• MAVZU: MA’LUMOTLAR IFODALASH BOSQICHLARI. MA’LUMOTLAR TOYIFALARI
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar




    Download 356,54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana23.12.2023
    Hajmi356,54 Kb.
    #127293
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    MT1



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar 
    vazirligi 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
    “KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI 
    “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI 
    “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan 
    AMALIY ISHNI BAJARISHGA 
    MUSTAQIL ISH 1 

    MAVZU: MA’LUMOTLAR IFODALASH BOSQICHLARI. MA’LUMOTLAR TOYIFALARI
    Fan o‘qituvchisi: Ibrohimova Z.E 
    Tayyorladi: ABSALIYEV Marufjon 
    S a m a r q a n d _ 2023 


    Asosiy tushuncha va ta’riflar 
    Ma’lumotlar tuzilmasi - bu xotirada tashkil etiladigan elementlar yig‘indisi bo‘lib, ular ustida dastur 
    yordamida amallar bajariladi. 
    Ma’lumotlar tuzilmasi - bu bironta toifaga tegishli bo‘lgan va o‘zaro ma’lum munosabatga ega bo‘lgan 
    elementlar to‘plamiga aytiladi. 
    Ma’lumot - bironta qiymat yoki qiymatlar to‘plami hisoblanadi. Misol uchun bu bironta eksperiment 
    natijalari, yoki talabalarning imtixon ballari bo‘lishi mumkin. 
    Ma’lumotlar tuzilmasi elementi - bu qiymatlar to‘plamining bir bo‘lagi hisoblanadi. Tuzilma elementi - 
    qiymatlar jamlanmasi bo‘lib, misol uchun
    talabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan baxosi va x.k. larni keltirish mumkin. Elementlar 2 
    ga bo‘linishi mumkin: 
    -Element sifatida ma’lumotlar guruhi olib qaraladi. Bunda elementlar yana qism bo‘laklarga bo‘linishi 
    mumkin. Masalan, ota-onalar maydoni talabalarning ota va onalari xaqida ma’lumot saqlaydigan alohida 
    maydonlardan tashkil topadi. 
    -Elementar, ya’ni bo‘linmas, bunda element qism bo‘laklarga ajratilmaydi. 
    Obyekt - bu xususiyatlar va attributlariga ega bo‘lgan va bu xususiyatlarga qiymat qabul qilishi mumkin 
    bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. Masalan, talaba bu obyekt deb qaralishi mumkin tuzilma. 
    Maydon - bu obyektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, sonli yoki son 
    bo‘lmagan qiymatlarni o‘zlashtirishi mumkin. 
    Yozuv - bu bironta obyektga tegishli turli toifadagi maydonlar to‘plamidir. 
    Fayl - bu bir-biriga bog‘liq bo‘lgan yozuvlar to‘plamidir. Masalan, barcha talabalar xaqidagi yozuvlarni o‘z 
    ichiga olishi mumkin, 
    Kalit - bu yozuvdagi maydon bo‘lib, aynan shu yozuvni boshqa yozuvlardan ajratib turishga xizmat qiladi
    uning qiymati boshqa yozuvlarda takrorlanmas hisoblanadi. Ba’zida bittadan ko‘p maydonlar qiymatlari 
    elementlararo betakror bo‘lishi mumkin va bunga karrali kalit deyiladi. Ko‘pincha asosiy kalit 
    hisoblanadigan bitta maydon ma’lumoti ishlatiladi va u boshlang‘ich kalit deyiladi, qolganlari esa 
    alternativ kalit deyiladi. Ba’zida esa yozuvlaning yagona qiymatlatli kalit maydonni yo‘qligi sababli kalit 
    sifatida bir nechta maydonlar olinadi va ularga tarkibli kalit deyiladi. Eng yomon holatda, ba’zan shunaqa 
    bo‘lishi mumkinki, bironta maydon kalit bo‘la olmasa, har bit elementga qo‘shimcha, qiymati yagona 
    bo‘lgan kalit maydon kiritiladi. 
    Ma’lumotlar toifasi - qandaydir qiymatlar yig‘indisi bo‘lib, ular ustida ma’lum amallar o‘rinli bo‘ladi. 
    Ma’lumotlar toifalari dasturda oldindan aniqlangan yoki foydalanuvchi tomonidan aniqlangan bo‘lishi 
    mumkin va quyidagi aspektlarni nazarda tutadi. 
    2. Ma’lumotlarni tasvirlash bosqichlari 
    Odatda, ma’lumotlarni tasniflash quyidagi ko‘rinishdagi bosqichlarga ajratiladi: 
    1) 
    abstrakt (matematik) bosqich; 
    2) 
    mantiqiy bosqich; 
    3) 
    fizik (jismoniy) bosqich. 
    Ma’lumki, ixtiyoriy obyekt, xodisa yoki biror bir jarayon tadqiq qilinayotganda uning modeli qurib 
    olinadi. Model turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, matematik model, fizik model va boshqa modellar. 
    Obyekt, xodisa yoki biror bir jarayonni matematik model qurildi degani o‘sha qaralayotgan tizimni 
    ma’lum bir matematik qonuniyatlar orqali, ya’ni matematik formulalar orqali ifodalanishidir. 
    Mantiqiy bosqichda ma’lumotlar tuzilmasini biror bir dasturlash tilida ifodalanishi tushuniladi. 
    Fizik(jismoniy) bosqichda esa in formats'on obyektni mantiqiy tavsiflanishiga mos ravishda Kompyuter 
    xotirasida akslantirilish tushiniladi. Kompyuter xotirasi chekli bo‘lganligi sababli, xotirani taqsimlash va 
    uni boshqari muammosi yuzaga keladi. 
    Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, mantiqiy bosqich bilan fizik bosqichlar bir biridan farq qiladi. Shu sababli, 
    hisoblash tizimlarida mantiqiy bosqichni fizik bosqichga va aksincha, fizik bosqichni mantiqiy bosqichga 
    akslantirish muamosi vujudga keladi. 
    1-rasm. MMT ustida amallar 


