|
№ __ quduqda bajarilgan ishlar haqida sutkalik axborot
|
bet | 53/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi № __ quduqda bajarilgan ishlar haqida sutkalik axborot
Rayon____ kon___
«___» ____200___y. shakl № __
Texnik qism
|
|
|
Quduqni burg’ilash, m
|
Dolotaning ishlashi
|
Gil eritmasi
|
Quvurlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Geologik qism
|
Quduqning qiyshayishi
|
|
Kern
|
Shlam
|
Gaz, neft, suv namoyonlanishi va eritmaning yutilishi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Quduq burg’ilash jarayonini kuzatish va geologik kesimni to’liq o’rganish (laboratoriya tahlili, geofizik tadqiqotlar va sh.k.) asosida kesim to’g’risida har taraflama etarli ma’lumot beraoladigan kernogramma diagrammasini tuzish muhim hisoblanadi. Uning yordamida quduq kesimida neft va gazga mahsuldor gorizontlarni ajratish, ularning suvli va boshqa gorizontlar bilan aloqadorligini aniqlash mumkin bo’ladi. Kernogramma 4.3-jadvalda keltirilgan shakl bo’yicha tuziladi
4.3-jadval Kernogramma
-
|
|
|
Elektr- karotaj
|
|
|
G’ovaklilik, %
|
O’tka-
zuvchanlik, m2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Izoh: Kernogrammada boshqa turdagi tadqiqotlar va kuzatuvlar ma’lumotlari ham berilishi mumkin.
4.7. BURG’ QUDUG’INING GEOLOGIK KESIMINI TUZISH VA TASVIRLASH
Quduqni burg’ilash jarayonida to’plangan geologik kuzatuv natijalari hamda mavjud elektr karotaj, radioaktiv karotaj va boshqa tadqiqotlar majmui ma’lumotlaridan foydalanib, qazilgan jinslar xarakterini aniqlash va quduqning geologik kesimini tuzish mumkin bo’ladi. Quduq kesimini tuzishda ochilgan jinslarning litologik tarkibini aks ettiruvchi shartli belgilardan foydalanib, ularni grafik ko’rinishida ifodalash mumkin. Grafikda jinslar litologiyasidan tashqari mos chuqurliklarda neft, gaz va suvning namoyonlanish belgilari, ag’darilmalar, gil eritmasining yo’qotilishi va boshqa geologik ma’lumotlar ko’rsatiladi. SHuningdek, mustahkamlash quvurlari birikmasini tushirish chuqurligi, ularning diametri, sementni ko’tarilish balandligi va sh.k. qayd qilinadi. SHartli belgilardan foydalanib litologiyani shtrixda, stratigrafiyani turli ranglarda (geologiya xaritasida qabul qilingan) ko’rsatish mumkin.
Quduq kesimi qalin, yaxshi, uzoq muddat foydalanish mumkin bo’lgan qog’ozda 1:500 yoki 1:1000 masshtabda 4.4-jadvalda berilgan shaklda chiziladi.
4.4-jadval
Stra- tigrafiya
|
Chuqurlik,
masshtabda, m
|
Litolo- giya,
shartli belgilarda
|
Jinslar- ning qalinli- gi, m
|
Elektr va radioaktiv karotaj
|
Jinslar tavsifi
|
Quduq kons-
truktsiyasi
|
Neft, gaz, suv namoyonlanishi,
ag’darilmalar va sh.k.
|
Quduqning tuzilgan geologik kesimida svita, gorizont va qatlamlar quyidagi tartibda ajratiladi:
Svitalar stratigrafik belgilarga ko’ra ajratilib, asosan mikrofauna, makrofauna va kuzatuv ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Stratigrafik svitalar ichida litologik belgilariga muvofiq qumtosh, gil, qumgilli, karbonat va boshqa jinslar pachkasi ajratiladi.
Litologik pachka jinslari ichida gazli, neftli va suvli gorizontlar ajratiladi.
