• Gidrokimyoviy cho’kindilar
  • «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




    Download 11,69 Mb.
    bet36/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    Bo’r jinsi. Ohaktoshlarning bir turi bo’lib, uning tarkibida ohakli suv o’tlari qoldiqlari (30-40 foiz) va organizmlar skeletining ohakli qoldiqlari (60-70 foiz) uchraydi. Bo’r 5% li xlorid kislotada kuchli «qaynab», undan karbonat gazi ajralib chiqadi. Rangi ko’proq oq, sarg’ish yoki yashil, qo’lga yuqadi. Bo’r fizik va kollektorlik xususiyatlariga ko’ra kuchsiz sementlangan jinslarga ― qum, bo’sh qumtosh va alevrolitlarga yaqin. YUqori g’ovakliligi hamda juda sho’r suvlarga to’yinganligi sababli solishtirma qarshiligi past bo’ladi, nisbiy qarshiligi qiymati 1520 Omm dan oshmaydi. Agar bo’r tarkibida gil aralashmalari uchramasa xuddi yuqori g’ovakli qumtosh kabi uning solishtirma qarshiligi PS egri chizig’ida minimum tomon og’adi.
    Mikrozond diagrammalarida bo’r yotqiziqlari zohiriy qarshiliklarning minimum qiymati bo’yicha musbat orttirmalar hisobiga ajratiladi. Gamma-karotaj diagrammalarida bo’r jinslariga eng past ko’rsatkichlar mos keladi; gilli bo’rlarda esa GK ko’rsatkichlari ortadi.
    Neytron gamma-karotaj diagrammalarida suyuqlik bilan to’yingan bo’r jinslari boshqa yuqori g’ovakli jinslar kabi past qiymatlar bilan tavsiflanadi. Kavernogrammalarda esa bo’r jinslaridagi quduqlar diametrining kichrayishi kuzatiladi, kichrayish quduq devorlariga eritma zardobini singishidan hosil bo’lgan gilli qobiq hisobiga yuzaga keladi.
    Gidrokimyoviy cho’kindilar. Ular eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho’kishidan hosil bo’ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv havzalarida, sho’r suvli buloqlarda kuzatiladi. Gidrokimyoviy tog’ jinslariga toshtuz, gips va angidritlar kiradi. Ularning suvda erishidan g’ovaklar, bo’shliqlar va darzlar hosil bo’ladi. Gips va angidrit bug’lanish kuchli bo’lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo’ltiqlarida tuzlarning cho’kishidan hosil bo’ladi. Ular toshtuz bilan birga yoki alohida qatlamlar holida, ba’zan gil va qumtoshlar orasida uchraydi. Toshtuz jinslari sho’r ko’llar va dengiz qo’ltiqlaridagi yotqiziqlar orasida hosil bo’lib, uning rangi tarkib topish sharoitiga va tarkibidagi turli aralashmalarga qarab oq, sariq, qizil, havorang bo’ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
    Angidrit, gips va toshtuz cho’kindi jinslar ichida eng yuqori qarshilikka ega.
    Gidrokimyoviy cho’kindilarning elektr o’tkazuvchanligi tuz eritmalari yoki gilli ashyo aralashmalari bilan to’lgan darzliklar hisobiga sodir bo’ladi.
    Gidrokimyoviy jinslarning toza xillari juda yuqori qarshilik ko’rsatadi, zohiriy qarshiliklar qiymati asosan quduqni to’ldirib turuvchi eritma va uning diametriga bog’liq holda o’zgaradi. Shunga ko’ra, toshtuz va kaliy tuzlari quduqlarda suv ta’sirida eriydi, natijada quduq diametri kattalashadi, zohiriy qarshilik qiymati esa kamayadi.
    Tabiiy potentsiallar karotaji bo’yicha olingan qiymatlar bunday jinslarda barqaror bo’lolmaydi. PS bo’yicha gidrokimyoviy jinslar tavsifining beqarorligi ularning qarshilik qiymatini nihoyatda yuqoriligidandir. Gidrokimyoviy jinslar qatlamlari elektr zanjiriga ulangan izolyator vazifasini o’taydi. Gidrokimyoviy yotqiziqlar qarshisida qayd qilingan PS egri chizig’i ko’rsatkichlarining o’zgarishi elektrod potentsiallarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, jinslarning litologik tarkibi to’g’risida ma’lumot beraolmaydi. SHunga ko’ra gidrokimyoviy jinslar qarshisida chizilgan PS diagrammasi ko’pincha noaniq to’lqinsimon egri chiziqlardan iborat bo’ladi.
