|
Rekreatsiya va turizm geografiyasi
|
bet | 1/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK Rekreatsiya va turizm geografiyasi. O‘quv qo‘llanma.
UDK. 911.338(075,8)
Mazkur qo‘llanmada rekreatsiya va turizmga oid fanlarni o’qitishda va amaliyotda zarur bolgan tushuncha va atamalar hamda turizm va rekreatsiya geografiyasining hozirgi zamonda iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek o’quv qullanmada madaniy va tarixiy rekreatsiya hamda rekreatsiyaning rivojlanish omillari, rekreatsion faoliyat klasifikatsiyasi, rekreatsiyani rivojlantirishda turistik tashkilotlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari geografiya, geografiya o‘qitish metodikasi, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va tadqiqotchilar hamda rekreatsiya va turizm sohasi bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar:
Kirish
O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida ishlab chiqarish kuchlarini, xususan sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini jadal rivojlantirish va oqilona hududiy tashkil etish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Mamlakat iqtisodiy strategiyasining o‘zagini tashkil etgan Rekreatsiya va turizm sohasining samaradorigi va uning sifat ko‘rsatkichlarini rivojlantirish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha “Taraqqiyot strategiyasi” III- qismining 5 bandida “Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish” masalalari belgilab berilgan.
Rekreatsiya va turizm sohasining rivojlanish jarayonlari, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini, uning tarmoqlarini samarali hududiy tashkil etish bilan uzviy bog‘liq. Iqtisodiy dasturlar, xususan tuirizm sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish tarmoq va hududiy rejalashtirish tamoyillarini samarali amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi.
Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida maqsadli dasturlarni ilmiy asoslash, eng muhim ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy
muammolar bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kompleks dasturlar, masalan, agrosanoat tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari eng muhim vazifalar(tarmoqlararo tavsifdagi)ni amalga oshirishda resurslarni jamlash imkoniyatini yaratadi. Ushbu dasturlar o‘rta va uzoq muddatli tavsifga ega bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi hududiy mutanosibliklar va yangi hududlarni industrial o‘zlashtirish talablaridan kelib chiqib tuziladi.
|
| |