|
Lyuminestsent-bituminologik tahlil
|
bet | 29/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 4.3.4. Lyuminestsent-bituminologik tahlil
Tog’ jinslaridagi neft va bitumning taqsimlanishi miqdori, sifatini aniqlash usuli. Lyuminestsent-bituminologik tahlil moddaning lyuminestsentsiyasini o’rganishdan tashqari, uning boshqa fizik-kimyoviy xususiyatlaridan (yutilishi, yuza qismining taranglashishini, tanlama eruvchanlik va b.) foydalanishga asoslangan. Bunda yuvuvchi eritma, shlam va tog’ jinslari ultrabinafsha nurlari bilan nurlantiriladi. Natijada neft lyuminestsentsiyasi yuzaga keladi, uning rangi va jadalligi neft tarkibiga bog’liq holda o’zgaradi. Bu usul bir necha ketma-ket
bajariladigan tahlillardan iborat: bitumli tekstura va strukturani aniqlash, kapillyarlyuminestsent, tomchi-lyuminestsent, etalon-lyuminestsent, komponent-
lyuminestsent tahlillar va b. Lyuminestsent-bituminologik tahlil yuqori sezgirlikka ega, shu sababli neft, bitum va bitumli tog’ jinsining namunalarini olish va saqlash, tahlil ishlarini bajarishda maxsus talablarga rioya qilinadi.
Tahlil metodikasi V.N. Florovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, undan asosan neft qidirish maqsadida bajariladigan izlash va razvedka ishlarida, quduq kesimining bitumliligini o’rganishda, geologik kesimdagi jinslardagi bitum miqdorini aniqlash va ularni o’zaro taqqoslashda foydalaniladi.
Bitum ohaktosh, angidrit va gipslarda tez, qumtosh va qumlarda sekin, gil va mergellarda juda qiyin aniqlanadi. Jinsning yangi singan yuzasiga tomizilgan xloroform yaxshi samara beradi. Neftning engil fraksiyalari (3000S gacha bo’lgan temperaturada qaynaydiganlari) hamda parafinlar lyuminestsentlanmaydi. Moy havo rang-ko’k, smola sarg’ish-qo’ng’ir (qattiq yoki yumshoq holatdagisi) yoki havo rangsariq (eritmasi), naften kislotalari ― kul rang-havo rangda jilolanadi. Ushbu usul yordamida jinsdagi bitum miqdorini 0,005% va undan yuqori bo’lganda aniqlash mumkin.
Ayrim uyumlar chegarasidagi neftning lyuminestsent ko’rsatkichlari o’zgaruvchan bo’lganligidan quduqlar kesimini neftning ushbu belgilari asosida o’zaro taqqoslash mumkin va u murakkab ish sanaladi. U yoki bu hududning neftgazga istiqbolliligini baholashda tarkibida bitum bo’lgan jinslarning lyuminestsent tavsifi ma’lumotlari muhim hisoblanadi.
|
| |