Jinslarning karbonatliligini tekshirish




Download 11,69 Mb.
bet28/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Jinslarning karbonatliligini tekshirish. Ohaktosh, dolomit, dolomitlashgan ohaktosh va boshqa karbonat jinslarni tashqi belgilariga qarab bir-biridan ajratish qiyin. Geolog-Olim L.G.Berg bunday jinslarni farqlashda gaz-volyumetrik tahlildan foydalanishni taklif etdi. Uning fikricha, tahlil uchun olingan moddaning umumiy miqdori ma’lum bo’lgach, jinsdan aniq bir temperaturada ajralib chiqayotgan gaz hajmini va shu gazdan ajralayotgan moddaning miqdorini aniqlash ushbu metodning asosiy mazmunini tashkil etadi. Turli temperaturalarda ajralayotgan gazlar hajmining nisbati ushbu temperaturalarda gazdan ajralgan komponentlarning foizdagi nisbatini hisoblab topish imkonini beradi. Masalan, tarkibida gips, siderit va erkin magnezit bo’lgan dolomit o’rganilganda temperaturaning beshta bosqichi tekshiriladi, buning uchun beshta pechkadan foydalaniladi.
Temperaturaning birinchi bosqichida gips parchalanib undan kristallashgan suv ajralib chiqadi, bunda temperaturaning yuqori darajasi 3000 S ga etadi.
Temperaturaning ikkinchi bosqichida siderit parchalanib, undan karbonat kislota ajralib chiqadi, bunda temperaturaning yuqori darajasi 5600 S ga etadi, qizdirish 6000 S gacha davom ettiriladi.
Temperaturaning uchinchi bosqichi dolomit aralashmagan magnezitni parchalashga xizmat qiladi, undan karbonat kislota ajralib chiqadi, bunda temperatura 6500 S ga etadi, qizdirish 7000 S gacha davom etadi.
Temperaturaning to’rtinchi bosqichi dolomit tarkibiga kiruvchi magnezitni parchalash paytida zarur bo’lib, temperatura 7500S ga etkazilganda undan karbonat kislota ajralib chiqadi, qizdirish 800-8200 S gacha davom etadi.
Temperaturaning beshinchi bosqichi dolomit tarkibiga kiruvchi va erkin kaltsitni parchalashga mo’ljallangan, uning parchalanishi temperatura 10000S ga etganda boshlanadi, qizdirish 1050-11000S gacha davom etadi.
Gaz-volyumetrik tahlil yordamida jinslarning karbonatli qismi komponentlarining nisbiy yoki mutlaq miqdorini aniqlash mumkin. Nisbiy tahlilda dolomit va kaltsit jinslarning karbonat qismining asosiy komponentlari nisbati aniqlanadi. Bu nisbat, ya’ni ularning dolomitlashish darajasi molekulyar yoki molekulyar massa ko’rinishida foizda ifodalanadi. Mutlaq tahlil jinslarning u yoki bu komponentlari miqdorini aniqlash maqsadida bajariladi va massa birliklarida ifodalanadi. Uning yordamida jinslardagi dolomit va kaltsit miqdorini aniqlashdan tashqari ularning boshqa tarkibiy qismlarini ham o’rganish mumkin.

Download 11,69 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinslarning karbonatliligini tekshirish

Download 11,69 Mb.