    Bu yerda MMT - mantiqiy ma’lumotlar tuzilmasi; FMT - fizik ma’lumotlar tuzilmasi; 
    Abstrakt bosqichda ihtiyoriy tuzilmani  juftlik korinishda ifodalash mumkin, bu erda D - 
    elementlarning chekli to‘plami bo‘lib, ular, ya’ni elementlar ma’lumotlar turlari yoki ma’lumotlar 
    tuzilmasi bo‘lishi mumkin, R 

    esa munosabatlar to‘plami bo‘lib, mazkur munosabatlar hususiyatlari abstrakt bosqichda 
    ma’lumotlar tuzilmalarini turlarini aniqlaydi. 
    3. Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish 
    Ma’lumotlar tuzilmasini asosiy ko‘rinishlari (turlari): 
    1) 
    To‘plam - munosabat to‘plami bo‘sh R=0 bo‘lgan elementlar majmuasi. 
    2) 
    Ketma-ketlik - shunday abstrakt tuzilmaki, bunda R to‘plam faqatgina bitta chiziqli 
    munosabatdan iborat (ya’ni, birinchi va ohirgi elementdan tashqari har bir element uchun o‘zidan oldin 
    va keyin keladigan element mavjud. 
    3) 
    Matritsa - shunday tuzilmaki, bunda R munosabatlar to‘plami ikkita chiziqli munosabatdan 
    tashkil topgan bo‘ladi. 
    4) 
    Daraxt - bunda R to‘plam iyerarxik tartibdagi bitta munosabatdan tashkil topgan bo‘ladi.
    5) 
    Graf - bunda R munosabatlar to‘plami faqatgina bitta binar tartibli munosabatdan tashkil topgan 
    bo‘ladi. 
    6) 
    Gipergraf - bu shunday ma’lumotlar tuzilmasiki, bunda R to‘plam ikki yoki undan ortiq turli 
    tartibdagi munosabatlardan tashkil topgan bo‘ladi. Foydalanuvchi dasturida va kompyuter hotirasida MT 
    klassifikatsiya qilish 
    2-rasm. MT klassifikatsiyasi 
    MT klassifikatsiya qilishda asosiy belgi bu ma’lumotlar tuzilmasini dastur ishlashi mobaynida o‘zgarishi 
    hisoblanadi. Masalan, agar dastur bajarilishi mobaynida elementlar soni va/yoki ular orasidagi 
    munosabatlar o‘zgarsa, u holda bunday MT dinamik ma’lumotlar tuzilmasi, aks holda statik ma’lumotlar 
    tuzilmasi deyiladi. 
    Ma’lumotlar tuzilmasiga misollar:
    Ma’lumki, matematikada o‘zgaruvchilarni, ularning ba’zi bir kerakli tavsiflariga mos ravishda 
    klassifikatsiya qilish qabul qilingan. O‘zgaruvchilarga misol sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin: 
    haqiqiy o‘zgaruvchilar, kompleks o‘zgaruvchilar, mantiqiy o‘zgaruvchilar, bundan tashqari ba’zi bir 
    qiymatlarni qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar va boshqalar. Ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni 
    klassifikatsiya qilish ham katta ahamiyatga ega. Bu yerda ham klassifikatsiya qilinayotganda har bir 
    konstanta, o‘zgaruvchi, ifoda yoki funksiya biror bir toifarga tegishli bo‘ladi degan tamoyilga asoslanadi. 


    MA’LUMOTLAR IFODALASH BOSQICHLARI. MA’LUMOTLAR TOYIFALARI 

    Download 356,54 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 356,54 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

    Download 356,54 Kb.
    Pdf ko'rish