|
Asoratlarni bartaraf etish
|
bet | 46/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiAsoratlarni bartaraf etish. Quduqlarni burg’ilash chog’ida turli ko’rinishdagi murakkabliklar yuzaga keladi. Ulardan eng ko’p tarqalganlari: yuvuvchi suyuqlikning yutilishi, neft―, gaz― yoki suv namoyonlanishi, quduq devoridagi jinslarning o’pirilishi, quduqda burg’ilash uskunalarining qisilib qolishi va ularni tortib olish va sh.k. YUvuvchi suyuqlikning yutilishi ko’pincha kovakli, darzli yoki yirik g’ovakli jinslarda qatlam bosimi quduqdagi yuvuvchi suyuqlik ustuni bosimidan kam bo’lganda sodir bo’ladi. YUtilish tezligi ham turlicha ― kuchsiz yutilishdan (qatlam bosimi past, yirik zarrali yoki ingichka darzli jinslarda) falokatli yutilishgacha (yirik kovaklar va keng darzliklar ochilganda) bo’lishi mumkin, bunda yuvuvchi suyuqlikning aylanishi butkul to’xtashi mumkin.
YUvuvchi suyuqlik yutilishining oldini olish uchun konchi-geolog geologiktexnik naryadda oldindan bunday hodisa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan intervalni belgilashi lozim. Bunday zonaning ochilishiga 50-100 m qolganda suv beraolishi juda kam va zichligi past bo’lgan eritma bilan quduqni burg’ilash davom ettiriladi. Agar gil eritmasi jadal yutila boshlasa (150-200 m3/soatdan ko’p), u holda quduqqa ohak-gilli, sement-gilli yoki silikat-gilli eritma haydalib, quduq tubida burg’ilash eritmasining jinsga shimilishiga halaqit beruvchi qovushqoq tiqin hosil qilinadi.
Agarda bunday tadbirlar yordam bermasa, u holda quduq tubi sementlanadi. SHimilish shiddatini pasaytirish uchun gil eritmasiga inert to’ldiruvchilar: tsellofan, tangachasimon slyudalar, qirindi, asbest va boshqalar qo’shiladi. SHimilish shiddati pasaygandan so’ng, u tamponlovchi eritmalar (yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan gips, gelsement va b.) yordamida tugatiladi.
Ayrim hollarda ko’rilgan tadbirlar samara bermasa gil eritmasi yutilayotgan zonani bekitish uchun quduqqa interval mustahkamlash quvurlari birikmasi tushiriladi.
Yuvuvchi suyuqlikka ko’p miqdorda neft va gaz qo’shilishi natijasida uning zichligi kamayadi va gil eritmasi ustunining quduq tubiga nisbatan bosimi pasayadi, natijada quduqda otqin va ochiq favvoralanish yuzaga kelishi mumkin. Bunday hodisaning oldini olish uchun burg’ilash chuqurligi neft-gaz namoyonlanadigan intervallarga yaqinlashganda zichligi yuqori bo’lgan yuvuvchi suyuqliklardan foydalaniladi, quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan oshiriladi. Bundan tashqari gil eritmasi qovushqoqligi past bo’lishi lozim. Burg’ilanayotgan quduq og’zi maxsus otqinga qarshi armatura-preventer bilan jihozlanadi.
Agar oddiy gil eritmasi bilan (zichligi 1,3 g/sm3) quduq tubida kerakli bosimni vujudga keltirib bo’lmasa, unda og’irlashtirilgan yuvuvchi suyuqlikka o’tiladi. Gil eritmasi zichligi unga kukunsimon minerallar yoki yuqori zichlikka ega bo’lgan moddalar (barit, gematit, oltingugurt kolchedani, magnetit qumi, pirit qoldig’i, domna pechi changi va b.) qo’shib oshiriladi.
Og’irlashtirilgan yuvuvchi suyuqlik tayyorlash uchun kimyoviy ishlov berilgan, suv beruvchanligi va qovushqoqligi past gil eritmalaridan foydalaniladi.
Og’irlashtirilgan gil eritmasining zichligi 1,6-1,7 g/sm3 bo’lsa, kimyoviy ishlov berilganlariniki 2,2 g/sm3 ga etadi.
Yuqori zichlikdagi yuvuvchi suyuqlik ishlatilgan quduqlarda kon-geofizik tadqiqotlar o’tkazish qiyin kechadi, shu sababli ulardan zarur hollardagina foydalanish maqsadga muvofiq.
Agar yuqori bosimli suvli qatlam ochilishidan oldin suv namoyonlansa, u vaqtda burg’ilash eritmasining qovushqoqligi va zichligi oshiriladi, quduq og’zining germetikligini ta’minlash uchun preventer o’rnatiladi.
Ko’pincha burg’ilash jarayonini quduqda sodir bo’ladigan o’pirilishlar va to’kilmalar murakkablashtiradi. Quduq devoridagi gil va slanetslar o’pirilib, suvda bo’kadi, hajmi kattalashadi, bir-biriga yopishib, doloto ustida halqa va quduq ichida tiqin hosil qilishi mumkin, natijada burg’ilash uskunasining qisilib qolishi, ayrim vaqtlarda uzilib ketish hollari kuzatiladi. O’pirilishlarning oldini olish maqsadida suv beraolishligi past, zichligi nisbatan yuqori bo’lgan burg’ilash eritmasidan foydalaniladi.
|
| |