagi interfeys menyusi;
View – ishchi hujjatning odatdagi interfeys menyusi;
Format – formatlash buyrug‘i;
Style – grafik ko‘rinishini o‘zgartirish;
Legend – fazoni ko‘rsatish va muharrirlash;
Axes – koordinata o‘qini boshqarish;
Projection – ko‘rinish masshtabini belgilash;
Animation – grafikni animatsiyalash;
Export – grafikni har xil ko‘rinishda faylga saqlash;
Window – ishchi hujjatning odatdagi interfeys menyusi;
Help – ishchi hujjatning odatdagi interfeys menyusi.
Ikki o‘lchovli grafikada ko‘proq ishlatiladigan buyruqlar uskunalar paneliga kiritilgan va ularning ta’rifi berilgan.
- kursor koordinatlari;
- chizish usuli;
- koordinata o‘qining ko‘rinishi;
- grafiklarni masshtabini o‘zgartirish.
Ikki o‘lchovli grafikani formatlashda menyular satridan foydalanish mumkin. Ular sichqoncha yordamida amalga oshiriladi.
1.5.5-rasm.Ikki o‘lchovli grafikani formatlashmenyular satri
Interfeysning uch o‘lchovli grafik tizimi. Uch o‘lchovli grafiklarni har qanday holatida ekranda uch o‘lchovli interfeysning grafik tizimi paydo bo‘ladi.
1.5.6-rasm. Maple dasturi interfeysining uch o‘lchovli grafik tizimi.
Oddiy interfeys ishchi hujjatida yozilgan menyular qatorini sanab o‘tamiz:
Style - chizish usulini belgilash;
Color - grafikni rangini belgilash;
Axes - koordinata o‘qining ko‘rinishini boshqarish;
Projection -ko‘rinish masshtabini belgilash;
Animation - grafikni animatsiyalash;
Export -grafikni har xil ko‘rinishda saqlash. Usunalar paneliga quyidagi menyular kiradi:
- ob’ektni ko‘rish yo‘nalishi;
- grafika usuli;
- koordinata o‘qini ko‘rinishi;
- grafikni masshtablash.
Tekshirish uchun savolar:
|