Jinslarning mikromineralogik, mikrofauna va sporagulchangli tahlili




Download 11,69 Mb.
bet26/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

4.3.3. Jinslarning mikromineralogik, mikrofauna va sporagulchangli tahlili


Bunday tahlilni amalga oshirishda jinslarning granulometrik tarkibi fraksiyalaridan foydalaniladi. Kesimni tavsiflashda og’ir minerallar guruhi ahamiyat kasb etadi. Fraksiyadagi og’ir minerallarni ajratishda zichligi 2,90 g/sm3 bo’lgan bromoform, zichligi 3,17 bo’lgan Tule suyuqligi, zichligi 3,33 g/sm3 bo’lgan yodli metilen va boshqa og’ir suyuqliklardan foydalaniladi.
Bromoform bilan ishlov berishda uning yuzasiga qalqib chiqqan engil fraksiya ham o’rganiladi, birinchi navbatda kvarts va glaukonit miqdori aniqlanadi. Og’ir fraksiyada ilmenit, magnetit, gematit, piroksenlar, amfibollar, tsirkon, granat, pirit va boshqalar uchraydi. Nodir minerallardan topaz, andaluzit, disten, monatsit va boshqa minerallarni ham o’rganish zarur.
Aniqlangan minerallar mikroskop yordamida mufassal o’rganiladi. Olingan natijalardan kesimning ayrim intervallarini tavsiflashda foydalaniladi. Kon sharoitida tahlil natijalaridan kesimning yirik intervallarini ― ayrim pachka, svita va shu kabilarni tavsiflashda foydalanish mumkin; kesimning kichik qatlari va qatchalarini bu tahlil natijalaridan foydalanib tavsiflashning imkoni yo’q. Rossiyaning Grozniy rayonidagi konda mikromineralogik tahlil dalillaridan foydalanib, surilmaosti qatlarini taqqoslashga bo’lgan harakat ham samara bermagan.
Granulometrik tahlildan va avval qayd qilingan metoddan foydalanib, konning standart kesimini tuzishda ayrim murakkabliklar yuzaga keladi. SHu sababli kon maydonida bir me’yorda joylashgan quduqlardan uzluksiz kern olish va ularni o’rganish natijasida olingan daliliy ma’lumotlardan ham foydalanish zarur bo’ladi. Foydalanish quduqlarini burg’ilashda esa uzluksiz kern olishning imkoni bo’lmaydi va u maqsadga muvofiq ham emas. Shlamdan foydalanish ham qiyinchiliklar tug’diradi, masalan, o’lchami 0,1 mm dan kichik fraksiyalar quduqdagi gil eritmada muallaq holatda, uzluksiz harakatda bo’ladi, yirikroq zarralar esa quduq tubidan uning og’zigacha bo’lgan intervalda burg’ilash eritmasi tezligidan sekin harakatlanganligi sababli yer yuzasiga kechikib chiqadi, demak, bunday zarralarni kesimning aniq bir oralig’i chuqurligi bilan bog’lab bo’lmaydi. Mikromineralogik tahlil natijalaridan cho’kindilarning hosil bo’lish sharoitlarini, yotqizilayotgan ashyolar manbaini va shu kabilarni o’rganishda foydalanish mumkin.

Download 11,69 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinslarning mikromineralogik, mikrofauna va sporagulchangli tahlili

Download 11,69 Mb.