    Mikrozond diagrammalarida gidrokimyoviy yotqiziqlar yuqori zohiriy qarshiliklar namoyon etadi. Suvda erimaydigan angidrit, gips jinslari ichidagi toshtuz qatlami mikrozond diagrammasida past zohiriy qarshilikka ega bo’lgan interval sifatida ajratiladi. Qarshilikning kamligi tuzning suvda eruvchanligi va quduq diametrining kattalashishi bilan bog’liq.
    Cho’kindi jinslar orasida gips, angidrit va toshtuz (galit) juda past radioaktivlikka ega. SHu sababli gamma-karotaj diagrammalarida gidrokimyoviy yotqiziqlar eng past ko’rsatkichlar namoyon etadi. Gamma-karotaj diagrammalarida kaliy tuzlari (silvin) yuqori radioaktivlik bilan tavsiflanadi, buning asosiy sabablariga uning tarkibida kaliyning radioaktiv izotopining borligidir.
    Neytron gamma-karotaj diagrammalarida gidrokimyoviy cho’kindilar qayd qilingan gamma- nurlanish jadalligi qiymati bilan ajralib turadi. NGK
    diagrammalarida anomal yuqori ko’rsatkichlar toshtuzi qatlamlari qalinligiga to’g’ri keladi. Xlor atomlari neytron yadrosi bilan qamrab olinganda gamma-nurlanish shiddatli va katta energiya ta’sirida sodir bo’ladi. Quduq diametri namlikda tuzlarning erishi hisobiga kattalashganda (40 sm dan ko’p bo’lganda) NGK ko’rsatkichlari toshtuz qatlamlari qarshisida kichik qiymatga ega bo’ladi. Agar quduqqa mustahkamlash quvurlari tushirilgan, quvur orti bo’shlig’i sement bilan to’ldirilgan bo’lsa, u holda bunday quduqlarda bajarilgan NGK diagrammalarida toshtuz qatlami past ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Bunday hollarda quduq diametrining kattaligi hisobiga toshtuzning NGK ko’rsatkichlariga ta’siri juda oz bo’ladi, shu sababli NGK ko’rsatkichlari yuqori g’ovaklikka ega bo’lgan sement halqaning neytronli xususiyatlari bilan aniqlanadi.
    Karbonat jinslar qarshisida chizilgan egri chiziqlarda angidrit qatlamlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’ladi. Gil aralashmalar va darzliklar angidritning NGK ko’rsatkichlarini pasaytiradi.
    Gips tarkibida kristallashgan suv bo’lganligi tufayli NGK diagrammalaridagi ko’rsatkichi minimal qiymatga ega; gamma-nurlanish jadalligi karbonat, qumli va yuvilmagan gil jinslarnikidan doimo kam bo’ladi. Shu sababli, zich tuzilgan va gipslashgan jinslar ― ohaktoshlar, dolomitlar, angidritlar va b. NGK diagrammalarida ko’rsatkichlar doimo past bo’ladi. Bunday holat ularni kollektor sifatida ajratishda chalkashliklarga olib keladi.
    Kaliy tuzlari NGK diagrammalarida mineralogik tarkibiga ko’ra turlicha ifodalanadi. Masalan, tarkibida ko’p miqdorda kristallizatsion bog’liq suv bo’lgan karnallitlar ko’rsatkichi minimumga yaqin bo’lsa, xuddi shunday xususiyatlarga ega bo’lgan silvinitlar ko’rsatkichi toshtuzniki kabi maksimumga yaqin.
    Xemogen jinslar suvda yaxshi eriydi (toshtuz va kaliy tuzlari bundan mustasno). Quduq diametri doloto diametriga mos kelganda kavernogrammalarda ularning ko’rsatkichi yuqori, quduq diametri tuzlarning suvda erishi hisobiga dolotonikidan katta bo’lganda ko’rsatkich past bo’ladi. Toshtuz va kaliy tuzlarini kavernogrammalarda quduq diametri qiymatining deyarli o’zgarmasligini hisobga olgan holda aniq ajratish mumkin.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

    Download 11,69 Mb.