5. Gorizontlar ichida gazli, neftli, suvli, belgili va sh.k. qatlamlar ajratiladi.
Asosiy qatlamlar rim raqamlari, ikkinchi darajalilari esa ― arab harflari bilan belgilanadi. Qatlamlarni metodik jihatdan to’g’ri belgilash quduq kesimini baholash va boshqa quduqlar kesimlari bilan taqqoslashni osonlashtiradi.
5-bob.
QUDUQNI BURG’ILASHDAN OLINGAN MATERIALLARNI GEOLOGIK JIHATDAN ISHLASH METODLARI
Quduqni burg’ilashdan olingan materiallar geologik jihatdan ishlanib, konning kesmasi va strukturalar xaritalari tuziladi. Bular konning tuzilishi to’g’risida to’liq tasavvur beradi. SHuningdek, ayrim tog’ jinslari majmuasining o’zaro strukturaviy munosabatini va strukturalarning tarkib topish sharoitlarini o’rganishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari burg’ilangan quduqlar kesimi tadqiq qilinib, tog’ jinslarining quduq kesimi bo’yicha va ayrim gorizontlar bo’ylab fatsial o’zgarishi to’g’risida ma’lumotga ega bo’linadi.
Ayrim gorizontlarning qalinligini, kollektorlik xususiyatlarini, o’zgaruvchanligini, kon bo’yicha taqsimlanishini mukammal o’rganish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun quduqlar bo’yicha tuzilgan kesimlarni taqqoslash lozim. Bu kon geologining vazifasi hisoblanadi.
5.1. BURG’ QUDUQLARI KESIMLARINI TAQQOSLASH (SOLISHTIRISH)
Burg’ quduqlari kesimlarini taqqoslashda neft-gazli tayanch qatlamlar (gorizontlar) ajratiladi, ularning chuqurligi va jinslarning ketma-ket joylashishi aniqlanadi, bir xil tarkibli qatlamlar belgilanib, ularning turli yo’nalishlar bo’yicha qalinligi, litologik tarkibi va fatsial o’zgarishi kuzatib boriladi.
Bir xil nomlangan jins majmualarini, gorizontlarini va qatlamlarni quduq kesimida ajratish, ularni maydon bo’ylab o’zgarishini kuzatish, belgilangan yo’nalish bo’yicha izchilligini, yotish sharoitlarini, qalinligini, tarkibining doimiyligini aniqlash uchun quduq kesimlari taqqoslanadi. Quduq kesimlari biostratigrafik, xronostratigrafik va litostratigrafik (litogenetik) belgilari bo’yicha ham solishtiriladi.
Biostratigrafik belgilarga kesimdagi jinslarni faunali florali tavsiflashdagi tafovutlar mansubdir. Bunday tafovutlar jinslarning hosil bo’lishida bir biotsenozlarning boshqasi bilan asta-sekin almashishi natijasida bunyodga keladi. Biostratigrafik belgilarga qarab taqqoslash makrofaunalar (braxiopodolar, marjonlar va b.) hamda palinologik ma’lumotlar (o’simliklarning spora va gulchangini o’rganish) asosida bajariladi.
Geologik vaqtning ma’lum bir davrlarida hosil bo’lgan xronostratigrafik belgilar yordamida quduq kesimida ayrim intervallar ajratiladi. Bunday belgilarga jinsning fizik-kimyoviy xususiyatlari (aktsessor minerallar miqdori, minerallarning tipiga xos bo’lgan xususiyatlar zarralarning shakli, rangi, ulardagi o’ziga xos qo’shimchalar), jinslar tarkibidagi elementlarning o’zaro geokimyoviy munosabati, quduq kesimlarining elektr va radiometrik diagrammalaridagi egri chiziqlar shakli va b. mansub. Litologik belgilar tog’ jinslarining litologik kollektorlik xususiyatlarining turlitumanligini o’rganishga asoslangan. Bunga sabab quduq kesimida fizik xususiyatlari turlicha bo’lgan qatlamlarning mavjudligidir. Litologik belgilarga jinsning moddiy tarkibi (qumtoshlar, alevrolitlar, gillar, ohaktoshlar va b.), ularning sig’imli va filtratsiya xususiyatlari mansub.
Hal qilinadigan vazifalar bo’yicha regional, umumiy va mukammal taqqoslashlar farqlanadi.
|
| |